Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Namuna olgichlar:
a, b, d
– mos ravishda yonilg‘i, moy, surkov moyi olish 
uchun naychalar; 
e
– kurakcha. 
Sig‘imlarda neft mahsulotining uchta sathidan, ya’ni 
neft mahsulotining yuzidan 200 mm chuqurdan (1 qism), 
o‘rta sathidan (3 qism) va rezervuar tubidan 250–300 mm 
chuqurlikda joylashgan pastki sathidan (1 qism) olingan 
namunalar aralashtirilib, neft mahsulotining o‘rtacha namunasi 
olinadi. Har bir namunaga uning markasi va olingan kuni 
ko‘rsatilgan yorliq yopishtirladi. Uzoq muddat saqlashda har 
3 oyda o‘rta qatlamdan hamda idish tubidan namuna olinib, 
yonilg‘ining ifloslanganligi tekshiriladi. 
Laboratoriyada, namuna olgichdan tashqari, areometrlar 
(zichlikni aniqlash uchun), termometrlar, spirtometr, gidrometr 
(antifrizning qotish haroratini aniqlash uchun) kabi qator 
o‘lchash jihozlari ham bo‘ladi. Laboratoriyada jihozlar ro‘yxati 
bilan birga ulardan foydalanish qoidalari yozilgan yo‘riqnoma 
ham mavjud. 
Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash. 
Idishlar 
tubida suv borligi laboratoriyadagi kaliy permanganat yordamida 
aniqlanadi. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda oson 
eriydi. Bu moddaning bir nechta kristalini oq lattaga o‘rab, 
idish tubiga tushiriladi va 3–4 min tutib turiladi. Pushtirang 
yoki qizil rangning paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. 
Bu holda suv qatlamining qalinligini suvga sezgir qog‘oz yoki 
pasta yordamida aniqlash lozim. 
Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning 
uchun yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan 
idishdagi yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumkin. Toza 
neft mahsulotlari bir jinsli bo‘ladi, agar ular tarkibida ozginagina 
suv bo‘lsa ham, idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi, bunday 
yonilg‘ini dvigatellarda ishlatish mumkin emas. 
Suvli moy tomchisi oynaga surtilganida yorug‘likda u xira 
ko‘rinadi. Moyda suv borligini namunaning chirsillashiga qarab 
ham aniqlash mumkin. Buning uchun yaxshilab aralashtirilgan 
ozgina moy probirka tubiga solinib, ehtiyotkorlik bilan kuchsiz 
olovda isitiladi. Moyda suv bo‘lsa, moy chirsillaydi, ko‘piradi 


238
239
va probirkaning yuqori sovuq qismida 
suv tomchilari paydo bo‘ladi. Agar 
probirkaning yuqori qismi xiralashsa-
yu, moy chirsillamasa, moyda suv juda 
kam bo‘ladi. 
Mexanik aralashmalar va suv borli-
gini namunani tindirish yo‘li bilan ham 
aniqlash mumkin. Bunda 8.4- rasmda 
ko‘rsatilgan shakldagi 100 ml sig‘imli 
tindirgichdan foydalaniladi. 
Tindirgichnmg quyi qismi 10 ml haj-
m gacha 0,05 ml li qilib darajalangan 
(bu darajalarga qarab suv va mexanik 
aralashmalar 
miqdori 
aniqlanadi), 
un dan keyin esa 25, 50 va 100 ml li 
da rajalar ko‘rsatilgan. Qovushoqligi 
past yonilg‘i yaxshilab ara lashtiriladi 
va tezda tindirgichning 100 ml li 
sathigacha quyiladi. Tindirgich 25 min 
vertikal holda ushlab turilgach, mexanik 
aralashmalar miqdori foiz hisobida 
aniqlanadi. Bu miqdor millilitrda 
o‘lchangan cho‘kindi hajmiga teng bo‘-
ladi. Qovu shoqroq yonilg‘ining tinishini 
tezlashtirish uchun tindirgichni iliq 
(50–60°C haroratdagi) suvga qo‘y gan 
ma’qul. Motor moylaridagi ara lashmalar juda sekin cho‘kadi, 
shuning uchun moyga benzin aralashtirish kerak. Moyning 
o‘rtacha namunasi tindirgichning 25 yoki 50 ml sathigacha 
quyiladi, 100 ml sathigacha esa toza benzin quyiladi. Aralashma 
aralashtiriladi va tindirgich issiq suvga tushiriladi. Mexanik 
aralashmalarning miqdorini foizda aniqlash uchun ularning 
millilitrdagi miqdorini 4 ga (agar namuna uchun 25 ml moy 
olingan bo‘lsa) va 2 ga (agar 50 ml moy olingan bo‘lsa) 
ko‘paytirish lozim. 
Moylarda abraziv mexanik aralashmalar borligini ishqalash 
usuli bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun ikkita toza, 
quruq yassi oyna olinadi. Ulardan biriga sinaladigan moydan 
olingan o‘r tacha namunadan 1–2 tomchi tomiziladi. Keyin bu 
oynaga ikkin chi oyna ishqalanadi. Agar moyda abraziv bo‘lsa, 
shishalar o‘ziga xos keskin g‘ijirlaydi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish