PEDAGOGIKA
2015, 4-son
53
guruhiy ish amalga oshirilishi mumkin. Ushbu toifadagi bolalarni mualliflar
shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘ladi: vizual jihatdan rivojlangan, biroq
eshitish ko‘nikmalari past, vizual ko‘nikmalari past, biroq eshitish ko‘nikmasi
rivojlangan bolalar, ikkala ko‘nikmalari past rivojlangan bolalar.
Boshlang‘ich bosqichda pedagogning ishi o‘quvchining kuchli tarafini
faollashtirishga qaratilishi kerak. Masalan, chet tilni o‘rgatish jarayonida birinchi
kategoriyadagi bolalarning vizual tasavvurlariga tayanish, taktil va kinestetik
stimullarni kiritish muhim (so‘zni o‘qish bilan bir qatorda paypaslash), ikkinchi
kategoriyaga
fonetik yondashuv (boshlang‘ich bosqichda multisensor
yondashuv), uchinchi kategoriya multisensor yondashuv – bola bir vaqtning
o‘zida so‘zga qaraydi, tovush chiqarib aytadi, tomoqdagi sezgini nazorat qiladi.
Diqqat yetishmasligi sindromi va giperaktivlik mavjud bola bilan ish olib
borishda uning asab tizimidagi buzilishni hisobga olish muhim sanaladi. Aks
holda, bolaning xulq-atvorini o‘zgartirishga, uning shaxs xususiyatlariga ta’sir
etishga, bilish jarayonlarini rivojlantirishga bo‘lgan barcha urinishlar ijobiy
natija bermaydi. Giperaktiv boladan mutlaq intizomni talab qilib bo‘lmaydi,
chunki bunday holat uning ishchanlik qobiliyatini va o‘quv materialini
o‘zlashtirishning pasayishiga olib keladi. Mashg‘ulotlar ham o‘ziga turli
metodlarni qamrab olishi zarur (hikoya, namoyish, o‘yin va hokazolar).
Bola topshiriqni bajarayotgan vaqtda pedagog yoki kattalar bolaning o‘quv
harakatlarini bosiq ovoz bilan izohlab, nazorat qilib borishlari muhim
hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishda o‘qituvchilar ushbu
sindromli o‘quvchilarga alohida e’tibor qaratishlari zarur bo‘ladi. Jumladan, dars
davomida bolaning diqqatini chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish va bolani taxta
qarshisidagi qatorga, ya’ni o‘qituvchiga yaqinroq partaga o‘tkazish, darsda
berilayotgan topshiriqlarni taxtaga yozib qo‘yish, ma’lum vaqt oralig‘ida faqat
bitta topshiriq berish, katta topshiriqlarni qismlarga ajratib berish va har bir
qismning bajarilishini nazorat qilish kerak. Bola bilan muloqotning emotsional
bir maromda bo‘lishi, doimiy ravishda rag‘batlantirib borish bolaning bilim
olishga bo‘lgan motivatsiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
Shunday ekan, ushbu sindrom qanchalik ertaroq aniqlansa va
psixokorreksion, rivojlantiruvchi tadbirlar amalga oshirilsa, ular yaxshi
o‘zlashtiruvchi tengdoshlari qatoridan joy olishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |