Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


MEHNAT TA’LIMI FANINI O’QITISHDA AKTNING O’RINI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

MEHNAT TA’LIMI FANINI O’QITISHDA AKTNING O’RINI 
 
YUNUSBEK B.M., Xorazm viloyati Urganch shahar 7- maktab. 
Keyingi yillarda fan – texnika jadal rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun ta`lim 
jarayonida AKT va PTlarni ongli ravishda kuchaytirish talab qilinmoqda. AKT asosini informatika tashkil qiladi. 
Informatika zamonaviy texnologiyalarning kalitidir. Bu kalitni egasi bo’lish uchun esa o’qituvchidan kuchli bilim talab 
etadi. Barcha fanlar qatori mehnat ta`limi fani ham informatika bilan o‘zaro aloqador bo‘lib dars jarayonida AKTlar 
qo‘llaniladi
1991-yil O’zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham turli islohotlar amalga 
oshirildi, tub islohotlar esa o’quv jarayoniga nisbatan o’zgacha mazmun, o’zgacha talab, o’zgacha tahlil va o’zgacha 
pedagogik munosabatlarni kashf etdi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning II bosqichi ta’lim mazmuniga keng qamrovda ilg’or pedagogik 
texnologiyalarni joriy etish vazifasini qo’ydiki, bu o’qituvchi zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklaydi. Biz o’qituvchilar 
o’quvchilarni jonajon Vatanni kelajakda buyuk davlatlar qatoridan o’rin olishida faol ishtirok etishi uchun zaruriy bilim, 
ko’nikma va malaka bilan qurollantirishimiz, ularda bunyodkorlik g’oyalarini shakllantirib, xalqimiz farovonligi uchun 
astoydil mehnat qilish ruhida tarbiyalashimiz zarur. Buning uchun esa barcha fanlar qatori mehnat ta`limi fanidan ham 
darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar milliy ruhda yozilgan bo’lib, 1-5-sinf mehnat ta`limi darsliklari 
amallarini kompyuterda bajarish o’quvchiga qiziqarli qilib, oddiydan murakkabga tomon bosqichma – bosqich o’rgatib 
borishga qulay imkoniyat beradi. 
Mamlakatimizda o’qituvchiga, uning mehnati natijalariga juda katta e’tibor berilayotgan ekan, bu avvalo 
kelajagimiz bo’lgan yoshlarning bilimiga, ularda Vatanni sevishga, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash tuyg’ularini 
shakllantirishga qaratilganligi hammamizga aniq, ravshan. Bir necha yillik tajribamdan shuni bildimki o’qituvchi 
o’quvchilarga zamon talabiga javob beradigan bilimlarni berishi uchun avvalo o’zi shunday bilimlar, dars berishning 
403 


zamonaviy uslublari, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollangan bo’lishi kerak. Shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimidagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan zamonaviy dars jarayonining 
sifati bilan belgilanadi. O’quv soatlarida o’quvchilarga yetarli bilim berish, hayotiy ko’nikmalarini oshirish va 
malakalarini shakllantirish o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq, zero Konfutsiy aytganidek, o’zini kamol toptira 
olmagan inson o’zgalar kamolotini ta’minlay olmaydi. 
Shu jumladan, fan xonalarining zamon talabi darajasida jihozlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, 
mehnat ta`limi fan xonasining har tomonlama to’liq va mukammal o’quv jihozlari bilan ta’minlanishi dars 
samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Chunki o’quvchi dars davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy 
mashg’ulotlarda ya’ni electron qo‘llanmaga qarab amalda va kompyuterda bajarib sinovidan o’tkazadi, bu esa fanga 
bo’lgan dunyo qarashini kengaytiradi.
Davlat ta’lim standartlarini ta’lim – tarbiya jarayoniga to’liq tadbiq etish, o’quvchilar bilimini baholashda 
reyting tizimini joriy etish, o’qitish jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va, pirovard natijada, 
mustaqil fikrlovchi, ijodkor barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoiylik bilan amalga oshirish biz 
pedagoglarning burchidir. 
Dars davomida har bir o’qituvchi o’ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy. Men ham har bir darsimda alohida 
e’tibor berishga harakat qilaman, fanlararo bog’lanishda masala yechishda matematik formulalar, iqtisodiyotning hisob 
– kitoblarrini bajarishda yordam berishi barcha o’quvchilarga ma’lum, lekin men darslarda mantiqqa ham ko’proq 
e’tiborni qarataman, chunki bu o’quvchi dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini o’stiradi, mehnat ta`limi 
faniga, amaliyotda sinab ko’rishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Masalan, Darslik yo’q bo’lishiga qaramay 8-sinflarda 
o’tiladigan “Diagnostik kasb maslahati” mavzusida to’plangan ma`lumotlardan tashqari qo’shimcha sifatida “Maktab va 
hayot” jurnalida berilgan yangiliklardan ko’proq foydalanaman. Biroq bu ma`lumotlarni barchasini tushuntirishga vaqt 
yetmaganligi sabab, takrorlash darslarida ko’proq tushuntirishga harakat qilaman. Agar shu mavzu 2 soat mobaynida 
o’tilganida, ko’proq ma`lumotllardan foydalanishga imkoniyat yaratilgan bo’lar edi. Bunday ma`lumotllardan 
foydalanish o’quvchi ongini rivojlantirishda, darsning samarali yakun topishiga imkon yaratadi va o’quvchi olgan 
bilimlarini hayotda qo’llay oladi, zero bizning vazifamiz o’quvchiga ta’lim berish bilan birga tarbiya ham berish, 
mustqil fikr egasi qilib voyaga yetqazish, hayotda o’z o’rnini topishi, yuksak marralarni zabt etishi uchun ta’lim olish 
tarbiyadan boshlanishini o’quvchi ongiga singdirishdan iboratdir. 
Bugungi kundagi ta’lim – tarbiya tizimining asosiy vazifasi o’quvchilarni Vatanimizni sevadigan, 
mehnatsevar, ijodkor, o’z bilimi va iste’dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalaridan ongli ravishda foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. 
Mazkur vazifalar mahoratli, zamonaviy, intelektual ustozlarning samarali darslar orqali amalga oshiriladi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish