Aripov M., Begalov B. Axborot texnologiyalari. – Toshkent: Noshir, 2009. – B. 73.
2
Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008.
– B. 266.
PEDAGOGIKA
2015, 4-son
72
FIZIKA VA ASTRONOMIYA FANLARINI
KASBIY SOHALARGA YO‘NALTIRIB O‘QITISH
Najmiddinova G. T. (TDPU)
Mo‘minova S. M. (1-Respublika tibbiyot kolleji)
Abstract
The article is devoted to providing a professional orientation of teaching
physics and astronomy in professional colleges.
Резюме
Статья посвящена обеспечению профессиональной направленности
преподавания физики и астрономии в профессиональных колледжах.
Tayanch tushunchalar: o‘qitish, kasbiy yo‘nalish, predmetlararo
bog‘lanish, ko‘rgazmalilik, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodikasi, san’at, biznes,
huquq, ishlov berish, sog‘liqni saqlash, xizmatlar sohasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-mayda qabul qilgan
“Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarini
shunday
kadrlar
bilan
ta’minlash
tizimini
yanada
takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-sonli Qarorida
kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar hamda pedagog xodimlar
ishini qayta ko‘rib chiqish, takomillashtirish va yuqori pog‘onalarga ko‘tarish
zarurligi ta’kidlangan
1
. Ma’lumki, respublikamizda turli xil yo‘nalishdagi o‘rta
maxsus, kasb-hunar kollejlari mavjud bo‘lib, ularning har birida fizika va
astronomiya asosiy fanlardan biri sifatida o‘qitilmoqda.
Fizika va astronomiyani o‘quv predmeti sifatida o‘qitish kasbiy
yo‘naltirish, bilimlar sifatini oshirishning muhim omili vazifasini o‘taydi. Fizika
va astronomiyani kasbga yo‘naltirib o‘qitish uning tanlagan kasbiga
munosabatini shakllantiribgina qolmay, bu kasbiy faoliyatning o‘ziga xos
tomonlarini anglash, unga tegishli malaka va ko‘nikmalarini sifatli darajada
o‘zlashtirish, qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini shakllantirishga katta
imkon yaratadi.
Fizika va astronomiya o‘qitishni kasbiy yo‘naltirish uchun quyidagilarni
hisobga olish kerak:
- kasb-hunar kollejlarida fizika va astronomiya o‘qitish jarayonida
fanlararo bog‘lanishdan foydalanishning o‘ziga xos imkoniyatlarini belgilash;
- fizika va astronomiya darslarini tashkil etishning samarali yo‘llarini
aniqlash;
- fizika va astronomiyadan kasbiy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan
o‘quv materiallarining uyg‘unlashgan yangi mazmunini yaratish, unda
1
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2012-yil 22-son, 241-modda. www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |