Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHNDA ZAMONAVIY



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHNDA ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY JIXATLARI
Abdukarimova Zamira Eshmamatovna
Bandixon tumani 3- o‘rta umum ta’lim maktabining 
oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Телефон:+99893-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Xolboyeva Zubayda Rasulovna
Bandixon tumani 3- o‘rta umum ta’lim maktabining 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Телефон:+99893-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada, hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish yoritib berilgan.
Kalit so‘zlari: interfaol metodlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, pedagogik 
texnologiya. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi 
kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib 
bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining 
o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol 
g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan, 
sog‘lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol 
yoshlarni tarbiyalamoq zarur.
Ta’limning maqsadi, jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanishdir. Shunday ekan, ta’lim-
tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi 
imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, 
mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani 
singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. 
Ta’limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni 
oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. 
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish 
jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi 
bilim ber, o‘qit» degan ekan. Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar 
haqiqiy ma’noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki 
chin ma’noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv 
mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash 
orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni 
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga 
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini 
o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham 
o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga 
sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», 
«BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik 
guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy 
texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida 


311
10
foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf 
o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, 
mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning 
qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv 
jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida 
dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir 
fikrlarimizni bayon etamiz. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil 
hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda ularning 
yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ж.Ғ.Йўлдошева, Ф. Йўлдошева “Интерфаол таълим – сифат кафолати” Т. “Ўқитувчи” 
2008. 46 – бет
2. G‘oziеv E. Pеdagogik tеxnologiyaning psixologik asoslari. – «Xalq ta’limi», 1999- yil 
6-son, 36-38 bеtlar.


312

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish