G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Ildiz tizimi.
Har bir о‘simlik odatda, kо‘p sonli kuchli shoxlangan 
ildiz tizimidan iborat bо‘ladi.
Ildiz tizimsi – asosiy, yon qо‘shimcha ildizlarning yig‘indisidan 
tashkil topadi. Asosan ikki xil: о‘q ildiz va popuk ildiz tizimlari 
bо‘linadi. 
Ochiq urug‘li va gulli о‘simliklarning asosiy ildizi murtak ildizdan 
rivojlanadi va yer qatlamlari bо‘ylab pastga qarab о‘sadi. Asosiy 
ildizning apikal meristemaga yaqin joyida yon ildizlar paydo bо‘ladi. 
Asosiy ildizga
yana birinchi tartibli ildiz ham deyiladi. Undan chiqqan yon 
ildizlarni ikkinchi tartibli, undan chiqqan ildizlarni uchinchi va 
boshqalar popuk ildiz deyiladi (48-rasm).
Bir pallali о‘simliklarning asosiy ildizi murtakda hosil bо‘lib uzoq 
yashamaydi, ildiz tizimsi murtakning poyasidan paydo bо‘lgan 
qо‘shimcha ildizlardan shakllanadi va popuk ildizlar tizimini hosil 
qiladi. Bularga bug‘doy, arpa, sholi, g‘umay, suli, tariq kabilar kiradi. 
104


Qо‘shimcha ildizlar poyalarda, barglarda, hamda ular asosiy 
ildizning kо‘p yillik qismlarida paydo bо‘ladi. Yuksak sporali 
о‘simliklarning poyalarda hosil bо‘lgan qо‘shimcha ildizlar poyaning 
apikal meristemasida juda erta paydo bо‘ladi va ildiz tizimsi faqat 
qо‘shimcha ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar tizimi ibtidoiy 
hisoblanib birlamchi gomoriz (yunon. gomoyos – bir xil, riza – ildiz) 
ildizlar deyiladi (48-rasm).
47- rasm. Ildizning о‘sish zonalari (A), ikki pallali (B) va bir pallali (V) 
о‘simliklar ildizning о‘sish konusi: 
1 – ildiz qini bо‘linish zonasi;
2 – chо‘zilish zonasi, 3 – ildiz tukchalari yoki sо‘rish zonasi; 4 – о‘tkazuvchi 
zonasi. Shartli belgilar: IQ – ildiz qini, IH – initsial hujayra,
Mks – metaksilema, Mf – metafloema, Pd – protoderma,
Pks – protoksilema, Pf – protofloema, S – stela. 
IQ 
Pf 
Mf 
Pks 
Mks 
А 


IH 
IH 
IQ 
IQ 
Pd 
Pd 


105


Agar ildiz tizimi asosiy о‘q ildizdan hamda qо‘shimcha ildizlardan 
tashkil topsa alloriz (yunon. allos - boshqa) ildiz tizimsi deyiladi (48-
rasm).
Ildizlarning morfologik tiplarini tavsiflanganda yana bir qancha 
asosiy xususiyatlariga ahamiyat berish kerak bо‘ladi. YA’ni, о‘q ildiz 
tizimida – asosiy ildiz boshqa ildizlarga nisbatan kuchli rivojlangan 
bо‘ladi. Asosiy ildizdan qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘lishi mumkin, 
lekin ular efemer ildizlar bо‘lib, tezda nobud bо‘ladi.
Popuk ildiz tizimsida asosiy ildiz tez о‘sishdan tо‘xtaydi. Ildiz 
tizimsi qо‘shimcha ildizlardan tashkil topadi. Agar qо‘shimcha ildizlar 
qisqargan vertikal ildiz poyada hosil bо‘lsa, chо‘tkasimon ildiz tizimsi 
shakllanadi (bir pallali о‘simliklarda) (48-rasm).
Agar qо‘shimcha ildizlar uzun gorizantal ildiz poyalarida hosil 
bо‘lsa – baxromasimon ildizlar tizimsi shakllanadi. Ba’zida gorizontal 
ildiz poyalarda hosil bо‘lgan qо‘shimcha ildizlar yо‘g‘onlashib, kuchli 
shoxlanib, ikkilamchi о‘q ildiz tizimini hosil qiladi (beda, ayiqtovon) 
(48-rasm).
Ildiz tizimi tuproq qatlamlarida joylashishiga qarab ham 
tavsiflanadi. Masalan, о‘simliklarning tuproqda suv bilan 
ta’minlanishiga qarab, ildizlarni asosiy qismi yer yuziga yaqin 
joylashadigan, tuproq qatlamlariga chuqur tushib boradigan universal 
ildizlar tizimiga bо‘linadi. Lekin, bunday ildizlarning morfologik 
xususiyatlari faqat ildizlarning turli tumanligi haqida boshlang‘ich 
tushunchalarnigina beradi. Har bir о‘simlikning ildizlar tizimi 
о‘simlikning ontogenezi davomida uning poyalar tizimini 
xususiyatlariga, atroflardagi о‘simliklarning ta’siriga, yil faslining 
almashinishiga bog‘liq holda о‘zgarib turishi mumkin.
Madaniy о‘simliklarning ildiz tizimi barcha agrotexnik uslublariga 
(chopish, о‘g‘itlash, sug‘orish yovvoyi о‘tlardan tozalash) bog‘liq 
holda о‘zgarib turishi mumkin. 
Tabiiy sharoitda о‘sgan о‘simliklarning ildizlari о‘sishiga barcha 
shart-sharoitlar yetarli bо‘lganda, ildizlar cheksiz о‘sadi. Lekin 
ildizlarning о‘sishiga va shoxlanishiga atrofdagi boshqa 
о‘simliklarning ildizlari va yer ustki organlari katta ta’sir kо‘rsatadi. 
Masalan, issiq xonalarda о‘sgan katta bir tup javdar ildizining umumiy 
uzunligi 623 km, bir sutkada о‘sgan barcha ildizlarning umumiy 
uzunligi 5 km ni tashkil etadi. Shu tupning umumiy ildiz yuzasi 237 
m
2
bо‘lib, yer ustki qismining sathidan 130-marotaba kо‘proqdir.
106


Kо‘p yillik о‘simliklarning ildiz tizimsida har vaqt ba’zi ildizlar 
о‘lib, boshqalari ularning о‘rniga paydo bо‘lib turadi. 
Bir yillik о‘simliklarning ildizlari esa vegatasiya davomida о‘sadi, 
shoxlanadi va vegatasiyasining oxirida yer ustki qismi bilan birgalikda 
о‘ladi. Piyozli va tо‘g‘anoqli о‘simliklarning vegetasiyasining oxirida 
barcha ildizlar quriydi, keyingi yili vegetasiyasi boshlanganda 
qaytadan yangi ildizlar paydo bо‘ladi. 
Vaqti-vaqti bilan siyrak yomg‘ir yog‘adigan qurg‘oqchil 
mintaqalarida, yomg‘ir tuproqning faqat ustki qisminigina namlaydi, 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish