39
AMALIY MASHG’ULOT №-9
MAVZU: DON TOZALAGICHLARNI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi:
Boshoqli ekinlarni mashina bilan o’rib-yig’ib
olishga
qo’yilgan agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi, tasnifi hamda ishlashi haqida
tushunchalar berish.
Jixoz va asbob uskunalar:
G’alla o’rish va yig’ish kombaynlariga oid
plakatlar, kombaynlar asosiy ish organlarining namunalari, o’lchov
lineykasi,
klyuchlar.
Ishni bajarish tartibi:
Don tozalash mashinalarining tuzilishi, ishlashi va rostlashlar.
MPO-50 mashinasi. Uning yordamida kombayndan kelayotgan donli, dukkak
donli va yorma ekinlar aralashmasi, shuningdek 20% gacha aralashmalari bor,
dastlabki namligi 35% gacha bo’lgan hamda ularni ajratib olish to’liqligi 50% dan
kam bo’lmagan makkajo’xori, kungaboqar va jo’xori
iflos aralashmalardan
tozalanadi.Pnevmoseparasiyalash kanali silkituvchi urgichi bor turli transportyor,
diametral ventilyator, shnekli yi g’ish kamerasi, drossel zaslonkali havo keltiruvchi
kanal mashinaning asosiy yi g’ish birliklaridir.
Ish vaqtida tozalanadigan aralashma yuklash potrubkasi va shnek vositasida
turli transportyorga
uzatilib, undan yirik aralashmalar tushib ketadi va potrubka orqali
mashinadan chiqarib tashlanadi. Donli aralashmaning qolgan komponentlari
taminlash darchasi orqali qiya joylashgan pnevmoseperasiyalash kanaliga keladi va
diametral ventilyator vujudga keltirayotgan havo kanalda donli aralashmadan yengil
aralashmalar ajralib chiqadi, havo oqimi esa yi g’ish kamerasida ulardan tozalanib,
yana ventilyatorga keladi va havo o’tkazish kanali
orkali pnevmoseperasiyalash
kanaliga uzatiladi.Tozalangan don potrubka orqali mashinadan, yengil aralashmalar
esa shnek vositasida yi g’ish kamerasidan chiqarib tashlanadi.
Mashinaning ish unumi donli aralashmani uzatish tezligi bilan, havo oqimining
tezligi, yani tozalash sifati esa drossel zaslonkasini burib rostlanadi.
Ko’chma OVP-20A aralashma tozalagichi yuklash transportyori, qabul
kamerasi, havo sistemasi, ikkita g’alvirli stan, yuk ortish
qurilmasi hamda yurish
mexanizmidan tashkil topgan.
Yuklash transportyori qirgichli kiya transportyor va ular bilan sharnirli
birikkan ikkita sidiruvchi taminlagichni o’z ichiga oladi.Qabul kamerasining pastki
qismida qovir g’ali ikkita taminlash valigi o’rnatilgan; ularning har birining ostiga
rostlash
klapani
joylashgan.Havo
sistemasi
ikkita
aspirasion
(pnevmoseparasiyalovchi) kanallar, o’tkazuvchi kanal, ventilyator, yi g’ish kamerasi,
inersion chang ajratgich va yengil chiqindilar pnevmotransportyoridan tashkil topgan.
40
Tebranib turuvchi g’alvirli stanga g’alvirlar B
1
, B
2
, V va G mahkamlangan.
G’alvirlarga pastki tomondan qayta-ilgarilama xarakatlanuvchi cho’tkalar tegib turadi
va g’alvirlar ko’ziga ilinib qolgan donlarni turtib tushiradi.
Mashina ishlayotganda yuklash transportyori va shnek vositasida don qabul
kamerasining taminlash valiklariga va undan keyin aspirasion kanallarga
uzatiladi.Shnekning kojuxida rostlanuvchan nov-don to’kkich bo’lib, undan ortiqcha
don to’kiladi.Ventilyator vujudga keltirgan havo oqimi yengil aralashmalarni yi g’ish
kamerasiga
olib ketadi, u yerda aralashmaning bir qismi cho’kib qoladi, birmuncha
yengil aralashmalar esa pnevmotransportyorga kelib tushadi.Yengil aralashmalardan
tozalangan don g’alvir B
1
ga keladi, u donlarni taxminan ikki teng qismga ajratib
saralaydi. G’alvir B
2
ko’zidan barcha donlar to’ppa-to’ g’ri o’tishi zarur.Yirik
aralashmalar esa g’alvirdan tushib ketadi.Ketma-ket qo’yilgan g’alvirlar V va G bir
xil ko’zlidir, bunda ko’zlardan to’ppa-tu g’ri o’tgan mayda aralashmalar qiya taxta
bo’ylab pnevmotransportyorga to’kiladi. G’alvir B
2
ko’zlari orqali o’tgan don
yuqorigi qiya taxtaga, undan
esa qabul qilgichga tushadi, bu yerga, shuningdek
g’alvir G dan tushgan donlar ham keladi.Tozalangan don yuklash transportyoriga
to’kiladi, transportyor ularni transport vositasining kuzoviga yoki uyumga uzatadi.
Mashinaning ish unumi dastalarni burib, taminlash valiklari bilan klapanlar
orasidagi zazorni (yuqoriga
burganda zazor kattalashadi, pastga burganda esa
kichiklashadi) o’zgartirib rostlanadi.Aspirasion kanallardagi havoning tezligi
aspirasion kanalni ventilyator bilan biriktiruvchi o’tkazish kanalining devoriga
joylashgan darcha o’lchamiga qarab o’rnatiladi.
4.2.1 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: