Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

 


202
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION DARS O‘TISHNI TASHKIL
ETISHNING AHAMIYATI.
Xaitmamatova Saodat Ulug‘bek qizi
 Sirdaryo viloyati Guliston shahri 
17-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
 Tel 999021519
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda dars olib borishning yangi usullaridan 
foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini qiziqarli va samarali tashkil etishning zamonaviy 
usullari haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: Innovatsiya, innovatsion yondashuv, pedagogik faoliyat.
Hozirgi vatanimiz shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, yurtimizda barcha sohalarda 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va uning ta’lim tizimiga kirib kelishi, ta’lim jarayonini sifat 
va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga 
ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xususan, innovatsion texnalogoyalardan foydalangan holda 
ta’lim berishni davr taqazo etmoqda. Bugungi kunda pedagogning mas’uliyati yana bir marta o‘sdi. 
Endilikda o‘qituvchining asosiy vazifasi darsni zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarga
sifatli hamda qiziqarli yetkazib berishdir. Albatta, bu pedagogdan yuksak mahorat hamda bilim 
talab qiladi. O‘qituvchi birinchi o‘rinda, o‘z sohasini mukammal darajada bilishi va eng muhimi 
esa zamon ruhiga mos axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi 
lozim. Zero, o‘quvchilarning har tamonlama yetuk inson bo‘lib yetishishida pedagoglarning 
o‘rni beqiyos. Bugungi kun o‘qituvchisi faqatgina darslikdan foydalanib qolmasdan, har bir dars
uchun o‘zi ham kichik kashfiyotlar yaratishi kerak. Chunki bolalarni qirq besh daqiqalik dars 
mobaynida diqqatini faollashtirib bilim berish – bu murakkab jarayon. Shuning uchun bolalarga 
turli ko‘rgazmalar, multimediyalar va o‘yinlar orqali ta’lim berish ularning nutqi rivojlanishiga 
va fikr doirasi kengayishiga imkon beradi. Eng asosiysi, darsda samaradorlikka erishiladi
Hozirda darslarni mazmunli tashkil etish esa o‘z navbatida pedagogdan yuksak bilim talab 
qiladi. Dars jarayonida qo‘llash uchun o‘zi turli pedagogik metodlarni dars jarayonida ishlab 
chiqadi hamda hayotga tadbiq etadi. Ta’limda darsni keng qo‘llanib kelinayotgangan hamda 
bilim berish samarasini oshiruvchi 1. “Aqliy hujum”, 2.“Fikrlar hujumi”, 3. “Tarmoqlar” 
metodi, 5.“Beshinchisi ortiqcha”, 6. “6x6x6”, 7. “Bahs-munozara”, 8.“Rolli o‘yin”, 9. 
“Kichik guruhlarda ishlash”, 10. “Yumaloqlangan qor”, 11.“Zigzag”, 12. “Oxirgi so‘zni men 
aytay” kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Bu pedagogik metodlar asosan darsni 
samarali tashkil etish orqali o‘quvchilarni darsga qiziqtirishga xizmat qiladi. E’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, sanab o‘tilgan metodlarning deyarli barchasi erkin suhbat, o‘yin topshiriq va baxs - 
munozara shaklida tashkil etiladi. Bu orqali o‘quvchini darsda to‘liq qamrab olish, uni dars 
jarayoning faol ishtirokchisiga aylantirish imkoni paydo bo‘ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, 
o‘qituvchi tomonidan tanlangan o‘yinlar, ya’ni pedagogik metodlar to‘g‘ri tanlanishi va to‘g‘ri 
tashkil etilishi juda muhim omil sanaladi.
Bizningcha, ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo‘lsa 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin - topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida 
foydalanilsa ijobiy natija berishi tajribalardan ma’lum. O‘yin-toshiriqning qaysi bir turini tanlash 
darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, 
ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay 
olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.


203
10
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning sub’ekti 
o‘qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, 
intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi. Ya’ni, pedagog qanchalik 
bilimli va salohiyatli bo‘lsa, dars yana ham mazmunli, qiziqarli bo‘ladi. Zero, darsni tog‘ri 
tashkil eta bilish ham bir san’at. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar 
texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 
aytishimiz mumkinki, ta’limning samarasi fanning o‘quvchi uchun qiziq bo‘lishi aynan pedagog 
tomonidan tanlangan dars o‘tish metodiga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang‘ich ta’limning integrastiyalashgan 
pedagogika. TDPU, 2017.
2. J.G‘.Yo‘ldoshev. S.A.Usmonov “Pedagogik texnologiya asoslari”. –T.: O‘qituvchi, 2004.
3. Internet malumotlari: Ziyonet.uz, kitobxon.com 


204

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish