tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda bolalar o`z
idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir
narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish
imkoniyatiga yega bo’ladilar.
Bu tasvirlar bolalarda yestetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam
go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat yekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.
Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog`lomligida, uning bilish
faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi.
Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bogliqlaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola
o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari yesa suziishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy
munosabatlarda faol bo’lsa, u shunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma
- xil bo`ladi. Bolani qor,
yomgir
qanday yog`ishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo`lgan
masafoni bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob
olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita
oladilar. Bu
yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi
obrazli tafakkurdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida psixik taraqqiyotidagi o’zgarishlardan tashqari ijtimoiy munosabatlarda uning
shaxs xususiyatlari shakllantiriladi. Ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdan orqada qolishini bartaraf yetishga yo’naltirilgan tadbirlar
tizimi har doim ham mahsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash
joyining o’zgarish va boshqa bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror
o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi. Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldini olish chora tadbirlari bilan
bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi. Agar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha
tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy xarakterga yega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf yetishga qaratilgan tadbirlar
individual xarakterga yega bo’ladi.
O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar
yekan, tanlanadigan chora – tadbirlar tuzish dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf yetishga
qaratilishi maqsadga muvofiq.
Bilimdagi bo’shliqlarni to’ldirishda dasturlashtirilgan tipdagi mashqlar katta ahamiyatga yega. Muammoni
kichik qismlarga bo’lish, har biri to’g’ri o’zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o’qishda orqada qolish
sababini bartaraf yetishda mahsuldor hisoblanadi.
Ko’pincha o’zlashtirmovchi o’quvchilar o’qishda orqada qolishda o’quv ishlari o’rgatishning rolini
tushunmaydilar. Ular o’zlarining o’zlashtirmaslik sababini dangasalik yoki materialni yaxshi yeslab qola olmaslikdan
izlaydilar. Ba’zan o’qituvchilar ham o’quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni yodlay olmaslik deb
baholab, xatoga yo’l qo’yadilar.
Xulosa qilib aytganda o’zlashtirmovchi o’quvchilarni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlashda fiziologik,
pedagogik, psixologik tizimini alohida aniqlab ularni bartaraf etish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab
hamshirasi, maktab psixologi, sinf rahbari hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirish
maqsadga erishishning eng qulay va samarali yo’li deb hisoblashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: