66
mushaklarining hayotiy faoliyati ortiqroq bо‘ladi, bolalar yurish va yugurish
vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, о‘yinlar о‘tkazish
vaqtida esa engashib о‘tiradilar va hokazo. Shu sababli, bolaning kuch-quvvat
sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi mushaklar kuchini kо‘paytirishga
alohida e’tibor berish, bola gavdasi va oyoq-qо‘llarini rostlaydigan, tо‘g‘ri turishga
о‘rgatadigan mashqlarni bajartirish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan
mashqlar, asosan, dinamik harakterga ega bо‘lishi kerak.
Ayni vaqtda, bu uzoq
vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zо‘riqishlar
bilan bog‘liq, bо‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirishda zо‘r
berib, kuchlanish talab etiladigan mashqlar qо‘llanmasligi kerak. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom
etadigan va tezlik hamda kuch talab qiladigan mashqlar (masalan,
bir joyning
о‘zida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari
), shuningdek, о‘z
og‘irligini kо‘tarish bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir mashqlar (
engashtirib qо‘yilgan
va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika
taxtasida о‘z qо‘llari, kuchi bilan tortilish va shunga о‘xshash mashqlar
)ni
bajarish о‘rinlidir.
Matonat
bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli
darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni
tarbiyalash organizmturli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish,
asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib
keladigan va kuchli zо‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan
faoliyat natijasida
organizmda yuzaga keladigan kо‘nikish, ya’ni chiniqish sanaladi. Shuning uchun
bolalarda matonatni tarbiyalashda, ularga о‘zlarida kо‘nikma hosil qilgan vazifaga
qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir kо‘rsatadigan mashqlar va о‘yinlar
qо‘llaniladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik guruhlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq
maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida
matonatni tarbiyalash uchun о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va
mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zо‘riqish talab qilinadi.
Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni
takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga nafas rostlashiuchun
vaqt ajratish lozim.
Bu yoshdagi bolalarda matonat, avvalo, yurish, yugurish,
sakrash, chang‘ida yurish, raqsga tushish, suzish va harakatli о‘yinlarni о‘ynash va
mustaqil faoliyat kо‘rsatish vaqtida rivojlanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam
о‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlarning
ahamiyati
harakatlar
madaniyatini
mujassam
shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam
amalga oshirishdan iboratdir.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda
yaxshi harakat qila
oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan va maqsadga
yо‘nalgan holda faoliyat kо‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va
ijodiylikni namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
67
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq
havoda о‘tkaziladi. Yoz paytida о‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya
maydonchasida о‘tkaziladi.
“Ilk qadam” dasturida har bir yosh guruhi
uchun belgilangan jismoniy
mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga kо‘ra xilma-xil
mashg‘ulotlarni о‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bо‘lib qolishi, dasturni
о‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek, bolalarning yosh va о‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
Mashg‘ulotlarning tuzilishi jismoniy mashqlarni bolalar tomonidan izchil
bajarilishini ta’minlaydi. U qо‘yilgan vazifalar, nerv tizimining
ish qobiliyati va
bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan
belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning
psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Kirish – tayyorgarlik.
2. Asosiy qism.
3. Yakuniy qism.
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir
qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulot
Do'stlaringiz bilan baham: