Тошкент “транспорт ва логистика: республика транспорт-транзит салоҳиятини ривожлантиришда рақамлитехнологиялар”



Download 17,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/437
Sana20.07.2022
Hajmi17,03 Mb.
#828940
TuriСборник
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   437
Bog'liq
TЛ Конференция 1188 стр

 
 
Atajanov Maxmud Kenjabayevich 
(Toshkent Davlat Transport Universiteti “Transport logistikasi” 
kafedrasi doktoranti) 
mr.maxmud19840327@gmail.ru
 
+998973448394 
 
VELOTRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH 
ISHTIROKCHILARI MANFAATLARINI
UYG‘UNLASHTIRISH 
 
Sо‘ngi yillarda velosipedchilarning shahar sharoitida harakatlani-
shi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish Shahar jamoat transporti 
(SHJT) tarkibida velosipedni rivojlantirish muammolari va istiqbollari 
haqida gapirishi odatiy hol bо‘lib qoldi. Ammo amalga oshirilgan loyi-
halar og‘zaki sо‘zlarga qaraganda kamroq. Loyihalarni amalga oshirish 
ishlari qanchalik ortga surilsa, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi-
gan va tanqidiy qarashlarni oziqlantiradigan bо‘sh “pedal urish” taassu-
rotlari shunchalik kо‘p shakllanadi. Velotransport infratuzilmasini rivoj-
lantirish masalasining dolzarbligi Evropada XX-asrning ikkinchi yarmi-


860 
da ekologik muammolar va yirik shaharlarning tarixiy markazlarida 
transport qiyinchiliklariga e’tibor kuchayishi, shuningdek, shaxsiy avto-
mobillarga texnik xizmat kо‘rsatish va ulardan foydalanishga sarflana-
yotgan yuqori xarajatlar fonida yaqqol namoyon bо‘la boshladi. Bunda 
Amsterdam, Kopengagen, Parij, Tokio, Monreal, Toronto, Bogota, 
Rotterdam, Sevilya, Berlin va boshqa shaharlar sezilarli muvaffaqiyat-
larga erishdilar. Ommabop e’tiqoddan farqli о‘laroq, murakkab iqlim 
sharoitiga qaramay, shimoliy Yevropa shaharlari katta darajada ajralib 
turardi, ammo bunga qaramasdan Finlyandiya shaharlarida ham velosi-
ped infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. Qorli qish va ayozlar velosiped-
chilarning odatdagi qulay transportdan foydalanishiga halaqit bermaydi, 
bu esa harakat erkinligini beradi, odatiy hayot me’yoriningining tabiat 
elementlariga nisbatan ustuvorligini namoyish etadi. Finlandiyaning 
Oulu shahrida aholining kamida 22% qishda har kuni, yozda esa 80% 
gacha velosipeddan foydalanadi[1]. 
Avvalgi yillar bilan solishtirganda kunning tig‘iz vaqtida, ya’ni 
soat 7-9 oralig‘ida Toshkent shahri jamoat transporti vositalarida yukla-
malar ancha ortayotgani, yo‘lovchilarning to‘planib qolish holatlari 
kuzatilayotganidan bugun aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. Metropoliten 
bekatlari chiptaxonasi oldida ikki enlik qog‘oz chipta olish uchun 
yo‘lovchilar qator bo‘lib navbat kutib turishi, avtobuslardagi tiqilinch 
vaziyat, yo‘llarda shaxsiy avtomobillarning tirbandligi yuzaga kelishi 
kabi holatlar qanchadan-qancha asabbuzarliklarni keltirib chiqarmoqda. 
Toshkent shahridagi jamoat transporti yo‘nalish tarmoqlari o‘tgan 
asrning 80-yillarida tuzilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar mukammal tarzda 
qayta ko‘rib chiqilmagan va tizimda jiddiy muammolar yig‘ilib qoli-
shiga sabab bo‘lmoqda.
Rivojlangan velotransport infratuzilmasi velosipeddan dam olish 
vositasi sifatida foydalanish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratadi va 
hayot uchun qulay muhitni ta'minlaydi, yani tadbirkorlikda, ishga yoki 
oila bilan dо‘konlarga borishda va hokazo. Bu nafaqat shaharning trans-
port muammolarini (ayniqsa, shahar markazlarida) hal qiladi, shuning-
dek, qulay ijtimoiy muhit yaratadi, aholi sog‘lig‘ini saqlash xarajatlarini 
kamaytiradi, umr kо‘rish va mehnatga layoqatlilik yoshini oshiradi, 
turizmni rivojlantiradi, shaharni ekologik toza yashash muhiti sifatida 
qulay joylashtiradi, bu esa о‘z navbatida yuqori sifatli inson kapitali va 
investitsiyalarni jalb qiladi. Eng muhimi rivojlangan velotransport infra-
tuzilmasi jamoatchilikga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Jamoatchilik orasida 


861 
velotransportni ommolashtirish g‘oyalari insonlarni ekologik toza, qulay 
atrof muhit, sog‘lom turmush tarzi, sо‘z erkinligi, muloqot va ijtimoiy 
tenglik atrofida birlashtiradi. 
Shuni tushunish kerakki, velosipedchi, talablar me’yoriga kо‘ra, 
piyodaga avtomobilchiga qaraganda ancha yaqinroq[1]. Shu sababli, 
velosipedchilar uchun yaratilgan infratuzilma transport infratuzilmasi 
mezonlariga qaraganda jamoat joylari mezoniga ancha mos keladi. 
Ushbu yondashuv velotransport infratuzilmasini shakllantirishning 
dastlabki bosqichlarida о‘zini oqlaydi. 
Amsterdam kabi rivojlangan shaharlarda asosiy e’tibor transport 
funksiyalarini ta`minlashga qaratilgan. Biroq, O‘zbekiston shaharlari 
uchun vaziyat boshqacha- jamoat joylarini rivojlantirish о‘z-о‘zidan ten-
densiyadir va bu yerda velotransport infratuzilmasi shaharlarning rivoj-
lanishi uchun katalizator va element bо‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘z 
navbatida rivojlangan jamoat joylari shaharning umumiy madaniy dara-
jasini kо‘taradi, jamiyatda ijtimoiy aloqalarni yaratadi va mustahkam-
laydi, xizmat ko‘rsatish bozorini jalb qiladi, shahar tumanlarini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bо‘lib xizmat qiladi. 
Xususan, velotransport infratuzilmasi, xizmatlar bozorida kuchli 
talabni yuzaga keltiradi, masalan: sport dо‘konlari, texnik xizmatlar, 
velosiped butlovchi qismlarini va veloturargohlar ishlab chiqarish, velo-
siped ijarasi, uy-joy sohasida saqlash xizmatlari, umumiy ovqatlanish 
joylari va oziq-ovqat do‘konlarida qо‘riqlanadigan veloturargohlar yoki 
tashish xizmati kabi faoliyt turlarini rivojlantiradi. Bir sо‘z bilan 
velotransport infratuzilmasi shaharlarni rivojlantirish uchun katalizator 
va element bо‘lib xizmat qiladi. 
Velotransport yо‘laklari mezonlari. Velotransport yo‘laklariga 
fuqarolarning talablari qanday, ular qanday mezonlarga javob berishi 
kerak va shu kabi tabiy savollarga oddiylik uchun uchta asosiy ustuvor 
mezonni ko‘rib chiqaylik (1-rasm). 

Download 17,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish