Menejmet va marketing



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/589
Sana29.12.2021
Hajmi5 Mb.
#81634
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   589
Bog'liq
Menejment.Marketing uzb

Salbiy  tomonlari:  bunda  boshqaruv  faoliyati  chuqur  ixtisoslashadi.  Bu  esa 

boshqaruv  samaradorligining,  kasb  mahorati  darajasining  o’sishini  ta'minlaydi, 

funktsional  sohada  muvofiqlashtirish  ishini  yaxshilashga  erishiladi.  Xizmatchilar 

bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va 

boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo. 

Ijobiy  tomonlari:    Funktsional  organlar  o’ziga  topshirilgan  funktsiyalarni 

sifatli  bajarishdan  manfaatdor  bo’lib,  "begona"  funktsiyalar  uchun  ham,  butun 

korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi.  Bunda har bir rahbar 

o’z  funktsiyalari  bo’yicha  farmoyish  berish  huquqiga  ega  bo’ladi.  Binobarin,  bu 

narsa:  yakkaboshchilik  tamoyillarining  buzilishiga,  ijrochilar  mas'uliyatining 

susayishiga  olib  keladi,  chunki  ijrochi  bir  boshliqqa  emas,  bir  necha  boshliqqa 

bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.  

Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni: 

 

funktsional  bo’limlar  ishlashlarini  muvofiqlashtirish  darajasining  yuqori 



emasligi; 

  rahbarlar 



vazifalari 

va 


huquqlarining 

etarli 


darajada 

muvofiqlashmaganligi; 

 

ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo’qligi; 



 

funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi; 



 

boshqaruv  apparatida  ishga  turalarcha  munosabatda  bo’lish  hollarining 



mavjudligi  kabilarni  bartaraf  etish  uchun  chiziqli-funktsional  (aralash)  turdagi 

boshqaruv strukturasi tuziladi. 

Chiziqli-funktsional  boshqaruv  strukturasida  asosiy  boshqaruv  chiziqli 

boshqaruv  bo’lib  hisoblanadi.    Barcha  boshqaruv  bosqichlari  va  mustaqil 

uchastkalar  o’z  rahbariga  ega  bo’ladi.  Rahbar  ishlab  chiqarish  xo’jalik  faoliyatini 

yakkaboshchilik  asosida  boshqarish  huquqiga  ega  bo’ladi  va  faoliyat  natijalari 

uchun to’la javobgar hisoblanadi. 

Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali 

yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu 

tashkilotlarning  vazifasi  boshqaruv  qarorlarini  tayyorlash  va  rahbarlarga  malakali 

yordam berishdan iborat. 

Hozirgi  zamon  korxonalari  faoliyatidagi  ko’pgina  muammolarni  hal  etish 

gorizontal  bo’yicha  kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.  

Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning 

ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional 

xizmatlar  o’rtasidagi  bu  gorizontal  aloqalar  juda  cho’zilib  ketadi,  baxs  va  nizolar 

bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini 

muvofiqlashtirishga juda qiynaladi. 

Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan, 

aniqrog’i,  chiziqli-funktsional  boshqaruv  strukturalariga  tuzatishlar  kiritish  yo’li 

bilan  hal  etiladi.  Bunday  struktura  dasturli-maqsadli  struktura  deb  ataladi.  

Bunday struktura quyidagi uch ko’rinshda bo’ladi: 

  loyiha bo’yicha boshqaruv; 




38 

с 



  mahsulotga ko’ra boshqaruv; 

  matritsaviy struktura. 



Loyiha  bo’icha  boshqaruvdan  yangi  texnika  va  texnologiyani  qisqa 

muddatda  joriy  qilish  zaruriyati  tug’ilgan  hollarda  foydalaniladi.  Bunda 

vaqtinchalik  maxsus  xizmat  bo’limi  tuzilib,  unga  resurslar  beriladi.  Bu  bo’lim 

loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi.  

Mahsulotga  ko’ra  boshqaruvning  afzalligi  axborotlarning  kelish  yo’llari  va 

oqimining  qisqarishida,  yakka  boshchilik  tamoyiliga  to’la  rioya  qilinishida, 

boshqarishning  yuqori  bosqichlarini  mayda  joriy  vazifalardan  xalos  qilishda 

namoyon  bo’ladi.  Bunday  struktura  bozorda  talabning  o’zgarishiga  tezkor 

munosabat bildirishga qodir. 

Matritsaviy  struktura  bo’yicha  boshqarish  ancha  murakkab  bo’lib,  u 

mahsuloti  nisbatan  qisqa  "umr"  ko’radigan  va  tez-tez  o’zgarib  turadigan 

korxonalar  tomonidan  qo’llaniladi.  Bu  struktura  korxonada  gorizontal  aloqalarni 

yo’lga qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar 

faoliyati  bilan  kompyuterlar  yordamida  bog’lashga,  texnika  sohasida  yuqori 

malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta'minlashga qaratilgan. 

Ushbu strukturani "To’r" ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi 

strukturaning, ya'ni: 

- funktsional struktura; 

- mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.  

 


Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   589




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish