Тошкент “транспорт ва логистика: республика транспорт-транзит салоҳиятини ривожлантиришда рақамлитехнологиялар”



Download 17,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/437
Sana20.07.2022
Hajmi17,03 Mb.
#828940
TuriСборник
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   437
Bog'liq
TЛ Конференция 1188 стр

2,22
1
6
33
58
77
65
97
140
112
127
GER
SGP
POL
TUR
MISR
QOZ
RUS
UZB
BEL
MONG
0
20
40
60
80
100
120
140
160
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
3,5
4
4,5
5
Bojxona
LPI o’rni


330 
natijasida O‘zbekistonning bojxona rasmiylashtiruvi, yaxshilandi, inson 
resurslari salohiyati bu yaxshilanishga o‘z hissasini qo‘shdi. Isbot 
sifatida, 
O‘zbekiston 
2018-yilda 
bojxona 
rasmiylashtiruvi 
ko‘rsatkichining pasayishiga duch keldi [4].
1-Jadval.
Bojxona jarayoni samaradorligi 
Tez-tez yoki deyarli har doim deb javob bergan 
respondentlar protsenti
 
O‘z-
be-
kis-
ton 
Yevropa 
va 
Markaziy 
Osiyo 
xududi 
Pastroq 
o‘rta 
daromadli 
mamla-
katlar 
Qozo-
g‘iston 
Ger-
mani
ya 
Importlarni rasmiylashtirilishi 
va yetkazib berilishi 
80% 
71% 
48% 
100% 
90% 
Exportlarni rasmiylashtirilishi 
va yetkazib berilishi 
80% 
67% 
65% 
0% 
95% 
Bojxona 
rasmiylashtirishni 
shaffofligi 
60% 
60% 
48% 
0% 
89% 
Boshqa chegara agentliklarini 
shaffofligi 
80% 
53% 
42% 
0% 
86% 
Normativ -huquqiy hujjatlar-
dagi o‘zgarishlar to‘g‘risida 
etarli va o‘z vaqtida maʼlumot 
berish 
80% 
47% 
45% 
0% 
90% 
Muvofiqlik darajasi yuqori 
bo‘lgan savdogarlar uchun 
tezlashtirilgan 
bojxona 
rasmiylashtiruvi 
80% 
52% 
39% 
0% 
80% 
Manba: Arvis va boshqalar,
 
2018.
 
2019−2020 yillarda «Yallama» va «S.Najimov» (Toshkent 
viloyati), «Do‘stlik» (Andijon viloyati), «Olot» (Buxoro viloyati), 


331 
2020−2021 yillarda «Dout-ota» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), 
«Madaniyat» (Andijon viloyati), «O‘zbekiston» (Farg‘ona viloyati), 
«G’ishtko‘prik» va «Oybek» (Toshkent viloyati) bojxona postlari 
hududlariga 
tutash 
joylarda 
zamonaviy 
bojxona 
terminallari, 
shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi. 
Bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilot-
larning asosiy funksiyalari «yagona darcha» tamoyili asosida bojxona, 
bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-
epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni 
ko‘rsatadi. Tadbirkorlik sub’ektlari bojxona terminallarida ko‘rsatila-
digan tijorat xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadilar [5]. 
2019 yil 1 dekabrdan boshlab «sariq yo‘lak», bunda bojxona 
deklaratsiyasi, hujjatlar va mа’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona 
nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy 
tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga 
oshiriladi. «Qizil yo‘lak», bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi 
yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar 
va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi. 
1 martdan boshlab esa «yashil yo‘lak», bunda xavf darajasi past 
bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan 
amalga oshirilmaydi. «Ko‘k yo‘lak», bunda xavf darajasi o‘rta 
ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga 
nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng 
amalga oshiriladi. 
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi 
iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona 
tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda 
tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari 
instituti joriy etiladi. 
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent 
shahri bo‘yicha boshqarmalari «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan 
bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat 
ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul 
asosda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi — «front-ofis» 
tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyiha 
(keyingi o‘rinlarda — dastlabki loyiha) amalga oshirilishi belgilandi. 


332 
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan tovar va transport 
vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqti 
bojxona 
postlari 
xodimlari 
faoliyati 
samaradorligining 
asosiy 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi vaqti 
to‘g‘risidagi statistik axborot har oyda barcha bojxona postlari kesimida 
Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 
«Sariq» va «qizil» yo‘laklar mos ravishda 70 va 30 foiz nisbatda 
tovar va transport vositalarining xavf profillari yoki tasodifiy tanlash 
asosida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, «yashil» va «ko‘k» yo‘laklar 
amalga kiritilgan kundan boshlab, mazkur xatboshida ko‘rsatilgan foiz 
nisbati Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan xavflarni avtomatlash-
tirilgan boshqarish tizimini qo‘llash samaradorligi monitoringi asosida 
belgilanadi. 
2019 yil 1 martdan boshlab, olib kiriladigan tovarlarning bojxona 
ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi protsedurasi videoyozuvi 
saqlanishini va Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining ula-
nishini tа’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina 
amalga oshiriladi. 
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston davlat chegarasi orqali shaxslar, 
transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, 
sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
Nizomga muvofiq, Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha 
shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-
karantin, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli 
bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi. 
Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat 
nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar 
va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi 
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi. 
Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish 
vaqti aniq belgilandi. 
Yа’ni, avtotransportning o‘tkazish punktida bo‘lish vaqti uning turi 
va o‘tkazish punktining texnik holatiga qarab quyidagi muddatdan ortiq 
bo‘lmasligi kerak: 

yengil avtotransport vositalari – 15 daqiqa; 

yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa. 


333 
Bunda, avtotransportning har bir davlat nazorati organlari 
tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti O‘zbekistonga 
kirishda quyidagicha belgilangan: 

sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan 
o‘tkaziladi) – 3 daqiqa; 

chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqni 
beruvchi hujjatlar mavjudligi va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa; 

bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi 
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi) – 15 daqiqa; 

fitosanitariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar fitosanitariya 
nazorati obekti bo‘lsa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa; 

veterinariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar veterinariya 
nazorati obekti bo‘lsa, veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa. 

Nizomda, shuningdek, qaysi hollarda nazorat tartib-taomilidan 
o‘tish vaqti belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lishi mumkinligi 
ko‘rsatilgan. 

Jumladan, o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat 
nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganida nazoratdan 
o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston tovar birjalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan 
bojxona va sayyohlik korxonalari xususiy muassasasi chegarani kesib 
o‘tish joylarini modernizatsiya qilishni, shu jumladan chegaradan “tez 
o‘tkazish” modeli amalga oshiradi. Bu tovar birjalari uyushmasi va 
davlat va jamoat institutlari o‘rtasidagi hamkorlikda bo‘lib o‘tishi 
rejalashtirilgan. 
To‘rta chegara postlarini modernizatsiya qilish ishlari tugallandi va 
beshta yangi punktni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari davom 
etmoqda. “Qurilish” bosqichi chegarani kesib o‘tish joylarini 
modernizatsiya qilish, jismoniy va telekommunikatsiya infratuzilmasini 
rekonstruksiya qilish, yordamchi inshootlarni qurish va ilg‘or texnologik 
uskunalar bilan taʼminlashni o‘z ichiga oladi. “Foydalanish” bosqichida 
bojxona va sayyohlik korxonalari faqat tijorat maydonlarini; oziq-ovqat 
va ichimliklar do‘konlari, banklar, suvenir do‘konlari, yoqilg‘i quyish 
shoxobchalari va boj olinmaydigan do‘konlar, shuningdek tozalash va 
texnik xizmat ko‘rsatishni boshqaradi. Bojxona rasmiylashtiruvi va yo‘l 
hujjatlarini tekshirish kabi har qanday maʼmuriy jarayonlar va tartiblar 
davlat muassasalari va organlari tomonidan amalga oshiriladi. Imtiyozli 


334 
davrda modernizatsiya qilingan obyektlar “Topshirish” bosqichida 
davlat sektoriga qaytariladi [6]. 
Natijada, chegaralarda kutish vaqtlari sezilarli darajada qisqardi, 
navbatlar qisqartirildi, transport vositalari va yo‘lovchilarning o‘tishi 
to‘rt barobar tezlashdi. Chegara postlari infratuzilmasini modernizatsiya 
qilish bo‘yicha texnik takomillashuvlar kontrabanda va odam 
savdosining xavfsizligi va nazoratiga hissa qo‘shdi. 

Download 17,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish