PEDAGOGIKA
2015, 4-son
128
moddalar almashinuvining ayrim xususiyatlari” mavzusida doktorlik
dissertatsiyalarini (1992) himoya qilgan. Ana shu dissertatsiyalar zamirida bir
necha monografiya va risolalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy va ommabop
maqolalar yuzaga keldi. Oxir-oqibatda paxta hosildorligiga jiddiy tarzda ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
A. Zikriyayev 1993-yildan boshlab umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritdi. U dastlab botanika
kafedrasi professori, 1994-1998-yillarda botanika, ekologiya kafedrasining
mudiri, ayni paytda “Tabiatshunoslik fanlari fakulteti” dekani (1996-1998, 2005-
2006), “Biologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori (1998-2000)
so‘ng “Botanika va hujayra biologiyasi kafedrasining mudiri” (2003-2005),
umrining oxirigacha (2010) shu kafedra professori lavozimlarida ishladi.
O‘qituvchi-murabbiy sifatida biologiya yo‘nalishidagi bakalavriat va
magistratura mutaxasisiliklaridagi ko‘pab fanlarning davlat ta’lim standartlarini
ishlab chiqdi, ularning o‘quv rejalarini tuzdi, namunaviy va ishchi dasturlarining
yaratilishida bosh-qosh bo‘ldi, ayni paytda ular asosida metodik qo‘llanmalar,
o‘quv qo‘llanmalarining yaratilishiga, darsliklarning yozilishiga munosib hissa
qo‘shdi.
Mutaxassisligi bo‘yicha bir qator xalqaro va respublikada bo‘lib o‘tgan
ko‘plab ilmiy va uslubiy anjumanlarda nihoyatda jiddiy va dolzarb mavzulardagi
ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etar edi. A. Zikiryayev ish faoliyati davomida
300dan ortiq ilmiy va o‘quv uslubiy ishlarni chop ettirgan. Ulardan 7tasi darslik,
30dan ortig‘i o‘quv va metodik qo‘llanmalardir.
Professor A. Zikiryayev ilmiy ishlarida g‘o‘za fiziologiyasi va biokimyosi
bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar asosiy o‘rin tutadi. Ayniqsa, g‘o‘za
hosildorligiga ta’sir qiluvchi stress holatlar (azotli o‘g‘itlarning yuqori dozalari,
defoliantlar) ta’sirini o‘rganish borasida jiddiy kuzatish va tadqiqotlarni amalga
oshirgan.
Uning umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari, shuningdek, oliy ta’lim uchun yaratgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari
yuqori ilmiy saviyasi bilan ajralib turadi. O‘z sohasining yirik mutaxassisi
bo‘lgan olim bir qator amaliy (2009-2011), innovatsion (2005-2006-yillar) va
fundamental grant (2007-2011)larning rahbari va ishtirokchisi edi. Bundan
tashqari u xalqaro miqiyosdagi “Tempus” grant loyihasining ham a’zosi sifatida
universitetning xalqaro ilmiy-ma’rifiy hamkorligi yo‘nalishida ham barakali
mehnat qilgan. U o‘ndan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga va yuzdan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |