D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 
10-rasm. Kurak suyagi.
 
O„mrov suyagi S shaklida bo‗lib, bir uchi yumaloq, ikkinchi uchi yassi. Yassi 
uchi  bilan  kurak  suyagining  akromial,  ya‘ni  tojsimon  o‗simtasiga  birikadi. 
Yumaloq uchi bilan to‗sh suyagining dastasiga tutashadi. O‗mrov suyagi tanasida 
muskullar birikishi uchun g‗adir-budurliklar bo‗ladi. 
 
 
  
11- rasmO„mrov suyagi
 


39 
 
Qo„lning  erkin  suyaklari.  Qo‗l  erkin  suyaklarining  katta  qismi  uzun 
(naysimon)  suyaklar:  yelka  suyagi,  bilak-tirsak  suyaklari  va  qo‗l  panja 
suyaklaridan iborat. 
Yelka  suyagi  uzun  naysimon  suyakdir,  uning  tanasi  -  diafizi  va  ikki  uchi  - 
epifizi  bo‗ladi.  Yuqorigi  uchida  anatomik  bo‗yin  bilan  chegaralangan  sharsimon 
boshchasi bor. Anatomik bo‗yinning tashqi tomonida katta va kichik do‗ngchalar, 
ularning  o‗rtasida  egatcha  bo‗lib,  u  do‗ngchalararo  egatcha  deb  ataladi.  Yelka 
suyagining pastki kengaygan uchi ikki tomonidan g‗adir-budur tepacha hosil qilib 
tugaydi, bularga muskul va boylamlar yopishadi. Bu ikkala tepacha orasida bilak-
tirsak suyaklari bilan birlashadigan bo‗g‗im yuzalari joylashgan. Medial tomonida 
tirsak  suyagi  bilan  birlashadigan  g‗altak,  lateral  tomonida  bilak  suyagi  bilan 
birlashish uchun yarimsharga o‗xshash bo‗g‗im  yuzasi boshchasi, pastki uchining 
orqa  tomonida  tirsak  suyagining  o‗sig‗i  kirib  turadigan  tirsak  chuqurchasi,  old 
tomonida esa tirsak suyagining toj o‗tkir o‗sig‗i (bilak bukilganda) kirib turadigan 
o‗tkir  toj  o‗yig‗i  bor.  Suyakning  turli  joyida  qon  tomirlar  o‗tadigan  teshiklar 
mavjud. 
     
12-rasm. Yelka suyagi

Bilak suyaklari ikkita naysimon - bilak va tirsak suyagidan iborat. 
Tirsak  suyagi  qo‗lning  medial  tomonida  joylashgan  bo‗lib,  yuqori  qismi 
biroz  keng,  unda  yarimoysimon  o‗yiq  bo‗ladi.  Tirsak  suyagi  yarimoysimon 
bo‗g‗im  o‗yig‗ining  yuqorisida  tirsak  o‗sig‗i,  pastida  o‗tkir  o‗siq  joylashgan. 
Lateral  tomonida  bilak  suyagining  boshi  kirishi  uchun  chuqurcha  bor. 


40 
 
Yarimoysimon  bo‗g‗im  o‗yig‗i  bilan  yelka  suyagining  g‗altaksimon  bo‗g‗im 
yuzasiga  birikadi.  Tirsak  suyagining  tanasi  uch  qirrali,  bilakka  qaragan  lateral 
qirrasi  o‗tkir.  Bu  suyakning  pastki  uchida  boshchasi  bo‗lib,  uning  orqasida 
bigizsimon o‗siq joylashgan.
 
13-rasm. Tirsak suyagi

Bilak  suyagining  yuqori  uchi  yumaloq  shakldagi  boshcha  hosil  qiladi. 
Boshchaning yuqori qismi botiq bo‗lib, unga yelka suyagining do‗mbog‗i birikadi. 
Bilak  suyagi  boshchasi  pastki  qismi  ingichka  bo‗yin  hosil  qiladi.  Bo‗yinning 
tagida oldingi yuzada yelkaning 2 boshli muskuli kelib birikadigan katta do‗ngcha 
bor.  Tanasi  uch  qirrali,  ichki  qirrasi  o‗tkir.  Distal  epifizi  biroz  kengayib,  birinchi 
qator kaft suyaklari bilan birikish uchun bo‗g‗im chuqurchasi hosil qiladi. 
Bu  suyakning  ichki  tomonida  tirsak  suyagining  boshi  bilan  birikishi  uchun 
bo‗g‗im yuzasi, chetki tomonida esa bigizsimon o‗siq joylashgan. Tirsak va bilak 
suyaklari yuqori va pastki qismlari bilan silindrsimon bo‗g‗im hosil qilib birikadi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish