For i = 0 to 10 If i > 5 Then Exit For End If Next i Obyekt yoki massiv elementlarini birma-bir ko‘rib chiqishda For Each...Next siklik operatorini qo‘llash mumkin. Chunki obyektdagi elementlar soni aniq bo‘lmagan holda For...Next operatorini qo‘llash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu operatoming umumiy ko‘rinishi quyidagicha: For Each In Next Misol: Dim obj Control As Control For Each objControl In Controls objControl.Caption = ’’Test” & objControl.Caption Next objControl Shartli siklik jarayonlarda Do...While va Do...Until ko‘rinishidagi operatorlar ishlatiladi. Do... While operatorida siklik jarayon berilgan shartning qiymati True bo‘lgunga qadar takrorlanadi. Do...Until operatorida esa shartning qiymati True bo‘lganda siklik jarayon tugatiladi. Do...While operatorining umumiy ko‘rinishi ikki xil bo‘lishi mumkin: 1) Do While Loop 2) Do Loop While Bu yerda: Do - siklning boshlang‘ich operatori; 122