Book · February 022 citations reads 5,337 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/149
Sana18.07.2022
Hajmi5,24 Mb.
#823640
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
Bog'liq
1.14-

matematika, kimyo-biologiya, geologiya
kabi yo‘nalishlarda 
fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar 
yaratib berilishi, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun 
maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini, tubdan qayta ko‘rib chiqish 
kerakligi qayd qilindi. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohining nufuzli 
chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. 
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar 
Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma 
chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va 
ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol 
jalb etishga, shuningdek iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim 
olishi, etakchi xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga 
ko‘maklashadi.. 2018-yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod 
38
Илм-фан – мамлакат тараққиѐтининг муҳим омилларидан бири. 
http://med. uz/ses/khorazm/uz/news/detail.php?ID=35778
39
Холикулова Ҳ,Ю, Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий, маънавий-
маданий тараққиѐти. (Ўқув қўлланма). Жиззах, 2020. 158-бет. 


142 
olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun 
yuborildi. 2018-yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining 
milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi.
Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent 
viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta 
oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus 
ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish 
imkoniyati yaratildi.
Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad 
Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur 
o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar 
amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks 
rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018-yilda yurtimizda xalqaro talablarga javob 
beradigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar qilindi. 2018 
yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, 
Samarqandda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat 
avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti»ning 
Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon 
universiteti filiali, Hindistonning «Amith» universiteti filiali va bir qancha xususiy 
oliy ta’lim muassasalari faoliyat boshladi.
2018- yil 18–19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «Yangi iqtisodiyot uchun 
yangi kadrlar» mavzusida O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazildi. Unda 
Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 dan ortiq rektori ishtirok 
etishdi. Ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan ta’lim va ilmiy 
faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, 
O‘zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta 
fakultet ochilishi, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. Har bir 
kelishuv bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan. O‘zMU, BDU, FarDU, O‘z FA 
va boshqa O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy 
ta’lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi. «Vernadskiy – Ulug‘bek» loyihasi 
bo‘yicha qo‘shma ilmiy maktablar yaratildi. Vernadskiy universiteti ilmiy-ma’rifiy 
konsorsiumlari bilan 2019–2021-yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik 
dasturi imzolandi. Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi «Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimidagi mavjud 
muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan 
ahamiyatlidir. 
Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim 
muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar 
filiallari 7 taga etdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va 
qotishmalar 
institutining, 
Toshkent 
shahrida 
esa 
AQSHning 
Vebster 
universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini 


143 
ta’kidlash lozim. Xozirgi kunga kelib, O‘zbekistonda 95 ta mahalliy va 21 ta 
xorijiy –jami 116 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda.
2020- yilda qabul parametrlari 2017- yilga nisbatan 2,5 barobarga oshdi, 
jumladan, ishlab chiqarish-texnik soxasida 73%, sog‘liqni saqlash sohasida 77%, 
pedagogika sohasida 89%, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida 52% ga oshirildi. 
Natijada, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2017-yildagi 9 foizdan 
25 foizga yetkazildi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilishda shaffof, 
ochiq tizim joriy etildi. 
Magistraturada qabul ko‘rsatkichlari tabiiy va muhandis-texnik, 
shuningdek, matematika sohalari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq davlat granti
asosida belgilandi hamda qabul parametrlari 2 barobarga oshirildi. 
Respublika oliy ta’lim muassasalarida 22 ta xorijiy davlatlar (AQSH,
Germaniya, Rossiya, Belarus, Gollandiya, Isroil, Italiya, Finlyandiya, Fransiya, 
Chexiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va b.) ning 1 etakchi oliy 
ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 83 ta 
ta’lim yo‘nalishlari va 64 ta mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga 
qo‘yildi.
Respublikamizda 2020-2021- o‘quv yilidan boshlab 725 ta mutlaqo yangi
professional ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi yillarda 
respublikamizda 52 ta yangi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, 18 ta xorijiy oliy 
ta’lim muassasalarining filiallari, 9 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati 
yo‘lga qo‘yilib, oliy ta’lim muassasalari soni 129 taga etdi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash soxasini yanada kengaytirish 
maqsadida yangi 117 ta ta’lim yo‘nalishlari hamda 133 ta mutaxassisliklar 
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy 
etildi. 
Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va 
ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar tashkil qilindi. Qolaversa, 
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, O‘zbekiston jurnalistikasi va 
ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. Ushbu sa’yi harakatlar oliy 
ta’lim qamrovini kengaytirishda, oliy ma’lumotlilar sonini oshirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Ushbu yo‘nalishda shuningdek 2019-yildan boshlab ilk bor abiturientlarning 
bir yo‘la 3 ta OTM ga, 2020- yildan boshlab 5 ta OTM ga hujjat topshirish tizimi
joriy qilindi, 2018 hamda 2019-yillarda o‘tkazilgan qabul jarayonlari shaffof, 
adolatli tarzda tashkil qilindi, natijada haqiqiy bilimi bo‘la turib, bir necha yillar 
o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga keng imkoniyatlar yaratdi. Sohada mavjud 
bo‘lgan korrupsiya tizimiga barham berildi. 
Ammo bu borada oldimizda ulkan vazifalar turganligini barchamiz chin 
yurakdan his qilmog‘imiz lozim. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-yanvarda 
Oliy Majlsiga Murojaatnomasida qayd etilganidek, oliy ta’lim muassasalari qabul 
kvotasi qamrovini umumta’lim maktablari bitiruvchilariga nisbatan 25 foizga va 
2021-yilda 50, 60 % ga yetkazildi. Vaholanki, ushbu ko‘rsatkich Rossiyada 74 
foiz, Koreya Respublikasida 96 foizdir.


144 
Kelgusida qizlar uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar 
Qo‘mitasiga ushbu grantlar acosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash 
mezonlari ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi, bu bajarildi. Prezident alohida 
urg‘u bergan masala bu, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini 
optimallashtirish, o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv 
yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishdir. Shuningdek, «...ona tili 
bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan 
vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, o‘qishga kirayotgan paytda ona 
tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Oliy ta’lim 
standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va 
o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan 
fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi», dedi Prezident o‘z Murojaatnomasida. 
Sohaning strategik yo‘nalishi sifatida 2020-yildan boshlab pedagogik 
ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi, 10 ta 
oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tdi. Ilm fan 
grantlari kelgusida 2 barobar ko‘paytirilib, poytaxt Toshkent shahrida va viloyat 
markazlarida zamonaviy infratuzilmaga ega «AIT Park» lar barpo etilayotgani 
ijobiy holatdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun «Raqamli O‘zbekiston -
30» dasturi ishlab chiqilishi belgilandi. 
Shuningdek geologiya sohasining ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqa 
vazifalari bilan uzviy bog‘lagan holda, yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi 
oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-iyundagi qaroriga 
muvofiq Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida»gi Farmonida mamlakatimizdagi kamida 10 ta oliy ta’lim
muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World
University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of 
World Universities) reytingining birinchi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari 
ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat 
universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish 
vazifasi belgilab berildi. 
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Quacquarelli Symonds (QS) hamda Times Higher Eduducation (THE) reyting
agentliklari bilan respublika oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytinglarga 
kirishga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, ular bilan doimiy 
maslahatlar, tahliliy seminarlar, har bir oliy ta’lim muassasasiga metodik yordam, 
ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. 
Bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning
«Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan - 2020» milliy rivojlanish
dasturini amalga oshirmoqda. Dasturning maqsadi professor-o‘qituvchilarning
ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari,
zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga 
kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. 


145 
Yuqoridagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Quacquarelli Symonds (QS) agentligining Sharqiy Yevropa va Markaziy
Osiyo universitetlari 2019- yilgi reytingida qayd etildi. Shuningdek, jahon
universitetlarining Times Higher Education -Impact Rankings - 2020
reytingida respublika oliy ta’lim muassasalaridan uchtasi: Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent
tibbiyot akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti ilk marotaba qayd etildi. 
2020-yil 16-dekabr kuni dunyo universitetlari reytingini belgilovchi 
Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentligi 2021-yil uchun Rivojlanuvchi
Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari reytingini e’lon qildi. Unda 
O‘zbekistonning bir yo‘la 4 ta oliy ta’lim muassasasi: Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston Milliy 
universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti 
qayd etildi. 
2021-yil Toshkent davlat yuridik universiteti TOP-500 ta universitetlari
ro‘yxatiga kirdi. Ushbu reytingda TDYUU dunyoning 94 mintaqa va davlatlaridan 
qatnashgan minglab universitetlar orasida 401 o‘rinni egalladi. 
Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim 
to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlaktimizda 
mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va undagi ayrim 
kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etgan holda bu tizimda o‘zgarishlar 
amalga oshirilmoqda. Oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda.
2017-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining «Ozbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 
Farmoni imzolandi. 
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda 
o‘tkazilgan edi. Shundan buyon bu masala e’tibordan chetda qolib kelgani, mazkur 
Farmonning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib turibdi. O‘tgan yillar mobaynida 
akademiklarning soni ikki martadan ko‘proq qisqardi va 2017-yil dekabr oyiga 
kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. Davlatimiz 
rahbarining topshiriqlari ijrosi doirasida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqot 
faoliyatining normativ-huquqiy bazasi va moliyalashtirish mexanizmlarini yanada 
takomillashtirish, moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini 
oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga 
oshirilmoqda. Bu jarayonda Fanlar akademiyasi alohida o‘rin tutadi. 9 ta ilmiy-
tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy 
tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishi bo‘yicha 3 
ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Farmonga muvofiq, 
akademiyaning Hay’ati va faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolari tavsiyasiga 
ko‘ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zosi tasdiqlandi. 
Akademiklar qatoridan fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq 
xo‘jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari 


146 
hamda san’atshunoslik sohalarida ko‘zga ko‘ringan, muhim mezonlar bo‘yicha 
ko‘p bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan olimlar o‘rin oldi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish