23
ish organlari; 9-tebratuvchi yuritma; 10-filtr; 11-nasos; 12 va 13- reduktorlar; 14-
sharnirli val; 15-mashina o’rnatiladigan traktor g’ildiraklari
suyrilarining himoya
to’siqlari.
Purkagichning idishlari o’zining nasosi yoki boshqa qurilmalar yordamida
to’latilishi mumkin.
Agregat ishlaganda suyuqlik idishlardan so’rish shlanglari va suzgich orqali nasosga
o’tadi hamda bosim shlanglari orqali mashina o’rnatilgan traktor kabinasida joylashgan
rostlagichga haydaladi. Rostlagich
maxovikchasini aylantirib, tizimda kerakli bosim
hosil qilinadi, maxovikchani burish yo’li bilan esa suyuqlik ish organlariga uzatiladi.
Nasos bilan haydalayotgan suyuqlikning bir qismi gidravlik aralashtirgich
shlangi orqali
idishlarga tushib, undagi suyuqlikni aralashtirib turishga imkon beradi va zaharli dorilar
cho’kib qolishining oldini oladi.
Ikki rejimda ishlaydigan nasos reduktor bilan birga traktor transmissiyasi
korpusining ketingi devoriga o’rnatiladi. U traktorning quvvat olish validan reduktorning
birlamchi vali orqali harakatlantiladi. Birlamchi val nasosning
ekssentrikli valiga
vtulkaning shlisalari vositasida birlashtirilgan.
Nasos korpusiga surish va haydash klapanlari, zichlagichlar bilan jihozlangan
silindrlar boltlar bilan mahkamlangan. Zichlagichlar shevron
kesimli rezina manjetlar
va tayanch bronza halkadan iborat. O’rta halqa namni tutib qoluvchi halka bo’lib, bu
halqadan sizib o’tgan suyuqlik teshik orqali tashqariga chiqadi. Manjetlar prujina bilan
sikib kuyilgan. Silindrlarning yukorigi flaneslariga havo qalpoqli haydash kollektori, pastki
flaneslariga esa so’rish kollektori mahkamlangan. Moy nasosning karteriga truba
orkali quyiladi. Bu trubaning qopqog’i dekompressor vazifasini ham bajaradi.
Reduktor ventilyatorni va nasosni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.U korpus,
qopqoq, ikkita shesternya, uchta val va ikkita muftadan iborat.
Yuqori bosimli markazdan qochma ventilyator suyuqlikni uzil-kesil
parchalaydigan va o’simlikka yunaltiradigan havo oqimini hosil qiladi.
Ish organlarini harakatlantirish mexanizmi tuzitgichlarni
harakatlantirish uchun
mo’ljallangan.
Idishlar silindr shaklida bo’lib, hajmi 320 l.Ular traktorning ramasiga mahkamlangan
kronshteynlarga o’rnatiladi.Ish tugagandan keyin idishlarda qolgan suyuqligi to’kish
shlangi orqali maxsus ajratilgan joyga to’kiladi.
Mashinaning ramasiga ventilyator, ish organlarini harakatlantirish mexanizmi,
yuritma zanjirli uzatmasining bosish roligi o’rnatiladi.
Dala to’zitgichi ventilyatorning chiqarish potrubogiga
stakan vositasida
birlashtirilgan havo trubasidan iborat.
Tuzitgichning suyuqlik o’tadigan qismi bo’kilgan trubadan iborat bo’lib, uning
bir uchiga rezbali shtuser payvandlangan, boshqa uchiga esa to’zituvchi uchlik buralgan
va qaytarish diski o’rnatilgan.Rezbali shtuserga taksimlagichning keltirish shlangi ulanadi va
u tirsakning pastki qismdagi homutga mahkamlanadi.Mashinada uch xil o’lchamdagi
uchlik bor. Bular bosim 3 atm. bo’lganda gektariga 50 dan 600 l gacha
suyuqlik
sarflanishini tabminlaydi.
Mashinaning harakat tezligi va uning ishlash kengligi malum bo’lsa bir uchlikdan
bir minutda sarflanadigan suyuq dorining miqdorini quyidagi formula bo’yicha hisoblash
mumkin:
24
Q = V
1
B / 600 l/ga
bu yerda: V- mashinaning harakatlanish tezligi, km/ soat, Q-
belgilangan suyuqlik
sarfi, l/ga; V- mashinaning qamrash kengligi, m
Do'stlaringiz bilan baham: