222
bozorga ma’lum miqdordagi tovarlarni olib chiqib sotish uchun taklif
etishadi. Ayni vaqtda ularni iqtisodiy manfaatlari tovarni sotish va shu yo‘l
bilan sarf-xarajatlarni qoplash hamda sof foyda olishdan iborat bo‘ladi.
Tovar taklifining asosiy xarakteristikasi uning sifat tomoni ya’ni inson
ehtiyojlarini qondira oladigan bir qancha xil iste’mol qiymatlarining
bo‘lishidir. Talab hamisha aniq bo‘ladi, chunki
har bir paytda u tayinli
tovarlarga daxldor bo‘ladi va muayyan bir bozorda ma’lum qilinadi.
Iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj va talablar iqtisodiy, ijtimoiy,
demografik, tabiiy – iqlim va boshqa omillar ta’siri ostida shakllanib
boradi. Shu munosabat bilan bozor siyosati asoslangan bo‘lishi uchun
talabni obdon o‘rganish, uning rivojlanishdagi tendensiyalar va qonu-
niyatlarini tahlil qilish, hajmi va strukturasi qanday bo‘lishini oldindan
bilish zarur.
Tovar qiymatining pul ifodasi bo‘lmish baho, ya’ni
narx-navo,
iste’mol bozorining sig‘imiga katta ta’sir o‘tkazadi. Baholar ko‘tarilgan-
da tovarlarga bo‘lgan talab kamayishi, baholar pasayganda ortib borishi
kerak. Bahoning iste’mol tovarlari bozorining sig‘imiga ta’siri bir-biriga
bog‘liq bo‘lgan omillar tizimi bilan belgilanadi. Bu ishlab chiqarishning
hajmi va strukturasi, iste’molning tovarga aloqador bo‘lgan va aloqador-
mas qismlarning nisbati, xomashyoning qiymati va boshqalardir. Talab
bilan taklif o‘rtasidagi mutanosibliklar ishlab chiqarish vositalari bilan
iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish nisbati, mehnat unumdorligi aholi
daromadlari o‘sib borish sur’atlarining nisbati, baholarning umumiy
darajasi va ayrim tovarlar baholari bilan belgilanadi. Talab bilan taklif
o‘rtasidagi mutanosibliklarga ehtiyojlarning ortib borish qonuni katta
ta’sir o‘tkazadi, buning natijasida xaridorlarning
bozordagi tovarlar
assortimenti va sifatiga bo‘lgan talablari ortib boradi.
Bozorga kompleks ravishda yondashishdan iborat bo‘lgan marke-
tingni bosh manbalari turli mamlakatlarda qadim zamonlarga borib taqa-
ladi. Chiqariladigan mahsulotlar assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar
o‘sib borgan sayin, fan-texnika taraqqiyoti kuchayib xizmat ko‘rsatila-
digan sohalar kengaygani va raqobat keskinlashgani sayin marketinga
bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Marketingni joriy etish uchun tashkiliy shart-sharoitlarni ham yara-
tish kerak, korxonalarni rejalashtirish va boshqarish,
taqsimlash, ichki va
tashqi savdo aloqalari tizimi, moddiy jihatdan yuqori ta’minlangan
bozor kanallari bo‘yicha realizatsiya qilish vositalari shular jumlasidan-
223
dir. Tovarlar va xizmatlar sifatining yuqori bo‘lishi ularni reklama qilish
marketingning eng muhim tamoyili bo‘lib korxonaning raqobat kura-
shida yashab qolishining asosiy shartidir.
Marketing strategiyasini har xil holatdagi talabga to‘g‘ri keladigan
bir necha turini tafovut qilish mumkin. Marketing xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlarini qamrab oladi.
Korxona marketing faoliyati dasturlarini shakllantirishning asosiy qoida-
laridan biri ishlab chiqariladigan va bozorda realizatsiya qilinadigan
mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini birga qo‘shib olib
boorishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
Tadbirkorlarni bozorga kirib borishida quyidagilar ko‘zda tutiladi:
Bozor vaziyatini chuqur tahlil
qilish va uning qay tariqa
rivojlanib borishini oldindan bilishni;
Gorizontal aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ma’lum darajada erkin
bo‘lishni;
Tijorat ishlaridagi raqobatga aloqador xavf-xatarni hisobga olib,
bozorda o‘z mavqeiga ega bo‘lishni;
Kon’yukturaga ta’sir o‘tkaza oladigan texnologik va tashkiliy
siyosat yurgazishni;
Bozor munosabatlarini shakllantiradigan raqiblar to‘g‘risidagi
axborotni yig‘ib, ishlab chiqish va tahlil qilishni;
Ish yuzasidan muzokaralar olib borish va marketing yechim-
larini amalga oshirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar va
rahbarlar bo‘lishini.
Korxonaning umumiy strategik maqsadi
belgilab olinganidan
keyin, masalan, yangi tovarga talab shakllantirilganidan keyin, shu
strategiyani amalga oshirishga doir amaliy choralarning butun zanjirini
batafsil ishlab chiqish kerak.
Korxona strategiyasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
❖
bozorga qanday tovarni, qanday assortimentda va qanday
baholar bilan kiritish;
❖
tovar qanday iste’molchilarga mo‘ljallangan va keyinchalik
unga qanday potensial iste’molchilarni jalb qilish mumkin;
❖
tovarlarni rejalashtirilgan miqdorda sotish uchun qanday
shart-sharoitlar kerak;
❖
tovarlarni yetkazib berish ishi qanday kanallar orqali va
qanday hajmlarda tashkil etiladi;
224
❖
talabga ta’sir ko‘rsatish va sotuvni rag‘batlantirish uchun
qanday vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi;
❖
bozor qatnashchilari qanday iqtisodiy natijalarni kutishadi
buning uchun qanday sarf-xarajatlar qilish kerak.
Shunday qilib, kichik biznes korxonalarida tovarni
marketing
operatsiylari predmeti, ya’ni ayirboshlash mahsuloti deb qaraladigan
bo‘lsa, uning asosiy xossalari iste’molchini mumkin qadar ko‘proq
qondiradigan, shunda ham iste’molchi kutganidek emas, balki bundan
ham oshirib qondiradigan bo‘lishi kerak. Bozorda vaziyat tez o‘zgarib
turadigan hozirgi sharoitlarda uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing
yechimlari ustun turadi. Ular bozorga har tomonlama yondashish zarur-
ligidan va bunda kichik biznes korxonalari faoliyatida turli marketing
strategiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: