D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


TANA SUYAKLARINING YOSHGA BOG„LIQ XUSUSIYATLARI



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 
TANA SUYAKLARINING YOSHGA BOG„LIQ XUSUSIYATLARI 
Umurtqalar  embrionda  tog‗ay  to‗qimasining  rivojlanishidan  shakllanib 
boradi.  Umurtqalarning  avval  tanasi,  keyin  ravog‗i,  so‗ngra  o‗simtalari 
shakllanadi.  Bola  tug‗ilganda  umurtqa  pog‗onasi  to‗g‗ri  bo‗lib,  turli  yoshda 
muskullar  harakati  tufayli  egriliklar  yuzaga  keladi.  Bog‗cha  yoshining  oxirida 
bo‗yin-ko‗krak  egriliklari  shakllanadi.  Bel  lordozi  12  yoshda  qisman,  balog‗at 
yoshida  to‗liq  shakllanadi.  Odamning  17  -  25  yoshida  dumg‗aza  umurtqalari 
suyakli  birikib,  dumg‗aza  suyagini  hosil  qiladi.  Dum  suyaklarining  suyakka 
aylanishi  30  yoshda  tugaydi.  Bolalarning  umurtqa  pog‗onasi  egiluvchan  bo‗ladi. 
Bolaning  1  -  2  yoshigacha  qovurg‗a  suyaklari  g‗ovak  suyakdan  tashkil  topadi. 
Yosh ortishi bilan ular o‗sib, suyakka aylanishda davom etadi. To‗sh suyagi 25-30 
yoshda  suyakka  aylanadi.  Yosh  ortishi  bilan  ko‗krak  qafasining  shakli,  o‗lchami 
o‗zgaradi.  3  yoshgacha  ko‗krak  qafasining  aylanasi  uzunligiga  nisbatan  katta 
bo‗ladi.  7  -  8  yoshda  u  konus  shakliga  kiradi.  Gavda  suyaklarining  o‗sishi  va 
rivojlanishiga tashqi muhit sharoiti, bolaning ovqatlanishi, jismoniy mashq qilish-
qilmasligi ta‘sir etadi. 
Odam homilasida 38 ta umurtqa paydo bo‗lib, ular 7 ta bo‗yin, 13 ta ko‗krak, 
5  bel  va  12-13  ta  dumg‗aza  va  dum  umurtqalaridan  iborat.  Homila  taraqqiyoti 
davri  oxirgi  ko‗krak  umurtqasi  I  bel,  oxirgi  bel  umurtqasi  esa  I  dumg‗aza 
umurtqasiga aylanadi. Keyinchalik dum umurtqalari yo‗qolib ketib, bola tug‗ilishi 
vaqtida 33-34 ta umurtqa qoladi. Homila hayotining 5-haftasida umurtqalar tanasi 
va  ravoqlarida  alohida  tog‗ay  to‗plamlari  paydo  bo‗ladi.  Keyinchalik  ular  o‗zaro 
qo‗shilib  tog‗ay  umurtqani  hosil  qiladi.  Umurtqalarning  suyaklanish  jarayoni 
homila  hayotining  2  oyi  oxiri,  3  oyining  boshida  boshlanib,  ma‘lum  bir  tartibda 
boradi.  Suyaklanish  3-bo‗yin  umurtqasidan  boshlanib  pastga  qarab  4-bel 
umurtqasigacha  davom  etadi.  Bu  davrda  yuqoridagi  umurtqalarning  tog‗ay 
modelida  3  ta  suyak  nuqtasi:  umurtqa  yoyining  ikkala  bo‗lagi  va  tanasida  payda 


37 
 
bo‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  bolaning  3-7  bo‗yin,  ko‗krak  va  bel  umurtqalari  shakl 
jihatidan  kattalarnikiga  o‗xshaydi,  ammo  ko‗p  qismi  tog‗aydan  iborat.  Ularning 
yoyiida joylashgan suyak nuqtalari o‗zaro tog‗ay qatlamlar vositasida ajrab turadi. 
Bola  hayotining  birinchi  ikki  yilida  har  bir  yarim  umurtqa  yoyi  suyaklanadi  va 
bo‗g‗im  o‗simtasi  hosil  bo‗ladi.  Uch  yoshda  yarim  yoylar  o‗zaro  birikib  qirrali 
o‗simtani hosil qiladi va umurtqa kanalining orqa tomoni yopiladi. Bu birikish 3-
bo‗yin  umurtqasidan  to  4-bel  umurtqasigacha  ketma-ket  bo‗ladi.  3-7  yoshlarda 
umurtqa  ravoqlari  tanasi  bilan  yuqoridagi  ketma-ketlikda  qo‗shiladi  va  umurtqa 
kanali  osishdan  to‗xtaydi.  16-17  yoshda  umurtqalar  suyaklanib  bo‗ladi,  ammo 
ko‗ndalang,  bo‗g‗im,  qirrali  o‗simtalarning  uchlarida,  tananing  ustki  va  pastki 
yuzasi  qirralarida  tog‗ay  to‗qimasi  bo‗lib,  ularda  qo‗shimcha  suyak  nuqtalari 
paydo bo‗ladi. Ular umurtqa bilan 18-20 yoshda qo‗shiladi.  
Yangi  tug‗ilgan  bolaning  dum  umurtqalari  4-5  tog‗ay  holatida.  I  dum 
umurtqasining  suyak  nuqtasi  1-7  yoshda,  qolganlari  esa  ikkinchi  bolalik  davrida 
paydo bo‗lib, 30 yoshlarda suyaklanib bo‗ladi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish