Bayram marosimlari
0 ‘zbek xalqining bayram marosimlari ham ko‘p. Ularda 0 ‘zbekistonda
yashovchi butun aholi ishtirok etadi. Xususan, umumxalq bayramlarining
eng azizi Mustaqillik bayramidir. 1991-yil 31-avgust kuni 0 ‘zbekiston
mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1-sentabr Mustaqillik kuni deb belgilandi.
1991-yil 1-sentabrdan boshlab har yili butun 0 ‘zbekiston mustaqil yurt
sifatida o ‘zining ozodlikka erishganini nishonlab kelmoqda. Mamlakat-
ning poytaxti Toshkentda, Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda, hamma
viloyatlar markazlarida, tumanlar markazlarida katta tantanalar uyushtirildi.
Toshkentda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov butun
o ‘zbek xalqiga, 0 ‘zbekistonda yashovchi hamma millat vakillariga qarata
nutq so‘zlaydi. Yurtimizdagi boshqa hududlarda ham mahalliy rahbarlar
0 ‘zbekiston mustaqilligi sharafiga nutq so'zlaydilar. Katta bayram kon-
serti uyushtiriladi. Bu konsertlarda xalq qo‘shiqlari, rasm-msumlari, dos-
tonlardan parchalar, askiyalar, xalq raqslari, amaliy san’at namunalari
namoyish etiladi. Kuzgi ekinlar sayillari o ‘tkaziladi. 0 ‘zbekiston Milliy
bog‘idagi tantanalar televidenie orqali butun dunyoga ma’lum qilinadi.
227
0 ‘zbek xalqining eng qadimgi bayramlaridan bin Navro‘z hisob
lanadi. Navro‘z - yangi kun ma’nosini ifodalaydi. Abu Rayhon Beruniy
o ‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro‘z
bayrami Jamshidning taxtga o'tirgan kunidan boshlab nishonlangani
haqida ma’lumot beradi. Bahorgi kun va tunning teng kelish kunini 3-4
ming yil oldin kashf qilish, 21-martni yangi yil bayrami sifatida tantanali
nishonlashning o ‘zi yurtmizda ilm taraqqiyoti qanchalar rivojlangani ha
qida ma’lumot beradi. Quyoshning hamal burjiga kirishini aniq belgilash
astronomiya fani kashfiyoti hisoblanadi. Firdavsiyning “Shohnoma”,
Umar Xayyomning “Navro‘znoma”, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki
Ajam” asarlarida bayramni o‘tkazish tarixi, odatlari haqida tafsilotlar bor.
Masalan, Umar Xayyom Navro‘z kuni bosh kohin podshoh oldiga may
to la oltin jom, uzuk, dirham, dinor, arpa niholi, qilich, o ‘q-yoy, dovot va
qalamdan iborat sovg‘a olib kelishini va tabriklar izhor qilishini yozadi112.
Navro‘z kuni, shu kun atrofida odamlar ko‘k somsa, ko‘k chuchvara,
ko‘k varaqi - somsa, sumalak va boshqa turli taomlar tayyorlaganlar.
Toshkentda halim pishirish odati bo‘lgan. Navro'zda maxsus xalq
qo‘shiqlarini aytish odati bo‘lgan. Ulardan jarchilar qo‘shig‘i, Navro‘z
keldi, yoz keldi, Navro‘z olanlari mashhur bo‘lgan. Xususan, “Navro‘z
olqishi”da shunday deyilgan:
Eski yil ketdi,
Yangi yil keldi.
Doshqozonlar tizilsin,
Sumalaklar suzilsin.
Bug‘doylar pishib chosh bo‘lsin,
Yeganimiz osh bo‘lsin.
Sumalak pishirishda esa boshqacha qo‘shiq aytilgan:
Bahoming sen elchisi
Yaxshilikning belgisi,
Navro‘zning sen singlisi,
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakka yig‘ilar,
Katta-kichik, hamma ham,
112 Умар Хайём. Наврузнома. Таржимон Урфон Отажон. - Т.: Мехнат, 1990.
228
Pishib chiqsa, totisang,
Ko‘ngillar quvnar biram.
Sumalakjon, sumalak.
Sumalakjon, sumalak.
Muhammad Rizo Ogahiy o‘zining lirik ijodida Navro‘z bayrami
haqida diqqatga loyiq ma’lumotlar beradi. Xususan, shoir Navro‘z kuni
taqdir og‘ir sinovdan o'tkazayotgan odamlami ziyorat qilish savobli eka
nini ta’kidlagan. Navoiy va Ogahiy an’anasi keyinchalik Muqimiy, Furqat,
Cho‘lpon, Oybek, H.Olimjon ijodida davom ettirildi. Sobiq sho‘ro tuzu-
mida Navro‘z bayramiga qayta-qayta hujumlar uyushtirilgan. Harakat-
ning eng og‘ir payti 1986-yilga to‘g‘ri keldi. Bu yili Navro‘z bayrami
nishonlanmagan. O'zbekistonning mustaqilUkka erishuvi Navro‘zga bo‘l-
gan munosabatda aniq ko'rinadi. 1990-yilda Prezident Islom Karimov
tashabbusi bilan Navro'z umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi.
Shundan buyon Navro'z bayrami o ‘zbek xalqining orziqib kutadigan
shodiyonasiga aylandi.
Umumxalq bayramlari qatoridan munosib o‘rin olganlari sifatida
Ramazon hayiti va Qurbon hayiti bayramlarini ham ko‘rsatish mumkin.
Yurtimiz mustaqil bo‘lganidan beri islom dini bilan bog‘liq bu ikki
bayram alohida nishonlana boshladi. Har yili ramazon oyida islom diniga
e’tiqod qiluvchilar 30 kun davomida ro‘za tutishadi. Og‘iz ochar payti
bo‘lganidan so‘ng 30 kun yosh bolalar ramazon aytishadi. Qadim zamon-
larda ramazon aytish o ‘spirin yigitlar zimmasida bo‘lgan. Qishloq yo sha-
har ko‘chasining o ‘rtasida yakkaxon qo'shiqchi atrofida 5-6 ta do‘stlari
bilan ramazon aytgan. Davraning ikki chekkasida xurjun - xalta bilan ikki
yigit eshik oldiga borib davraga qaytgan. Xonadon egalari ramazonchi-
larga hadya - ehsonlar chiqarib berishgan. Marg‘ilon shahridagi qariya-
larning eslashicha, bu marosimlar o ‘z vaqtida juda fayzli va orziqib
kutilgan daqiqalardan iborat bo‘lgan ekan:
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o ‘g ‘il bersin beshigingizga.
Ramazon yo ramazon, may ramazon,
Muhammad ummatiga may ramazon.
Makkada bir yog‘och bor, boshi qora,
Xudoyim o ‘g ‘il bersin, qoshi qora.
229
Ramazon yo ramazon, may ramazon,
Muhammad ummatiga may ramazon.
Odatda, ramazon oyi ramazon hayiti bilan yakunlangan. Ammo yil
davomida ramazon aytuvchilar ham boigan. Toshkent viloyati Angren
tumanida yashagan marhum Oltivoy ota yil - o ‘n ikki oy otda qishloqma-
qishloq ramazon aytgan. Har xil yaxshi niyat qilgan odamlar unga
sovg‘a-salomlar berganlar. Ota ehsonchiga bitta non berib, duo qilib
ketavergan, ramazonni aytavergan.
Xullas, islom dinimiz bilan bog‘liq umumxalq bayrami yiliga ikki
marta: Ramazon va Qurbon hayiti sifatida nishonlangan. Bu davrda qurbi
yetgan odamlar iqtisodiy qiynalgan yurtdoshlariga zakot, fitr ehsonlarini
berishgan.
Shunday qilib, o ‘zbek xalqi qadim zamonlardan o ‘z hay oti davomida
tarli marosimlar o ‘tkazgan va bu marosimlarda Yaratgan Tangridan
yaxshi orzu-istaklaming ro‘yobga chiqishini so‘ragan. Marosimlar xalq
hayotining tarkibiy qismi sifatida milliy urf-odatlar sifatida qadrlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |