ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 233
bo‘lganligini bilishni qiyinlashtirgan. Bu esa tadqiqotchilardan uzoq va ko‘p mehnat
talab qiladi.
Tarix bu o‘tmish haqidagi fan bo‘lib, uni o‘rgana turib ajdodlarimiz, ularning
hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati, shuningdek, qadimgi xalqlar, davlatlar,
manzilgohlar, imperiyalarning qanday vujudga kelganligi va qanday yo‘l bilan yo‘q
bo‘lib ketganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Shu bilan birgalikda ba’zan bu
ma’lumotlar yetarli bo‘lmay, yakuniy xulosa chiqarishga kamlik qiladi. Biz
yashayotgan Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekiston tarixida katta iz
qoldirgan Dovon davlati haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Chunki bu davlat
haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lib, asosan Xitoy tarixchilari asarlarida yoritib
o‘tilgan. Dovon davlatining atrofi tog‘lar bilan o‘ralganligi uni boshqa davlatlar bilan
aloqalarini biroz mushkullashtirgan. Bu davlat mil avv III asrda vujudga kelib, milodiy
III asrda zavolga yuz tutgan. Dovon- xitoycha “Da” katta va ulug‘, “Wang
王
” esa
qal’a so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Ulug‘ qal’a” degan ma’noni anglatadi. Bu hududga
O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari kiradi. Hozirda Farg‘ona
vodiysi deb atalib, bu so‘z sog‘dcha “Fraganik”- atrofi tog‘ bilan o‘ralgan, past tekislik
degan ma’noni anglatadi, qadimgi Dovonga shuningdek Farg‘ona vodiysining
atrofidagi hududlar ham kirgan. Bu davlar g‘arbda Ulug‘ G‘uzer yoki Kushon davlati
bilan, janubi-g‘arbda Baqtriya bilan, shimoli-sharqda Usun qabilalari bilan, sharqda
Dandon hududi bilan chegaradosh bo‘lgan.
Xitoy manbalariga qaraydigan bo‘lsak, jumladan, “Han shu
汉書
” (muallifi Ban
Gu) va “Shi ji
史記
” (muallifi Sima Szyan) asarlarida uning hukmdori “Wan” deb
atalgani, uni ikki yordamchisi davlat boshqaruvida yordam berganligini aytadilar.
Ular: Fu Van - Hukmdorning katta yordamchisi va Fu gu van - hukmdorning kichik
yordamchisi. Davlat rahbari mutloq hokimiyatga ega bo‘lsada, uni “oqsoqollar
kengashi” taxtdan tushirishi ham mumkin bo‘lgan. Yana bir o‘ziga xos tomoni taxt
otadan og‘ilga meros bo‘lib o‘tmagan, lekin podshohni ukasi bo‘lsa taxt og‘liga emas,
balki, ukasiga meros bo‘lib o‘tgan va ukasini vafotidan so‘ng taxtga shu ukaning og‘li
o‘tirishi mumkin bo‘lgan.
Xitoy elchisi Chjan Syan dastlab bu yurtga keladi va bu yerda 70 ga yaqin katta-
kichik shaharlar borligini ko‘radi va aholisi bir necha yuz ming bo‘lganligini, yigitlari
mohir chavandozligini, kamondan o‘q uzishda tengsiz bo‘lganliklarini yozib qoldirgan.
U shu hikoyani davom ettirib, Dovonda ayollarni hurmat qilishlari, ularni maslahatiga
quloq solishlarini, shunday bo‘lsada o‘z bilgan ishlarini qilganliklarini aytadi. “Han
shu
汉書
” kitobida esa dovonliklarni ipak boyash bilan shug‘ullanishlari va temirdan
idish-tovoq yasamasliklarini yoziladi. Bu davlat haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar
qoldirilsada eng muhimlaridan biri davlat poytaxti masalasi biroz noaniq bo‘lib
qolgan. Dovon tarixini o‘rgangan olimlar bu davlatning poytaxtini turlicha
tasvirlaganlar. Masalan:
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |