10
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING PEDAGOG
KADRLAR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Raximova Nodira Xurram qizi
Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti,
msrahimova.93@mail.ru, tel:977066304
Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda ta’limda axborot
texnologiyalari fanini o‘qitishning pedagog kadrlar rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z
yuritilgan. Yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tarbiya jarayonida samarali foydalanishning
shakllari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: zamonaviy axborot texnologiyalari, jamiyatni axborotlashtirish, interfaol usul.
XXI asr tarix zarvaraqlariga axborot texnologiyalari asri sifatida kirib keldi va bugungi
kunda ona sayyoramizda yashayotgan xalqlar, millatlar va elatlar hayotining muhim bo‘lagi,
muloqot vositasi va tarkibiy qismiga aylandi. Ayni paytda hayotimizni kompyuter va axborot
texnologiyalarisiz tasavvur etishimiz qiyin. Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanib ketishi turli manbalarda tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatini oshirib
yubordi. Davlat muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda
yaratib saqlay boshladilar. Bu texnologiyalar tufayli axborotni saqlash ixcham hamda uni tarmoq
orqali uzatish esa juda qulay bo‘lib qoldi. Dunyo bo‘yicha eng rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlarning iqtisodiyoti taraqqiyotini sezilarli qismini dasturchilar say-harakati tashkil etmoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori,
bilimlar ombori va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil etadi. Axborot texnologiyalari sohasida
bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalikda uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot
texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha
sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun
jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat
fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini
jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darhaqiqat,
jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faolyatning rolini
oshirish bilan bog‘liq obektiv jarayon hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz
xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning
o‘sishi hamda fan – mexanika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. Bilim olish, ya’ni
ma’lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoyat kattadir[1].
Axborot qanday ko‘rinishda foydalanishdan qat’iy nazar, uni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va
foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi[4]:
Birinchidan o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy)
tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy
faoliyatini o‘stiradi. Bilim berishga deferensiyalash bilan yondashish, olingan bilimlarni takrorlash,
mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi. Talabani o‘quv jarayonini sub’yektlashtiradi.
Ikkinchidan yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda
foydalanish mumkin bo‘ladi:
•
Ma’lum predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari.
•
Kompyuter darslari ko‘rgazmali material sifatida.
•
Talabalarning guruhiy va fondlash ishlarini tashkillashtiradi.
•
Talabalarning ilmiy izlamnishlarini tashkillashtirishda;
•
Talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va
h.k. Hozirgi davrni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari
bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan.
Ayni paytda dunyo mamlakatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi axborot texnologiyalariga
bog‘liq bo‘lib, jamiyat kun tartibidan jamiyatni axborotlashtirish masalasi jiddiy o‘rin olgan.
Respublikamizdagi mavjud ta’lim muassalarining zarur kompyuter texnikasi va elektron o‘quv
qo‘llanmalarining yangi avlodi bilan jihozlanishiga e’tibor berilishi “Axborotlashtirish to‘grisida”gi,
“Aloqalar haqida”gi, qonunlar bilan belgilangan bo‘lib, mavjud milliy dasturning amaliyotga tadbiq
199
10
etilishida dolzarb muammolar mavjudligini ko‘rsatadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini
samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun mohiyatini
takomillashtirish, ta‘limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta‘lim muassasalarida
ta‘lim samaradorligini oshirish maqsadida ta‘lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot
texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Shu sababli, respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ta’limda axborot
texnologiyalari fani o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: talabalarning mustaqil
bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini
oshirish; mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish;
talabalarlarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
metod va shakllarni qo‘llash; ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish. Yurtimizda ta’lim tizimida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasini
rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda
ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etishda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, O‘zbekiston tanlagan “o‘zbek modeli”ni
xorijiy davlatlarga ko‘rsatishda o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7-fevraldagi PF 49-47 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi tog‘risidagi” farmonida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mexnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash[2] kabi yo‘nalishlar
belgilanib, bu borada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining yani bo‘lg‘usi pedagog
kadrlarning o‘z sohalari bo‘yicha ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalana
olish samaradorligini oshirishga erishish katta ahamiyat kasb etadi.
Foyadalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi
farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF 49-47 sonli “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tog‘risidagi” farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Respublikada axborot texnologiyalari
sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
30.06.2017y., PF-5099-son. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 27-
son, 607-modda.
4. Abduqodirov A, Pardayev A. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish uslubiyoti. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2014y.-B.7-8
200
Do'stlaringiz bilan baham: |