959
oqimining
o‘zaro muvozanatlashtiruvch
intelektual svetaforlar
yordamida aniqlash. So‘ngra intellektual transport tizimlaridan
foydalanish orqali ushbu chorrahalarni optimallashtirish imkoniyatlari
tahlil etiladi.
Tayanch so‘z va iborlar:
Yo‘lovchi oqimini boshqarish, transport
oqimi, intellektual svetafor,
tirbandlik, chorraha.
So‘ngi yillarda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sib boorishi aholi-
ning yashash ta’siriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda va yo‘llarda
shaxsiy avtomobillardan foydalanish foizi tobora o‘sib bormoqda [1].
Ammo ushbu jarayonga parallel ravishda yo‘l dagi tirbandlik holati
hamda yo‘l transport hodisalari (YTH) ham salbiy o‘sishga erishmoqda
(1-rasm). 2021-yilning so‘ngi 10 oyida 6886 odam YTH oqibatida
jarohat olgan va 1964 odam vafot etgan [2].
Respublika
Ichki ishlar vazirligi, yo‘l harakati xavfsizligi bosh
boshqarmasi (YHXBB) taqdim etgan ma’lumotlarga binoan [3], 2020
yilning o‘tgan davri mobaynida piyoda ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-
transport hodisalari soni qariyb 30% ortgan. Mavjud muammolarni
o‘rganilishi natijasi bilan bugungi kunda YTH larga bo‘liq
muammolarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan qator
qaror va farmoyishlar imzolangan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 11.07.2017 yil
3127-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash
tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risi”gi qarori qabul qilingan. [4].
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030 yilgacha
bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va
vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 20-
oktabrdagi 841-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq
O'zbekistonda 2025-yilga kelib YTH sonini
ikki barobarga qisqartirish
belgilangan.
960
1-rasm
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda chorrahalarda “fuzzy-logic
controller” (FLC) sistemasi asosida ishlaydigan svetaforlardan foydala-
nish orqali chorrahada avtomobil va piyoda oqimi balansni saqlash
ushbu tezisda ustuvor vazifa qilib o‘rganiladi. Ushbu intelektual
svetaforlar chorrahaning turli joylarida o‘rnatilgan
keng rakursli
piyodalar va avtomobillar sonini aniqlovchi kameralar yordamida oniy
vaqtdagi chorrahadagi piyoda hamda avtomobil oqimi ma’lumotlariga
asosan aynan o‘sha vaqtning o‘zida svetafor sikl jarayoniga ta’sir
o‘tkazadi hamda oqim yuqori bo‘lgan tarafga ustunlik berish orqali
ishlaydi. Intellektual svetafor ishlash prinsipiga asosan dastlab kunning
qaysi vaqti ekanligi va piyoda oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
qabul
qilib oladi va ushbu ma’lumotlar FLC ga uzatiladi va ular asosida
svetafor fazasi o‘rnatiladi (2-rasm).
2-rasm.
Intellektual svetafor ishlash prinsipi.
Agar FLC ga kirib kelayotgan ma’lumotlar kunning tig‘iz vaqti
hamda piyodalar soni odatdagidan yuqori bo‘lsa piyodalar uchun yashil
chiroq 33% gacha oshirilishi mumkin, va
piyodalar soni juda yuqori
bo‘lgan holatda yashil chiroq sikli 66% gacha oshirilishga ruxsat etiladi.
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
8000
9000
YTH larning turli kesimlardagi sonlari
Do'stlaringiz bilan baham: