O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Nazorat savollari: 
1. 
Sug‘orish tarmoqlarida suv sarfi qanday aniqlanadi? 


112 
2. Suv sarflarini hisoblash usullari qanday aniqlanadi? 
3. Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligini oldi qanday olinadi? 
 
6.4. Zax qochirish tarmoqlari. 
6.4.1. Zax qochirish tarmoqlari, yotiq yopiq, yotiq ochiq, tik va qurama 
zovurlarda suv sarflarini aniqlash, ularning maydon birligini hisoblash. 
Qishloq xo„jaligi erlarini drenajlash–qishloq xo„jaligi melioratsiyasining
muhandislik usuli; ekinlarning normal rivojlanishiga xalaqit beradigan ortiqcha
tuproq-grunt suvlarini va euvda eruvchan zaharli tuzlarni tuproq
qatlamlaridan chiqarib tashlash uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari
tizimi.
Grunt suvlari to„planib qoladigan yoki uning oqib ketishi qiyin bo„lgan 
joylarda sho„rlanish va botqoqlanishga uchragan tuproklarda drenajlar barpo
qilinadi. Bunday erlarda drenajlarni qurish gurunt suvlarining oqib ketishini va 
tuproq qatlamining tadrijiy sho„rsizlanishini, yuza grunt suvlari sathini 
pasaytirishni ta‟minlovchi meliorativ kompleksning asosi hisoblanadi. 
SHo„rlangan qurg„oqchil hududlarda gidrotexnik drenaj grunt suvlari sathini 
sho„r yuvishni o„tkazishga imkon beradigan chuqurlikkacha pasaytirish;
drenajlanadigan tuproq-grunt qatlamidan sho„r yuvishda suvda eriydigan zaharli 
tuzlarni chiqarib tashlash; chuchuklashtirilgan grunt suvlari sathini o„simlik ildizi
tarqaladigan tuproq qatlamini sho„rlanishga olib kelmaydigan darajada saqlash 
kabilarni ta‟minlaydi.
Sug„oriladigan dehqonchilik mintaqalarida gorizontal drenaj, vertikal
drenaj va kombinatsiyalangan drenaj tiplari qo„llaniladi. Drenajning turli tiplari 
hududning geologik, litologik va xo„jalik sharoitlariga qarab qo„llaniladi (3.3-
rasm). 


113 
(a) 
(c) 
(i) 
(b) 
(d) 
(f) 
6.4.1.1-rasm. Drenaj turlari: a, b -ochiq-yotiq zovurlar; c, d-yopiq-yotiq 
zovurlar; i, f -tik quduqlar.
Ularning konkret sharoitdagi samaradorligi gruntlarning suv-fizik
xossalari 
va 
drenajlanadigan 
ob‟ektning gidrogeologik-meliorativ 
xususiyatlari(grunt suvlarining bosimi, ularning oziqlanish sharoitlari) bilan 
belgilanadi.
Drenaj quvurlari
gorizontal yopiq drenajning suv yig„ish va uni oqizib
yuborish vazifalarini bajaruvchi qismi bo„lib, ular sopol, asbestsement, beton,
temir-beton, plastmassa, g„ovak materiallar (plastobeton, keramzit shisha) va 
boshqalardan yasaladi.
Sopol drenaj quvurlari keng tarqalgan, uning devori bir xil g„ovakli, 
zanglamaydi va uzoq muddatga chidaydi (tajriba uchastkalarida ular 40 yildan 
ortiq xizmat qiladi). Hozirgi sharoitlarda qishloq xo„jaligi erlaridagi drenaj 
shoxobchalarini to„la mexanizatsiyalashga imkon beradigan va texnologik
jarayonning uzluksizligini ta‟minlaydigan egiluvchan gofrirlangan (qovurg„ali)
plastmassa quvurlar keng qo„llanilmoqda. O„zbekistonda erning meliorativ
holatiga qarab diametri 100–300 (sopol), 160–410, 100–250 (plastmassa), 500 


114 
(temir-beton), 125–600 (kanalizatsiya sopol quvurlari) mm li drenaj quvurlari 
ishlatiladi.
Drenaj quvurlarini yotqizish mexanizatsiyalashgan(quvuryotqizgichlar 
yordamida) va yarim mexanizatsiyalashgan (transheyalar draglayn ekskavatorlari
bilan kovlanadi, quvurlar qo„lda yotqiziladi) usullarda bajariladi. 
Gorizontal drenaj
– zax qochiruvchi drenaj turi; ortiqcha tuproq-grunt 
suvlarini yig„ish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib
yuborish uchun qurilgan ochiq kanal(zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) 
ko„rinishida erga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy drenalar(tartibga 
soluvchi qism), suv qabul qilgichlar gorizontal drenajning asosiy qismlaridir.
Gidrostatik bosim farqi ta‟sirida suvning drenalarga sizilib chiqishi 
hisobiga er osti suvlari sathi tartibga solinadi. Sizib chiqqan suv drenadan o„zi oqib 
ketadi. O„zbekistonda gorizontal drenaj eng ko„p tarqalgan bo„lib,
melioratsiyalanadigan(zaxi qochiriladigan) erlarning 85% dan ko„prog„iga
xizmat ko„rsatadi. 
Gorizontal drenaj tuzilishi bo„yicha ochiq yoki yopiq; ishlash usuliga 
ko„ra zaxi qochiriladigan maydonda bir tekis joylashtirilgan muntazam hamda
muayyan joylardagina (siyrak) joylashtirilgan ochiq yoki yopiq zovur va
kollektorlar; xizmat muddati bo„yicha doimiy(meliorativ tizimning butun ishlash 
davrida aeratsiya zonasidagi tuproq-gruntning zarur suv-tuz tartibotini ta‟minlaydi) 
va muvaqqat(doimiy drenaj ishlab turgan bo„lsada, sho„r bosgan va o„ta sho„rxok 
erlarda faqat joriy sho„r yuvish davrida sho„rsizlantirish jarayonini tezlatish uchun
quriladi) turlarga bo„linadi. Muayyan tuproq-gidrogeologik sharoitlarda
gorizontal drenajning zax tortish quvvatini kuchaytirish maqsadida ularga
kuchaytirgich – burg„i qudug„i ulanadi. 
Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kamchiliklari(drenajlar va zovurlar texnik 
holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, sho„r 
yuvishda suvning ko„p sarflanishi va b.) tufayli ularni kamroq qo„llash yo„lidan 
borilmoqda.


115 
O„zbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari dastlab Mirzacho„ldagi tajriba
melioratsiya stansiyasida qurilgan. Ko„pgina afzalliklar(uzoq foydalanish, tez
va qisqa fursatda sug„orishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.) ga ega 
bo„lgani uchun bunday drenajlar keyinchalik qo„riq erlarni o„zlashtirishda keng
joriy etildi. Hozirda yopiq drenajlarning yangi vakuumli, elektr osmotik, qo„sh 
qavatli turlari ishlab chiqilgan(ular turli chuqurliklarga yotqiziladigan va texnika 
vositalari bilan jihozlangan drenajlar majmuidan iborat). Avtomatik vositalardan 
foydalanib, boshqariladigan drenaj tarmoqlari barpo qilinmoqda.

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish