Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI
MUSTAQILLIKKA O’RGATISHNING AHAMIYATI 
 
QODIROVA M., SOBIROV A., JDPI 
 
Zamonaviy odam har jihatdan yetuk, barkamol, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega bo’lishi uchun 
unda boshlang’ich ta’lim hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hususan, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I.Karimov tomonidan 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga ko’ra chet tillarini o’qitish boshlang’ich ta’limning dastlabki yillaridanoq 
boshlanishi kerakligi belgilangani ham bejiz emas. 
Davlatimizning ta’lim sohasidagi oliy maqsadi – har tomonlama yetuk barkamol kadrlarni jamiyatga 
yetishtirish. Zero, shu maqsad asosida berilgan ilk ta’lim-tarbiya kelajakda o’z qudratini ko’rsatishi tabiiy. Shunday 
ekan, bola boshlang’ich ta’limni avvalo oiladan oladi. Boshlang’ich ta’limni egallayotgan bolaga har bir ota-ona, 
o’qituvchi, murabbiy befarqlik qilmasligi lozim. Bolaning jamoa oldida o’zini tuta bilishi, muloqot jarayoni, dars 
mashg’ulotlaridagi ishtirokini muntazam kuzatib borish lozim. 
Mashxur pedagog A.S.Makarenko shunday yozgan edi: “Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda 
yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o’ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir jarayonida, 
hattoki o’zingiz uyda yo’qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz boshqalar bilan va boshqalar 
haqida qanday muomula qilishingiz, gazeta o’qishingiz bular hammasi bola uchun ahamiyatga ega. Gapingizning 
ohangi sal o’zgarsa ham bola buni darrov payqab oladi yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o’zgarishlarni har xil 
yo’llar bilan bilib oladi, lekin o’zingiz bundan bexabar bo’lasiz.” Oilada kattalarning bir-biriga bo’lgan iliq munosabati 
farzandlar qalbida ham samimiy tuy’ular jilvalanishiga olib keladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktab hayoti, o’quv faoliyati, tabiat bilan bog’liq ko’plab yangi ma’lumotlarga 
ega bo’ladi, ya’ni u shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Shaxsni shakllantirish – uning o’sishi qandaydir yangi hususiyat 
155 


va fazilatlarga ega bo’lish jarayonidir. “Shakllantirish” tushunchasi “tarbiyalash”ga qaraganda ancha keng tushunchadir. 
“Shakllantirish” jamoa, tabiat, guruh va shaxslar bilan muloqot va faoliyat bilan bog’liq.
Hozirgi kunda respublikamizda m’lum bir yo’nalish bo’yicha (matematika, musiqa, san’at, sport) maktablariga 
o’quvchilar qabul qilinmoqda, ular asosan olti va yetti yoshda. Asosiy mezon: ko’rish, eshitish, nutq, mantiqiy fikrlash, 
xotira, tafakkur, iroda va sezgilardan iborat. Shu kabi mezonlarga muvofiq ravishda boshlang’ich maktablarning asosiy 
vazifalari ham bor: bolani kuzatish, o’ylashga va izlanishga undash, muommoli vaziyatlarda o’zini tuta bilish, 
materiallarni o’rganish va tahlil qilishni o’rgatishdir. O’quvchining vazifasi esa: yangi bilimlarni egallash, dars 
mashg’ulotlariga tayyorgarlik darajasini tahlil qilish, qobiliyatlarni namoyon eta olish, qiziqishlari bo’yicha materiallar 
to’plash va b.qlar 
O’zbekiston maktablarining tajribali o’qituvchilari bolalarni neyropsixologlarning ekspress-diagnostik 
tekshirish asosida tanlash metodlaridan foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari doktorlari, professorlari B.Qodirov 
va E.G.Smernetskaya, dotsent S.Oxunjonovlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular o’quv rejasiga ijodiy tafakkurni 
rivojlantirish dasturlarini, ta’limning ikki tili – informatika va shaxmat o’yinlarini kiritadilar. Ya’ni ta’limot 
mashg’ulotlarni dars soatlariga ko’ra bo’lib chiqish va mavzulashtirilgan holda o’tish, o’quvchilarning jismoniy va 
aqliy toliqishining oldini oladi va bilish jarayonlarining takomillashishiga olib keladi. Masalan, I sinfdagi matematika 
o’quv dasturida (I-IVsinf) 1 dan 10 gacha sonlarni o’rganishga 34 soat dars, 1 dan 20 gacha sonlarni o’rganishga 12 
soat dars, qo’shish va ayirishga 62 soat dars ajratilgan. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ko’proq mustaqil fikrlashga o’rgatish lozim. Bunda, misollar keltirish, qoida 
va ta’riflarni tushuntira olish, masalalarga mantiqan yondasha olishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, 1-sinfda o’qilgan matn 
bo’yicha savollarga javob qaytarish va rasmlarga qarab ularning mazmunini gapirib berish, rasmlar hikoyalar tuzish 
g’oyat muhim bo’lib bu ma’lumotlar 4- sinfda so’ralganda ham bemalol javob bera olar ekan. 
O’quvchilarning har bir tarbiyaviy jihatlarini ahloqiylik, irodalilik, bardoshlilik singari hislatlarni o’zida 
shakllantira olishi lozim. Mashg’ulotlarning ijobiy va salbiy hislatlarini baholay olishlari, ularni bayon qila olishlari 
orqali ahloqiy hususiyatlar va nutq qobiliyatlari rivojlanadi. Ahloqiy hususiyatlarga misol keltiradigan bo’lsak, 2-sinfda 
bolalar o’z tengdoshlarining ishlari, ularning do’stligi, o’zaro yordami va mehribonliklari haqidagi hikoya va she’rlarni 
o’qiydilar. 
O’quvchini dars davomida o’z-o’zini boshqarish hususiyatlarini rivojlantirish uchun unga o’zi mustaqil 
bajaradigan topshiriqlarni berishi, nazorat qilishi va unga ishonishi nihoyatda muhimdir. Berilgan topshiriqni 
bajarayotgan o’quvchi o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada o’z-
o’zini boshqarishga undovchi motivlarni qat’iylilikni yuzaga keltiradi. Aynan ilk turtkigina bolaning o’z oldiga maqsad 
qo’yishga, qiziqishiga olib keladi. Shu kabi turtkilar tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan hodisadir. Ya’ni insonni u yoki 
bu harakatini bajarishiga nima turtki bo’lishi ko’p yillar davomida uning faolligini nima boshqaradi, ba’zan esa uning 
butun hayotini nima belgilab beradi degan jumboqlar ko’plab uchrab turadi. Inson faolligi mohiyatini tushunish uchun 
uning sabablarini aniqlash zarur ya’ni harakat va faoliyat asosida yotadigan ta’sir etuvchi kuchni ochish lozim…”. 
Shunday 
еkan boshlang’ich sinf o’quvchilarida bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik, irodaviy zo’riqish asosida 
bola o’zini atrofidagilarning talabini bajarish jarayonida yoki shaxsiy harakatga intilgandagina yuzaga keldi. Bola 
qachonki mustaqil izlansa, bilim egilallashga intilsa shunda undan komillik sari yetaklovchi va faol fikrlovchi shaxs 
shakllanadi. 
Pedagogikada o’quvchining faol fikrlovchi shaxs bo’lishi zaruriyati ko’p ta’kidlangan va bu muammo qiziqib 
o’rganilgan. J.Russo va nemis pedagogi A.Disterverglar o’zlarining didaktik ta’limotida o’quvchida mustaqil fikrlashni 
rivojlantirish zarurligi g’oyasini ilgari surgan. Disterverg shunday deydi: “Aqlni hech narsa bilan to’ldirib bo’lmaydi. 
Ularni inson mustaqil o’rganishi, o’zlashtirishi va qayta ishlashi zarur.” 
Garchi har bir millat yoki davlatning taraqqiy etishi o’sha mamlakatning yoshlari, axborot texnologik 
o’zgarishlari, ixtirolari, iqtisodiy ishlab chiqarish barcha barchasi ta’lim tarbiyaning mahsuli desak shubhasiz xato 
qilmagan bo’lamiz. Bunda o’sib kelayotgan yosh avlod ongida yuksak ahloqiy sifatlarni shakllantirishda oila a’zolari va 
pedagoglarning ijobiy ibrat bo’la olishi alohida ahamiyatga ega. 
Ko’p yillik ilmiy izlanish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha 
informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda oladi. Aynan shuning uchun ham bolalik davri shaxs 
rivojlanishiga alohida e’tibor talab etuvchi davr hisoblanadi. Xulosa o’rnida bir hadisni keltirib o’taylik, “Kimgaki 
ilmdan ya’ni muloyimlikdan berilibdi, u jannat ahlidan bo’libdi. Kimgaki ilmdan ya’ni muloyimlikdan berilmabdi, u 
jannat ahlidan bo’lmabdi.” Shunday ekan farzandlarni kamol toptirishda ota-ona va murabbiylarga sabr-toqat va 
muloyimlik hamdam va yo’ldosh bo’lishi lozim. Zero, kelgusida sog’lom, hurfikr, barkamol, har tomonlama yetuk 
kadrlarning ko’payishi asosan murabbiylar mehnatining samarasidir. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish