O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI
SHAKLLANTIRISH USHULLARI
Boltayev Ozod JDPI o'qituvchisi
Annotatsiya.
Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy
vazifalardan biri bu tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib
berishdan iborat. Bu muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri
o’sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs
qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang’ich
sinflarda o’rganiladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan
chanbarchas bog’liqdir.
Annotation.
One of the most important tasks facing humanity today is to
pass on these natural resources to the next generation in a natural state. One of the
most effective ways to solve this problem is to educate the younger generation to
love nature and be ecologically cultured. The solution of these problems is directly
related to the natural sciences and the world around us, which are studied in the
primary grades.
Kalit so’zlar.
Ekalogiya, ekalogik madaniyat, tabiat, ekolgik ma’sulyat,
tabiiy resrus, tabiiy muhit, tabiat omillari, ekologik madaniyatli shaxs, ekologik
tarbiya omillari, tabiatshunoslik, artofimizdagi olam.
Keywords.
Ecology, ecological culture, nature, ecological responsibility,
natural resources, natural environment, natural factors, ecologically cultured
person, ecological upbringing factors, natural sciences, the world around us.
Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdan 100 shartli birlikda xomashyo oladi, lekin
olingan xomashyoning 3-4 qismidan foydalanadi xolos, qolgani esa ifloslangan
modda va chiqindilar ko’rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya
jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga o’rtacha 30
tonna modda tabiatdan olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5% istemol qilinadigan
mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun ham xavfli
bo’lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib keldiki, birinchidan
biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferada
materiya va energiyaning yangi ko’rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy
ko'rinishda bo'lmaydi, uchinchidan tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi
yo'nalishdagi harakterga ega bo’lib bormoqda. Jamiyatning tabiat bilan
munosabatlaridagi uyg’unlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi
muammolarni qo'yaversa, bora-bora insonlarning ham tabiatda yashashi
qiyinlashib boraveradi. Hozir atrof muhitga salbiy ta'sir o'tkazishning asosiy
yo'nalishlari - bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori
suratlarda
o'sishi,
moddiy iste'molning
yuqori
darajadaligi
deb
xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir
guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda
amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo’lgan genetik
kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari
bo'lmagan kimyoviy moddalar massasini ko’payishidan avj oladigan zaharlanish
allergik kasalliklari shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining
sog'lig'ini va umuman insoniyat rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol
o'ynadi. Bu esa unga to’g’ri va oqilona munosabatda bo’lishni qat’iy talab
qiladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng
katta muammolardan biri bu tabiatni tabiiy holda saqlab qolishdir. Fan-texnika
taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyalarining nomukammalligi,
insonlarning tabiatga nisbatan iste’molchilik ehtiyojining ortishi - bularning
barchasi jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining
bosh sababidir. Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish kuchi shu darajaga borib
yetdiki, natijada ular o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikka putur yetib, tabiiy
muvozanatning buzilishiga olib keldi. Bu vazifani hal qilishdagi eng asosiy
omillardan biri bu o'sib kelayotgan yosh avlodni ekalogik madaniyatli va
ma`sulyatli qilib tarbiyalashdir.
O`quvchilarda ekologik ma`suliyat va madaniyatni shakillantirib borish
jamiatda xuddi shu masalalarni yuqori darajada amalga oshirishga bog`liqdir.
O`quvchilarning ekologik tarbiyasi va tabiatdan oqilona foydalana olish
to`g`risidagi bilim darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, tabiat qonunlarini yaxshi bilsa,
ana shundagina tabiatdan foydalanaolish madaniyati va ma’suliyati ham shu qadar
yuqori bo’ladi. Bunday ishlarni amalga oshirish va bunga erishishda ko’proq
ma'sulyat pedagog o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Biz pedagoglar o'tilayotgan
darslarimizda o’quvchilar ongida tabiat, tabiat mavjudodlari, inson va tabiat
aloqasi, qolaversa ekologiya va uning maqsad vazifalari haqida tushunchalarni
shakilantirib borishimiz lozim.
Ekologik tarbiyaning maqsadi inson va tabiat, inson va atrof muhit o’zaro
uyg’unligikda ekologiyani anglatish va o’quvchilarda ekologik ma’suliyat va
ma’naviyatni shakllantirish demakdir. Bu tabiatga ilmiy asoslangan ta’sir orqali
namayon bo’ladi
.
Buni amalga oshirish esa o’qituvchilar oldiga qo’yilgan katta
masalalardan biri bo’lib maktab va xalq ta’limining barcha tizimi, yosh avlodni
tarbiyalash an’anasiga bizdan, tabiat inomidan to’liq foydalanish kerak “Biz
tabiatdan hayr-ehson kutib o’tirmaymiz, uni o’zimizga bo’ysindirmaymiz” degan
g’oyalardan voz kechishni, tabiatni himoya qilish va tabiat inomlaridan avaylab
unga ziyon yetkazmasdan foydalanishni taqoza etadi. Shunday ekan maktab
sharoitida ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda
mustaqil O’zbekiston Respublikasining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda yondoshish lozim.
Ekalogik tarbiyali yoshlarni shakillantirishda o’quvchilar ongiga tasir
etuvchi samarali usullardan tabiatga bog’lagan holda foydalanish lozim. Misol
uchun sinf xonasidagi, maktab hovlisidagi o’simliklarni o’quvchilar tomonidan
payhon qilinmasligi uchun sinf rahbari o’quvchilarni ogohlantiradi:
“O’quvchilar sinf xonasidagi va maktab hovlisidagi o’simliklarni payhon
qilmanglar, ularni parvarish qilish uchun bog’bonlarimiz ko’p mehnat
qilishgan”. Bu kabi odatiy gaplar o’quvchilarning qulog’idan kiradi, ammo
qalbiga yetib bormaydi. Bu maqsadga to’laqonli erishish uchun o’qituvchi
o’quvchilarga “har birimiz xona gullaridan birini tuvakka o’tqazib kelamiz va
o’quv yili ohirigacha uni parvarish qilamiz, o’quv yili yakunida eng yaxshi
parvarish qilingan gul kimniki ekamligini aniqlaymiz” deb topshiriq beradi.
O’quvchilar bir yil davomida o’z gullarini parvarish qiladilar, bu jarayonda
bor etibori va mehrini beradi va o’z guli eng yahshi parvarish qilingan gul
bo’lishini istashadi. Endi bu o’quvchi maktab bog’idagi, sinf xonasidagi
o’simliklarga umuman zarar yetkazmaydi. Chunki u o’sha o’simlikning shu
darajaga yetishi uchun qancha mehnat va vaqt ketganligini tasavvur qila
oladi.
Fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlari insonlar uchun juda katta
qulayliklar, imkoniyatlar yaratishi bilan birga tabiatga nisbatan nixoyatda salbiy
ta’sir ko’rsatmoqda.Tabiat boyliklari bo’lmish - yer, suv, havo nixoyatda
ifloslangan, o’simlik va xayvonot olami ayrim turlarining mavjudligi xavf ostida
qolgan. Shu sababli, atrof muxitni muxofaza qilish va uning zaxiralaridan oqilona
foydalanish hozirgi davrning asosiy masaladir.
Har bir madaniyatli inson bu muammolarni bartaraf etish uchun kurashsa,
jamiyatda haqiqiy ekologik madaniyatli kishilar shakllanadi. Bo’lajak
mutaxassislar yuksak darajadagi umumiy ekologik madaniyat va kasb maxoratini
egallagan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uzlashtirgan, tabiatni muxofaza
qilish bilan bog’liq bo’lgan O’zbek xalqining milliy an’analariga tayanadigan
bo’lsa tabiatga va uning zaxiralariga salbiy ta’sir etmaydi. Shu sababdan ham
bo’lajak mutaxassislar o'z kasbiy faoliyati bo’yicha chuqur bilim, yuqori ekologik
madaniyatga ega bo’lishlari zarur. Bu ta’lim-tarbiya jarayonida amalga
oshiriladigan muhim pedagogik jarayondir.
Haqiqatdan ham ekologik madaniyatni shakllantirish hozirgi ta’lim tarbiya
sohasidagi hal qilinishi lozim bo`lgam dolzarb vazifalardan biri bo'lib turibdi.
Ekologik tarbiyaning maqsadlari;
1.Tabiat atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi nazariy bilimlarning
dastlabki asoslarini o’rganish.
2.Hozirgi zamon ekologik siyosatning mazmuni va mohiyati bilan tanishish.
3.O’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
4.O’quvchilarda ekologik tadqiqot yuritish ko`nikmalarini shakillantirish.
5. Yoshlarni ekologik madaniyatning shakllantirish tarixiy ildizlari haqida
malumotlar bilan tasnishtirish.
Xulosa qilib aytganda, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, ekologik
ma’naviyat tarixan inson xulqi me’yorlarini, uning jamiyat va tabiatga bo’lgan
munosabatlaridagi mas’uliyatini aniqlaydigan mezon bo’lgan. O’zbek xalqi tarixi
yosh avlodlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga doir boy ijodiy merosga ega
bo’lib, bu merosni o’rganish, hayotga tatbik etish hamda kelajak avlodlarga
yetkazish shu kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.M.I. Nuriddinova "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Cho'lpon
nashriyoti Toshkent 2005- yil.
2.
Ismatova, Z., & Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4
Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring
Wheat Varieties. Архив Научных Публикаций JSPI.
3.
Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic
Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat Varieties
.
4.
Ismatova, Z., & Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4
Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring
Wheat Varieties.
Архив Научных Публикаций JSPI
.
5. Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic
Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat
Varieties.
Архив Научных Публикаций JSPI
, 1-6.
6.
Pardaboyev, S. (2020). International Journal of Advanced Academic
Studies.
Архив Научных Публикаций JSPI
.
7.Boltayev, O. (2020). Флористический и систематический анализ состава
альгофлоры реки сангзар.
Архив Научных Публикаций JSPI
, 1-7.
8.
Boltayev, O. (2020). Kuzgi va bahorgi bugdoy navlarining dastlabki
rivojlanish bosqichlariga gerbitsidning (2, 4 dixlorfenoksus kislota) tasiri.
Архив
Научных Публикаций JSPI
, 1-5.
Do'stlaringiz bilan baham: |