PEDAGOGIKA
2015, 4-son
130
Ayrim biologik hodisalarni aniq ajratib olish uchun ularning ikki so‘z –
qo‘sh nom bilan nomlanishi zarur. Bu botanika fanining o‘z talab va qoidalari
bilan belgilanadi. Bu hodisa ham “Boburnoma”da qayd etilgan asosiy biologik
kashfiyotlardan biridir. Boburning sharofati bilan kokil tol, ko‘k ishboq, lolayi
gulbo‘y, lolayi sadbarg, mehri giyoh, nay shakar, sariq arg‘uvon, sebi
samarqandiy, qizil arg‘uvon, qulon quyruq, qizil arg‘uvon kabi o‘simlik nomlari
saqlanib qolgan.
Bobur biologik xilma-xillik haqida ham ancha jiddiy kuzatishlarni amalga
oshirgan. Xususan, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi, Afg‘oniston va
Hindistonning o‘simliklar olami, hayvonot dunyosini o‘zaro taqqoslaydi.
Natijada, bu o‘lkalarning florasi hamda faunasiga oid qimmatli ilmiy ma’lumot
va materiallar tarixiy fakt va hodisalar bisotidan joy oladi. Ularning ilmiy
qimmati haligacha o‘z kuchini saqlab turibdi. Bularning barchasi Abdukarim
Zikriyayevni Boburning tabiatshunoslikka oid ilmiy kashfiyotlarining mohiyatini
yangidan tiklagan olim sifatida e’tirof etilishiga olib keldi.
Tadqiqotchilik, kashfiyotchilik olimning birinchi fazilati. Dunyoqarashi-
ning favqulodda kengligi, o‘zaro suhbatlardagi madaniyat, har qanday holatda
ham suhbatdoshni tinglashdagi yuksak bardosh va chidam, fikr izhoridagi
g‘arbona oshkoralik bilan sharqona mulohazakorlikning omuxtalashgan shakli
faqat va faqat Abdukarim akaning o‘zigagina xos ravishda namoyon bo‘ladi.
Abdukarim aka tom ma’nodagi o‘zbek ziyolisi edi.
Abdukarim aka Yevropa, Afrika hamda Markaziy Osiyo tabiatidagi o‘ziga
xosliklarni maysalar, gullar, daraxtlar va ayrim hayvonlar misolida juda maroqli
qilib hikoya qilib bera olardi. Qaysi mevada efir moyining serobligi-yu, qaysi bir
daraxtning po‘stlog‘ida spirtning haddan tashqari ko‘pligi, sitrus mevalarinining
inson organizmiga foydasi-yu, sal me’yoridan oshadigan bo‘lsa, ularning bolalar
salomatligiga yetkazadigan zarar va ozorlari haqida ham u kishining hayotiy
misollari “cho‘ntagida” turardi. O‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari
haqidagi mulohazalari ham fikrimizni quvvatlaydi.
Tashkilotchilik xususiyati ko‘pchilikda bor. Ammo u har bir kishida o‘ziga
xos tarzda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchi degani – boshqalarni umum manfaati
yo‘lida o‘z ortidan ergashtira oladigan, umumiy manfaatlar bilan tashkilotning
har bir a’zosidagi xususiy manfaatlarni mumkin bo‘lgan darajada
yaqinlashtirishni uddalay oladigan shaxs degani. Tashkilotchilik har qanday
qiyin vazifani ham uddaburrolik bilan, ishning ko‘zini bilgan holdagi
yondashuvni topa bilish degani hamdir. Abdukarim akada shu xislat to‘liq va
Do'stlaringiz bilan baham: |