Savol va topshiriqlar:
1. Po'lkan hayoti va ijodi haqida s o ‘zlang.
2. “Go ‘ro ‘g ‘lining tug ‘ilishi ” dostonini о ‘qing.
3. Po'lkan dostonlaridanparchalaryodlang.
Adabiyotlar:
1. Пулкан шоир. Узбек халк огзаки ижоди буйича тадощотлар.
4-китоб. - Т.: Фан, 1976.
2. Афзалов М. Пулкан. - Т.: Фан, 1955. - Б. 10-14.
3. Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный
героический эпос. - Москва: ОГИЗ, 1947. - С. 46-49.
4. Гуруглининг тугилиши. - Т., 1967.
97 Уша жойда. - Е. 6.
202
г
I*'
i s l o m
s h o i r
Nazar o‘g‘li
Baxshi oddiy hayotda qanday odam bo‘lganini bilish uchun quyidagi
lavhani e’tiboringizga havola qilamiz. Yodgor baxshi Is’hoqov sartarosh
do‘sti Tillayev yordamidan foydalanib, Islom otaga shogird tushgani
uyiga borganida mezbon unga:
Juda soz, qidirib keldingmi ustoz? Lekin shoirlik qiyin-da bir oz,
agar shoir bo‘lsang, bir о ‘lib tirilishing rest. Turqingga qarasam, о ‘zing
yaxshi, yuzlaring qizil gulning naqshi, sendan ham chiqib qolsa edi-ya
baxshi, ma, do‘mbirani bir chertib boq-chi, Narpay arig'iday bir sharqirib
oq-chi, - deb do‘mbirani unga uzatadi.
Kunlardan bir kuni Yodgoming mashq she’rini o‘qib:
She’rni bunday bo‘sh qilib, qip-qizil go‘sht qilib, dumi yulingan qush
qilib, she’r yuragini qish qilib yozma! She’mi soz qilib, qomatini g ‘oz
qilib, qo‘lini daroz qilib, kelinchakdek serpardoz qilib, xuddi dor ustida
о ‘yin ko‘rsatayotgan dorboz qilib, ohangini do‘mbiraga mos qilib,
shirasini ko‘p, suvini oz qilib, she’r ko‘nglini bahor-yoz qilib, burgutdek
baland parvoz qilib yozgin, she’r qudug‘ini yurak bilan qazgin, - deydi98.
Biz - oddiy odamlami hayratga soladigan tarafi shundaki, Islom shoir
tasodifiy holatda, maxsus tayyorgarliksiz “soz, ustoz, bir oz, rost; yaxshi,
naqshi, baxshi; boq-chi, oq-chi” qofiyasidagi so‘zlami osongina topgan,
undan ham ajoyibligi bu qofiyadosh so‘zlami shu zahoti tuzilgan izchil
jumlalar tarkibiga joylagan va muayyan maqsadni bayon qilishga qarata
olgan. Baxshilardagi yashin tezligida fikrlash, fikrni aksari qofiyali so‘z-
lar ishtirokida gap tuzilgan holda bildirish fazilati ularni oddiy odamlar-
dan ajratib turadi. Chori baxshi Xo‘jamberdiev, Qahhor baxshi Rahimov,
98 Ёдгор бахши Истоков. Устозим хацида / Ислом шоир замондошлари хотирасида. - Т.:
Фан, 1981.- Б . 51-52.
203
Shomurod baxshi Tog‘ayev bilan bo'lgan suhbatlarimizda bu vaziyatni
bir necha marta kuzatganmiz, guvoh bo‘lganmiz. Shubhasiz, Islom ota-
ning suhbati o ‘ta nozik va nafis iqtidor egasi sifatida zamondoshlari xoti-
rasida o ‘chmas taassurot qoldirgan bo‘lishi tabiiy.
Islom shoir Nazar o‘g‘li 1874-yilda Narpay tumani Oqtosh hududi-
dagi Gala Qassob qishlog‘ida kambag‘al cho‘pon oilasida tug‘ildi. Oila-
dagi iqtisodiy nochorlik oqibatida yoshligidan otasining yonida ishlashga
majbur bo‘ldi. 1884-yildan Islom cho‘ponlikdan boxabar inson sifatida
mustaqil ish olib bora oldi. Bu kasb Po‘lkanda bo‘lgani kabi Islomda
do‘mbira chertish zaruratini paydo qildi. Uning betakror yoqimli ovozi
hamqishloqlariga ma’qul bo'ladi va ko‘p o ‘tmay do‘mbirani turli qo‘-
shiqlar aytib cherta boshlaydi. Islom shoir o ‘zining xotiralarida shunday
deydi: “Bir kun o‘z qishlog'imda bir o ‘tirishda do‘mbira chertib, baland
tovush bilan qo‘shiq aytib o‘tirsam, Emazar shoir ham kelib eshitib o ‘tir-
gan ekan. Mening tovushim unga ma’qul tushibdi, shekilli, shoirlikka
bo‘lgan havasimni payqab, darrov otam qoshiga borib, meni u kishidan
so‘rabdi”w. Shu voqea ro‘y beradi-yu, Islomning havaskorlik mashqlari
yakuniga yetadi. Emazar shoir butun hayoti davomida baxshilik san’ati
yo‘lida to‘plagan tajribasini, ustozlik sirlarini samimiy niyati bilan Islom-
ga o ‘rgata boshladi. Emazar shoir Shahrisabz maktabi ustozlari yo‘lini
yaxshi bilardi, ammo Qo‘rg‘on dostonchiligi vakili Jumanbulbuldan ham
mashq olgan edi. Shuning uchun Islom shoir ijrosida Shahrisabz va
Qo‘rg‘on baxshilaridagi eng ibratli xususiyatlar uyg‘unlashdi.
Islom Nazar o‘g‘li 26 yoshda mustaqil baxshi darajasiga yetishdi.
Baxshi o ‘z xotiralarida Jumanbulbul bilan uchrashganini eslaydi. Ulkan
dostonchi Emazar baxshiga qarab: “Siz shogirdning aslini topib olibsiz,
ishqivozligi ham ancha zo'rga o ‘xshaydi”100, - degan ekan. Haqiqatan
ham, Islom shoir, birinchidan, xotirasi kuchli va badihago'y edi; ikkin-
chidan, ovozi nihoyatda yoqimli va eshitishli edi; uchinchidan, har safar
doston aytishdan oldin tinglovchini do‘mbira chertib, sel qilib olar ekan,
sozning bu jo ‘rligi doston ijrosi davomida ham davraga zavq berib turar
edi. Xullas, Islom shoiming doston aytish mahorati olimlaming eslashiga
qaraganda, musiqiyligi, mayinligi, voqealaming aniq va sodda tarzda aks
ettiiilishi, badihago'yligi, о ‘mi kelganda kulgili ifodasi bilan ajralib turar
ekan. Ovozning shirasi doston fayziga fayz bag‘ishlar ekan. Shuning uchun
99 Ислом шоир Назар угли. Танланган асарлар. - Т., 1953. - Б. 4.
100 Уша жойда. - Б. 4.
204
Islom shoir aytgan 28 ta doston va son-sanoqsiz termalarini hamqish-
loqlari, qo‘shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar.
Baxshi o ‘z zamondoshlarining qalblaridagi fikr-mulohazalarini oshkor
qiluvchi satrlami topa bilmasa u mashhur bo‘lolmaydi. Doston kechala-
riga yig‘ilgan muxlislar faqat doston yoki terma eshitish uchun kelmay-
dilar. U hamisha baxshidan dunyodagi voqealar, qo‘shni viloyat, tuman,
juda bo‘lmaganda qishloqlardagi yangiliklarga ham chanqoq bo‘ladi.
Radio, televidenie, matbuotning boshqa turlari rivoj topmagan paytlarda
baxshi ham jumalist, ham notiq, ham boshlovchi, ham siyosiy sharhlov-
chi, ham taniqli ustoz ziyoli sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Bir necha taniqli
ustoz baxshilar ishtirokidagi suhbat kechalari o ‘ziga xos ommaviy
axborot vositalari vazifasini bajargan. Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li, Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li, Muhammadqul Jonmurod o‘g ‘li Po‘lkan, Islom shoir kabi
iqtidorli baxshilar esa matbuot markazining ish yurituvchilari bolishgan.
Ular orasida Islom shoiming munosib о‘mi bor. Chunki Islom shoir
“Orzigul”, “Gulixiromon”, “Zulfizar bilan Avaz”, “Xirmondali”,
“Kuntug‘mish”, “Sohibqiron”, “Erali va Sherali”, “Tohir va Zuxra”,
“Nigor va Zamon” kabi o ‘nlab dostonlarini aytish jarayonida yurtdagi
ijtimoiy o ‘zgarishlami, yangiliklami, ayrim shaxslar haqidagi tanqidiy
mulohazalami ham bayon etgan. Har bir xonandaning alohida o‘rinli
ashulasi, qo‘shig‘i, shoiming she’ri bo‘lgani kabi baxshilarda ham mu-
habbat qo‘ygan dostonlari bo‘ladi. Ergash shoir “Ravshan”, Fozil Yo'ldosh
o ‘g ‘li “Alpomish”, Po‘lkan “Go‘ro‘g ‘lining tug‘ilishi” dostonlarini qiyo-
miga etkazib aytishgan. Islom shoir Nazar o ‘g ‘lining bunday go‘zal ijro
etadigan dostoni sifatida “Orzigul”ni ko'rsatish mumkin. Bu dostonni
Islom shoir boshqacha bir mehr bilan kuylagan. Dostonda jahon ada-
biyoti tarixida asrlar bo‘yi adiblar asarlariga an’anaviy mavzu hisoblan-
gan otaning bexabar holda o ‘z farzandi, qiziga oshiq bo‘lish voqeasi
bayon etiladi. Orzigul sovchi yuborgan shoh o‘zining otasi ekanini bil-
gani zahoti boqib olgan otasi Emazar yordamida Xosxona mamlakatidan
bosh olib chiqib ketadi. Doston markazida inson ma’naviy dunyosi pok-
ligi, yo‘l qo‘yilgan har qanday xatoning jazosiz qolmasligi masalasi tura-
di. Qarama-qarshi ruhiy kechinmalar tasviriga boy bu dostonda baxshi
tinglovchi yodida saqlanib qoladigan bir qator obrazlar yarata olgan.
Ayniqsa, Orzigulning bog‘bon xonadonidan chiqib ketish lavhasida ichki
kechinmalar ifodasi e’tiborga loyiq:
Jasadimda jonim bo‘lgandi g ‘arib,
0 ‘lganim yaxshidir chetlarga borib,
205
Ushbu savdolarga jonimni berib,
Ketarman yurtimdan, otadan kechib.
Puxta bilgin, ota-ena, ketarman,
0 ‘zga eldan borib, makon tutarman.
Qaytib otam bilan birga turarman,
Quloq soling, Orzugulning zoriga,
Turgilik qilmadi ushbu shahriga
Qaytib101 ota lozim qizning bag‘riga?!102
Dostonda inson, ota, farzand, oila burch kabi falsafiy masalalar oddiy
xalq nuqtai nazaridan tahlil etiladi, salbiy xususiyatlar qoralanadi.
Islom shoir Nazar o ‘g ‘li 1953-yilda 79 yoshida vafot etdi. Uning ha-
yoti va ijodi atoqli folklorshunos olimlar Hodi Zarifov, Muzayyana Alaviya,
Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov tomonidan o ‘rganilgan. Islom shoir-
dan yozib olingan, nashr etilgan badiiy asarlar, uning ijodiga bag'ishlab
nashr qilingan kitoblar, maqolalar soni uch yuzdan ko‘p. Baxshidan
meros bo‘lib qolgan dostonlami xalqimiz hamon sevib o ‘qimoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |