524
•
joyning murakkab relefi (daryo ostonalari, tog‘ yonbag‘irlari, trassalarning
qoyali, muzli uchastkalari va h.k.);
•
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (instruktorlar, ekskursiyachilar va h.k.)ning
kasbiy tayyorgarligi darajasi;
•
ma’lum turga va murakkablik toifasiga mansub marshrut bo‘ylab
harakatlanishga turistlarni tayyorlash (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish,
jihozlash va
h.k.);
•
axborot bilan ta’minlash (gidrometeorologik prognozlar, turistik
marshrutlar trassalarini tamg‘alash) bilan bog‘liq.
Turistik korxona turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ
hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lishi va o‘z faoliyatida ularga amal qilishi lozim. Bu
unga turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ko‘pgina jiddiy muammolarni hal
qilish imkonini beradi.
Turistik mehmonxonalar, bazalar va kempinglarda yashash xavfsizligi
:
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini loyihalash va qurish chog‘ida
qurilish normalari va qoidalarining talablariga;
•
binolar, inshootlar va qurilmalardan texnik
foydalanish xavfsizligining
normativ hujjatlar bilan belgilangan talablariga rioya etish;
•
amaldagi normativlarga muvofiq texnik jihozlash;
•
turistlarning shaxsiy xavfsizligini va ularning mol-mulki asralishini
kafolatlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, turistlarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida,
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, transportda tashish va tayyorlash bo‘yicha
normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etilishi lozim.
Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha barcha turistlarning o‘rta hisobda 3% ga
yaqini oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida sayohatni davom ettirishdan voz
kechishga majbur bo‘ladi.
Ekskursiya, safarlar va sayohatlar vaqtida turistlarni transportda tashish
muayyan transport turlarida (avtomobil, temir yo‘l, havo, suv va boshqa transport
vositalarida) yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga
oshiriladi. Dunyo miqyosida transportda qayd etiladigan baxtsiz hodisalarning o‘ttiz
mingtadan ortig‘i chet ellik turistlar ob’ektdan ob’ektga
ketayotgan paytda sodir
bo‘ladi. Bunday hodisalar jumlasiga aviahalokatlar, temir yo‘l transportining
ag‘darilishi, avtohalokatlar (ular ayniqsa ko‘p uchraydi) kiradi.
Turistlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan turistik anjomlar amaldagi
normativ hujjatlarning talablariga javob berishi kerak. Eskirgan anjomlardan
foydalanish turistlarning shikastlanishiga, ba’zan hatto o‘limiga ham sabab bo‘ladi.
Har bir turistik korxonada favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, yong‘inlar va
h.k.) vaqtida xodimlarning harakatlari rejasi ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan
bo‘lishi shart. Mazkur rejalarda qutqarish ishlarida qatnashuvchi mahalliy
boshqaruv organlari bilan o‘zaro aloqa tartibi nazarda tutiladi. Turistik korxona
rahbari favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilishga xodimlarning tayyorligi
uchun javobgar bo‘ladi. Shu bois turistik firma Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha
vazirlik bo‘limlari, qutqarish va tibbiyot xizmatlari, huquqiy targ‘ibot
organlari
bilan muntazam aloqa qilib turishi kerak.
Bundan tashqari, turistik korxonalar har bir muayyan xizmatning xavf-xatarli
jihatlari va ularning oldini olish choralari bilan turistlarni tanishtirishlari shart.
Turistlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun zarur axborot ularga oldindan,
525
dam olish boshlangunga qadar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida berilishi lozim.
Turistik trassadagi tabiiy qiyinchiliklarni, turistning zarur jismoniy tayyorgarligi
darajasini, shaxsiy anjomlarning xususiyatlarini tavsiflovchi ma’lumotlar reklama-
axborot materiallarida hamda turistik yo‘llanmaga ilova qilingan axborot
varag‘ining matnida ifodalangan bo‘lishi kerak.
Turistik xizmatlarga qo‘yilgan talablarning bajarilishi
ustidan nazorat davlat
boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amaldagi normativ
hujjatlarga muvofiq, ko‘pincha turli usullardan foydalanish, xususan:
•
vizual nazorat usulidan foydalanish (ob’ektni – uning intereri, uskunalari,
anjomlari va shu kabilarni ko‘zdan kechirish) orqali;
•
analitik nazorat usulidan foydalanish (hujjatlarni – brakeraj daftarlari,
xodimlarning sanitariya daftarchalari va boshqa hujjatlarni tahlildan
o‘tkazish) orqali;
•
tibbiy nazorat usulidan foydalanish (xodimlarni tibbik ko‘rikdan o‘tkazish,
sanitariya-epidemiologiya analizlari o‘tkazish) orqali;
•
instrumental nazorat usulidan foydalanish (suvning, havoning sifatini
aniqlash, uskunalarning texnik holati va ish rejimini tekshirish) orqali;
•
sotsiologik nazorat usulidan foydalanish (turistlar va xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish) orqali amalga oshiriladi.
Nazorat
mavsum boshida, turistik korxona va trassaning foydalanishga
tayyorligini tekshirish chog‘ida, shuningdek joriy tekshiruvlar jarayonida amalga
oshiriladi. Turistlar xavfsizligini ta’minlashning joriy tekshiruvlari binolar,
inshootlar, transport vositalari,
uskunalar, asbob-anjomlarni texnik ko‘rikdan
(sinovdan) o‘tkazish, ovqat tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va
transportda tashish shart-sharoitlari va muddatlarini tekshirish, safarga chiqishga
turistlarning tayyorligini tekshirish rejalari va grafiklariga muvofiq o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: