10
BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING
PEDAGOGIK MUAMMOLARI
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani
Xalq taʼlimi boshqarmasi 22-sonli maktab
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi
Asadova Fotima Raxmatullayevna.
ANNOTATSIYA: Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash jarayonini yangi pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlash davr taqozosidir.
KALIT SO‘ZLAR: ta’lim texnologiyalari, zamonaviy pedagog, bilim, malaka
Insoniyat tomonidan to‘plangan axborotlar va bilimlar ko‘lami kengaytirilib, hozirgi paytda
o‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayoni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilishi zarurligini tobora chuqurroq
tushunib yetmoqdalar. Ayniqsa, Davlat va huquq asoslari fanlarini o‘qitishda o‘quvchilarning
layoqatlari, ehtiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Bunda
asosiy maqsad shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat
bo‘lishi kerak:
1. O‘quvchilarga o‘quv topshiriqlarini mustaqil tanlashni o‘rgatish;
2. Ta’lim jarayonida zarur axborotlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib
bormoqda. Auditoriyada o‘qitish imkoniyati katta bo‘lgan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda.
An’anaviy jarayon hozirgi zamon tizimida juda qiyin kechmoqda. O‘quv tarbiya jarayonini
texnologiyalashtirish (keys-stadi, ma’ruza texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va hokazo)
hozirgi kun talabidir. Bu esa o‘qituvchidan tinimsiz ijodiy izlanishni talab etadi. Ayniqsa, hozirgi
axborotlar asrida bu sohada o‘qituvchining malakasi keng va yuqori bo‘lishi kerak. Yosh avlodga
ta’lim berishda o‘qituvchining o‘z ustida tinimsiz ishlashi, muntazam malaka oshirib borishi
hozirgi kun talabidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning o‘ziga xos pedagogik muammolari mavjud
bo‘lib ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. O‘qituvchining aniq
fikrlashi yaratuvchanlikka asos bo‘ladi. Ta’lim berish jarayoni: o‘qituvchi – ta’lim beruvchi va
o‘quvchi – ta’lim oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning tezkor rivojlanishi bosqichida axborotning keskin
ko‘payib borishi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning yetishmasligi,
yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash tizimiga pedagogik nuqtayi nazardan yangicha yondashuv
zarurligini keltirib chiqarmoqda. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda.
Eng asosiysi o‘qitish samaradorligi, sifatliligi, o‘quvchining zamon talabiga mos bilimlarni
o‘zlashtira olishlaridir.
O‘qituvchi ijodiy yondashishda avvalo DTSni bajarishni mahalliy tashabbus bilan
uyg‘unlashtirishi, ta’lim mazmunini o‘quvchi bilimi va malakalariga qo‘yilgan talablarni mohirona
hal eta olishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ta’lim berish davomida tarbiyaviy yondashuv pedagogik
mahoratga bog‘liq. O‘quvchining qanday yashayotganligi, nimlar bilan shug‘ullanayotganini
bilish, ularni milliy qadriyatlar asosida zamon talabiga mos holda axloqan boy, odobli, ruhan tetik
va barkamol qilib tarbiyalash muhimdir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘qituvchilik - murabbiylik sharafli va mas’uliyatli kasb.
Jamiyatimiz o‘z bag‘rida barkamol, har tomonlama yetuk, komil avlodni voyaga yetkazishga
astoydil harakat qilar ekan, bu sharafli vazifani amalga oshirishda eng katta mas’uliyat yana
pedagoglar zimmasiga tushadi. Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiyning tinimsiz o‘z ustida ijodiy
ishlashi va malakasini oshirib borishi hozirgi davr talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.
2. I. Karimov. „Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori“. T. 1997.
3. I.Karimov. „Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman“. T. 2000.
4. O‘zbek pedagogikasi tarixi. (Ko‘llanma. prof. A.Zunnunov taxriri ostida). T. „O‘kituvchi“.
1997.
334
Do'stlaringiz bilan baham: |