3. Narx strategiyalari
Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va
tadbirlarning kompleksi tushuniladi. Ma'lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir
korxona, dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab
chiqish talab etiladi. Ana shularga amal qilsagina korxona o’z oldiga qo’yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo’ladi. quyidagi narx belgilash
sohasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan strategiyalarning ba'zi birlari bilan
tanishamiz.
Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona
faoliyatining rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari barqaror bo’lgan
hollardagina qo’llash mumkin bo’ladi. Ko’pchilik hollarda rentabellik (fondlarga
nisbatan) 10-15 foizni tashkil etsa, bu korxona qoniqarli faoliyat ko’rsatayotgan
korxona deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |