Book · February 022 citations reads 5,337 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 Bozor infratuzilmasining shakllanishi qishloq xo‘jaligidagi islohotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/149
Sana18.07.2022
Hajmi5,24 Mb.
#823640
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
1.14-

2. Bozor infratuzilmasining shakllanishi qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, 
sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi 
 
Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning 
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990-yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 
ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni 
respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum 
davrida yuritilgan bir yoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga 
O‘zbekistondan asosan paxta xomashyosini yetkazib berish talab qilinardi. Biroq, 
bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta 
tahdid solar edi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida 
mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo, oziq-ovqat, xususan, un 
mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Chunki, mustabid tuzum davrida 
O‘zbekiston iqtisodiyotini paxta xomashyosini yetishtirishga ixtisoslashtirish shu 
darajaga yetgan ediki, buning oqibatida 5-6 millionlab gektar dehqonchilik uchun 
mo‘ljallangan yeri bor mamlakat aholining donga bo‘lgan ehtiyojining atigi 18 
foizini qondira olar, qolgan 82 foizini qo‘shni respublikalardan sotib olishga 
majbur edi. Bu esa nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki oddiy oqilona 
xo‘jalik yuritish nuqtayi nazaridan ham mantiqqa zid kelardi. 


79 
Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, 
ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka 
erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 
foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta 
yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish 
chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar 
qisqartirildi. 
Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada 
yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991-yilda 4003 ming tonna 
miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, 
mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar 
qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga 
erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagi 1899 ming tonnadan 2010- 
yilda 6952 ming tonnaga, 2014- yilda esa 8050 ming tonnaga yetdi, ya’ni 4,2 
barobar o‘sdi. 
2015-yilda ham g‘alla yetishtirishda katta natijalarga erishilganligi 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 
2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: «Mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-
havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va 
omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil yetishtirildi – 7 million 500 ming 
tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo 
etildi. 
O‘zbekiston ulkan qishloq xo‘jalik resurslariga ega mamlakat, uning 
asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan yana biri paxta hisoblanadi. 2011 yillarda 
butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi yetishtirgan
bo‘lsa, birgina O‘zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi 
yetishtirgan
9
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-
4087-son «Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish
texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga
oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining - «Ingichka tolali paxta yetishtirishni
samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish
mexanizmini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi
vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab
chiqarish markazi ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi,
urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarini va ingichka tolali paxta
xomashyosini tozalash uskunalarini takomillashtirish bo‘yicha davlat ilmiy
9
Холикулова Ҳ.Ю
.
Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиѐсий, маънавий-маданий тараққиѐти. 
(Ўқув қўлланма). -Жиззах, 2020 йил. 75-бет. 


80 
dasturlari grant loyihalarini ishlab chiqishga hamda paxtachilikni
rivojlantirishning yangi innovatsion ilmiy yechimini topishga alohida ahamiyat 
qaratilmoqda.
10
Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo‘yicha ham salmoqli 
o‘ringa ega. 2012-yilda O‘zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva 
sabzavot yetishtirilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 1,5-2 milliard dollar miqdorida
meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinmoqda. Lekin ushbu sohada yiliga
10-15 milliard dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud. Mahsulot
tayyorlash va eksport qilishda- «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyati, birjalar,
agrofirmalar va ulgurji kompaniyalar katta rol o‘ynamoqda. 
2005-yilda Respublikada pilla yetishtirish hajmi 60 ming tonnani, 2010-
yilda 70 ming tonnani tashkil qilgan. 2019-yil 3-iyul kuni Pillachilik
tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilinishi pillachilikni 
rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Ushbu qarorga ko‘ra 2022-yil 1- avgustgacha pillachilik korxonalariga 8 
turdagi mahsulotlarni AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport
qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 foizgacha
miqdorini davlat byudjetidan kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish, lizing 
asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish, mineral o‘g‘itlar va boshqa
material resurslarini etkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda
tutilgan shartlar va tartibni pillachilik korxonalariga ham tadbiq etish, 2020 yil
1 yanvardan tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlaganlik yoki yo‘q
qilganlik uchun undirilgan jarimaning 50 foizi huquqbuzarlik sodir bo‘lgan
hududda yangi tut ko‘chatlari ekish uchun yo‘naltirish masalalari nazarda 
tutilgan.
11
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev 6-sentyabr kuni 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ushbu yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, 
ulardan foydalanishni takomillashtirish muhimligi qayd etildi. Shundan kelib
chiqib, «Davyergeodezkadastr» qo‘mitasiga 2021-yil oxiriga qadar 
respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer
hisobini yuritish bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish, sohaning eksport 
salohiyatini oshirish va qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish
10
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 27.12.2018 йил ПҚ-4087-сон 
«
Пахта хомашёсини
етиштиришда томчилатиб суғориш технологияларидан кенг фойдаланиш учун қулай шарт-шароитлар
яратишга оид кечиктириб бўлмайдиган чора-тадбирлар тўғрисида
»
ги Қарори.www.lex.uz. 
11
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 31 июлдаги “Пиллачилик тармоғида чуқур
қайта ишлашни ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори. www.lex.uz 
12. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 6 сентябрдаги 2020-2030 йилларда
қишлоқ хўжалигини ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган йиғилишдаги маърузаси.
http://uza.uz/oz/politics/ishlo-kh-zhaligidagi-islo-otlarning-yangi-bos-ichi-belgiland-06-09-2019 


81 
hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon 
tajribasi tahlil qilindi.
12
Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza-
qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika 
sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni 
mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabi tarmoqlarning 
hissasi ortib bordi. Natijada, 1995-yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi 
pasayib borgan bo‘lsa, 1996-yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil 
o‘sib bormoqda (4-rasm). 
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik 
hajmi 2000- yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010-yilda 3 barobar, 
2015- yilda esa 4.4 barobar o‘sdi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft 
konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni 
qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari 
qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asosiy e’tibor barqaror o‘sish 
sur’atlarini ta’minlashga qaratildi. Bu borada dastlabki palladanoq mamlakatimiz 
o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirishi natijasida, MDHning boshqa ko‘plab 
mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining 
keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishdi.
1991-1995-yillarda 
YAIMning 
pasayishi 
Qozog‘istonda 
75,4, 
Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga 
nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa (1991-1995 yillar davomida o‘rtacha pasayish 
18,8% ni tashkil etgan), ilk marta 1996-yilda 1,7% o‘sishga erishildi. O‘tgan 2014- 
yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim 
chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy 
sohalarda mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va 
diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Jumladan, yalpi ichki 
mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizni tashkil etdi. 
O‘zbekistonda qabul qilingan, «o‘zbek modeli» deb nom olgan, ijtimoiy 
yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli 
etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini 
bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni 
bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga 
asoslangan o‘ziga xos yo‘li – bularning barchasi, ayniqsa 2008-yilda boshlangan 
va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‘zining 
nechog‘liq to‘g‘ri va hayotiy ekanini isbotladi. O‘zbekistonda 2008-2015-yillar 
davomida 8 foizdan kam bo’lmagan o‘sish sur’atlariga erishib kelinmoqda. 


82 
Iqtisodiyotimiz 
va 
jamiyatimiz 
hayotida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining alohida va muhim o‘rin tutishini hisobga olib, 2013-yilda 
2013-2020- yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya 
tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida 
amalga oshirilayotgan loyihalar 2014-yilda mamlakatimizda barcha avtomat 
telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazishni yakunlash uchun zamin yaratdi. 
Bu esa xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada 
oshirish imkonini berdi.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib 
bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki 
mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etmoqda. Respublikamizda 
internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirildi, internetga ulanish tezligi 
esa 1,5 marta ortdi. Shu bilan birga, undan foydalanish narxi 2013-yilga nisbatan 
11,6 foizga kamaydi.
O‘tgan yili 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‘rnatilishi 
hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi 
abonentlari soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi, ularga ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko‘paydi.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida ko‘p 
bo‘g‘inli infratuzilmaning yaratilishi va yangi xizmat turlarining rivojlantirilishi 
zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006-yil 16 -
maydagi PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali 
moliyalashtirishni 
ta’minlash 
maqsadida 
tashkil 
qilingan 
O‘zbekiston 
Respublikasining «Tiklanish va taraqqiyot» jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 
markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‘lami yildan-yilga oshib 
bordi. 
Jamg‘arma o‘z faoliyati mobaynida 
Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishi, 
Xonjiza polimetall konini o‘zlashtirish loyihasi, 
Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» 
magistral gaz tarmog‘ining qurilishi, «Farg‘ona 
azot» va «Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik 
jamiyatlarida 
yirik 
ammiak 
agregatlarining 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500 
kVli «G‘uzor» kichik stansiyasi va «Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi 
qurilishi, Pomuq va Dengizko‘l konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo 
etilishi, Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, 
Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi, «O‘zbekiston havo 
yo‘llari» milliy aviakompaniyasining havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta 
«Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarini xarid qilish loyihalari, 
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metanni qayta ishlash bazasida 
suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish, Yangi 
«Angren» ko‘mir konini modernizatsiya qilish orqali Angren issiqlik elektr 
stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‘yi ko‘mir asosida ishlash 


83 
tizimiga o‘tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida bug‘-gaz 
moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‘l yo‘nalishida foydalanish 
uchun «Talgo - 250» yuqori tez yurar elektropoyezdlarini xarid qilish, Olmaliq 
tog‘-metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi ayrim 
loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirda bu loyihalarning ayrimlarini amalga 
oshirishda faol ishtirok etmoqda. 
«Tiklanish va taraqqiyot» jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa 
xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini 
birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng 
jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo 
taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, 
Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot 
banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari 
hisobidan chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi. 
So‘nggi yillarda qariyb 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari, xususan, 
O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan 1,5 ming kilometr 
uzunlikdagi yo‘l tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Temir yo‘l sohasida 342 kilometr uzunlikdagi yangi «Navoiy-Uchquduq-
Nukus-Sultonuvaystog» va 223 kilometrlik «Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on» 
tarmoqlari barpo etildi. 550 kilometrdan ziyod temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. 
Bugungi kunda 27 rusumdagi yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, 
minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab 
chiqarilmoqda. 
Mustaqillik yillarida aholining engil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 
marta oshgan. O‘zbekistonda har 2-oila yurtimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy 
avtomobilga ega. 
Avtomobilsozlik sanoati. 
Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining 
tashkil etilishi bilan O‘zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro 
tashkilotining 33-to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda 
avtomobilsozlik sanoati Asaka shahrida AQSHning «General Motors» 
kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent 
shahrida Germaniyaning «Daymler Bens» va Samarqand shahrida Yaponiyaning 
«Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda 
Samarqand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan 
yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi.
Bugun birgina avtomobilsozlik sohasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, 
mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka 
avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan 
bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari haqida gap ketganda birgina vodiyning 
Asaka shahri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm 
viloyatlari ham O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga 
olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport 
vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr 


84 
mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini 
ko‘rsatadi. 
1996-yil 19-iyul kuni Asakada «O‘zDaewooAvto» qo‘shma korxonasining 
ishga 
tushirishi 
bilan 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotida 
butunlay 
yangi 

avtomobilsozlik tarmog‘iga asos solindi. Mazkur tarixiy sanadan boshlab, to 
bugungi kunga qadar Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga 
javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jihatidan xorijiy avtoulovlar bilan 
raqobatlasha oladigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. 
2008-yil mart oyida O‘zbekiston avtomobil sanoati hayotida muhim voqea 
ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General 
Motors» kompaniyasi ta'sischiligida, yangi «GM Uzbekistan» korxonasi tashkil 
etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam 
avtomobil rusumlari hisobiga kengaya boshladi. «Chevrolet» brendi ostida 
«Captiva» rusumli avtomobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr 
oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveyeridan o‘zida ko‘rkam va keng interyerni 
mujassamlashtirgan millioninchi avtomobil - «Lacetti» avtomobili chiqdi. 
Qisqa davr ichida zavodda «General Motors» kompaniyasining yana ikki 
yangi global rusumi - «Spark» va «Kobalt» avtomobillarini ishlab chiqarish 
o‘zlashtirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 22-noyabrdagi 
«2013-2015- yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi 
to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013-yil 21-fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli 
yengil 
avtomobillarni 
ishlab 
chiqarishni 
tashkil 
qilish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda «GM Uzbekistan» 
aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyat filiali - «Xorazm avto» zavodi ishga 
tushirildi. 
2014-yilning
birinchi 
yarmida 
«Damas» 
va 
«Orlando» 
rusumli 
avtomobillarni yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona «Damas» 
va «Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, yurtimizdagi
kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan 
yilning oxirida «Labo» avtomobilini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. 
Natijada, 1996-yilda uchta rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bilan 
o‘z faoliyatini boshlagan zavodda bugun o‘n bitta rusumdagi yengil avtomobillar 
ishlab chiqarilmoqda. Ularning orasida yaqinda avtoishqibozlarga taqdim etilgan 
«Nexia» avtomobilining yangi avlodi mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga 
munosib sovg‘a bo‘ldi. Mazkur yangi avtomobil qulayligi, jihozlanishi, xavfsizligi 
bo‘yicha eng yuqori talablar darajasida ishlab chiqarilmoqda. Shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, ko‘p yillardan buyon yengil avtomobillarimiz aksariyat 
kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladigan reytinglarda ommabopligi bo‘yicha 
yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, «Matiz» avtomobili Rossiya 
bozorlarida ommabopligi va ko‘p sotilgani bilan «Yil avtomobili» degan nomni 
qo‘lga kiritib kelmoqda. 
Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini 
yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Bu 


85 
iqtisodiyotni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab 
chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish 
imkonini beradi. 
Agar zavod tashkil topgan 1995-1996- yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z-Dong 
Von», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar 
faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik 
kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish 
korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar 
«O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materiallarni 
yetkazib bermoqda. 
2011-yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda 
dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga 
qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida
tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 
132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi shundaki, 
«Yevro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab 
chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil zavodiga yetkazib berilishi 
bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. 
Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil 
sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi 
bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, 
kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir 
yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining alohida ahamiyatga ega ekani hech 
kimga sir emas. 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni «Avtomobil 
sanoatini 
2017-2021-yillarda 
yanada 
rivojlantirish 
va 
boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorni imzoladi. Qisqa davr 
ichida 
amalga 
oshirilgan 
ishlardan 
yana 
biri 
«O‘zavtosanoat» 
aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 
Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021- 
yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Dasturga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ 
2021-yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi. 
Ushbu dastur doirasida 800 mln. dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan 
birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga 
qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga 
oshadi. 
Prezident GM Uzbekistan AJ 
avtomobillariga 
aksiz 
solig‘i 
stavkasini 29 foizdan 27 foizga 
pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday 
pasayish 2017 yilning 1 iyuniga 
qadar 
imzolangan, 
avtomobil 
qiymatining 
kamida 
85 
foiziga 
to‘langan shartnomalar bo‘yicha 


86 
realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi. 
Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini «O‘zavtosanoat» AJ 
avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi. 
«O‘zavtosanoat» AJning ba’zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi. 
«O‘zavtosanoat» AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021-yillarda 
ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, 
shuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki 
akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan 
mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum 
tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi. 
Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi natijasida O‘zbekiston o‘z 
mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bugungi kunda 
quyidagi rusumli avtomobillar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda: 
1999-yil → «SamAuto» (Samarqand avtomobil zavodi); 
2007-yil → «GM Uzbekistan» AJ;
2009-yil → «MAN Auto Uzbekistan»; 
2011-yil → «GM Powertrain Uzbekistan» QK; 
2017-yil → «Uzbekistan Pejo Sitroen Automotive». 
1996-yil Andijon viloyati Asaka shahrida Markaziy Osiyo hududidagi 
birinchi avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shu yildan boshlab bir qancha 
rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi:
1996-yil –Damas, Tico, Nexia;
2001-yil – Matiz;
2002-yil – Nexia Donc;
2003-yil –Chevrolet Lasetti;
2004-yil – Matiz Best;
2006-yil – yangilangan Damas; 
2007-yil – Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma;
2008-yil – Nexia II;
2010-yil – Chevrolet Spark;
2012-yil – Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt; 
2013-yil – Lasetti II (Gentra);
2014-yil – Chevrolet Orlando.
2015-yil - «Malibu II», «Ravon» brendi ostida Nexia – 3 
2018-yil – Chevrolet Tracker 
2019-yil - Chevrolet — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox 
modellarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston elektrotexnika sohasi ishlab chiqarayotgan 
maishiy texnikaning 30% dan ortig‘i Rossiyaga eksport qilinmoqda. 
«O‘zeltexsanoat» ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar 
Rossiyaga asosan xolodilnik, televizor, turli kabellar va yuqori voltli mahsulotlar 
eksport qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlari bugungi kunda O‘rta 
Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda. Ushbu 
yilning birinchi choragida soha korxonalari qiymati salkam 26 mln. dollar bo‘lgan 
mahsulot eksport qilishdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 54% ga ko‘p. E’tibor bering: 


87 
sobiq tuzumda yuqoridagi mahsulotlarning barchasi bizga chetdan olib kelingan 
bo‘lsa, bugun esa bu mahsulotlar bizdan chetga eksport qilinmoqda. 
2016-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon 
yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari 
surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan «Harakatlar 
strategiyasi»da belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 22-dekabr 2017-yil Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga
to‘xtalib o‘tdilar: 
2017-yilda iqtisodiyot 
sohasida zamon 
talablariga 
javob 
beradigan, 
yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida 
birinchi qadamlarni qo‘ydik.
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada 
erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qator qonunlar, farmon va 
qarorlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga 
oshirilmoqda.
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. 
Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz 
qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr 
energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr 
stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy 
oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom 
etmoqda.
Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan «Yoshlik – 
1», «Yoshlik – 2» konlarini o‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona 
va To‘palang suv omborlarini qurish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu 
yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim 
voqea bo‘ladi.
Farg‘ona – Marg‘ilon yo‘nalishidagi temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtirildi.
Yana bir yirik obyekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga 
tushirilishi 
hisobidan 
2018 
yilda 
qo‘shimcha ravishda 4 milliard 100 
million kub metr tabiiy gazni qayta 
ishlash, 
67 
ming 
tonnadan 
ziyod 
kondensat, 106 ming tonnadan ortiq 
oltingugurt ishlab 
chiqarish imkoni 
yaratiladi.
O‘zbekiston 
iqtisodiyotining 
lokomotivlaridan biri bo‘lgan Muborak 
gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili 
qo‘shimcha ravishda 6 milliard kub metr 
tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan 
bloklar to‘liq faoliyat boshlaydi. Shular qatorida «O‘zagrotex-sanoatxolding» 


88 
aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko‘proq zamonaviy traktorlar, 
mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal 
rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. «2017-
2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yonalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq, shuningdek, ilg‘or xorijiy 
tajriba, zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida 
elektr energetika tarmog‘ida davlat boshqaruvining tashkiliy huquqiy asoslarini 
tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 23-oktyabrdagi «Elektr energetikasi tarmogini jadal rivojlantirish va 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda 
sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishga muayyan darajada xizmat qilmoqda. 
Hozirgi kunda respublika energetika tizimi 37 issiqlik va gidro-
elektrostansiyalardan iborat bo‘lib, ularning umumiy quvvati 11 million kilovattni 
tashkil etadi. U yiliga 55 milliard kilovatt soatgacha energiya ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega.
Yirik issiqlik elektrostansiyalar, jumladan, quvvati 3 million kilovatt soat 
Sirdaryo GRESi, quvvati 2,1 million kilovatt Yangi Angren, quvvati 1,86 million 
kilovatt 
Toshkent, 
quvvati 
1,25 
million 
kilovatt 
Navoiy 
GRESlari 
respublikamizning asosiy Elektroenergetika manbayi hisoblanadi.
Issiqlik elektrostansiyalaridan tashqari, nisbatan arzon va ekologik toza 
Elektr energiyasini yetkazib beruvchi gidroelektrostansiyalar, jumladan, Chorvoq, 
Xo‘jakent, Farg‘ona, G‘azalkent va boshqa bir qancha elektrostansiyalar ishlab 
turibdi. 
O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi 
ulushi 40 foizni tashkil etadi. Respublikamiz elektr tarmoqlari orqali elektr 
energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga uzatilmoqda. 
O‘zbekistonning jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy 
aloqalari kengayib mustahkamlanib bormoqda. Dastlabki davrda jahonning 35 
mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilganligi va bir 
qancha jahon banklari bilan shartnomaning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro 
savdo va xorijiy investitsiyalardan unumli foydalanish uchun shart-sharoitlarni 
yaxshiladi. 
«Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017- yilda 
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 
foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga 
etdi». 
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va 
jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va 
erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari 
hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard 
dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil 
davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi.


89 
Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi 
faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish 
imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil 
etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yil davomida biz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini tashkil 
etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2017-yilda yangi sanoat 
korxonalarini qurish, xizmat ko’rsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish 
o‘rinlari tashkil etildi.
O‘z-o‘zidan ayonki, biz aholi bandligini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor 
vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham 
alohida ahamiyat berishimiz zarur.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish