G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Urug‘larning unib chiqishi va maysalarning tuzilishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Urug‘larning unib chiqishi va maysalarning tuzilishi.
Urug‘larning unishi uchun ma’lum sharoit bо‘lishi kerak. Bulardan 
97


eng asosiysi suv, harorat va kislorod bо‘lib, ba’zi mayda urug‘larning 
unishiga yorug‘lik ham talab qilinadi (tamaki, salat). Quruq urug‘lar 
faqat 5–20% nam saqlaydi, shuning uchun unish qobiliyatiga ega 
emasdirlar. Urug‘lar modda almashinishi uchun kerak bо‘lgan suvni 
shimmaguncha unish jarayoni kuzatilmaydi (45–46 rasmlar).
Har bir о‘simlik turi urug‘ini unishi uchun harorat zarur (о‘rtacha 
+25.. + 35
0
C). Lekin barcha о‘simliklarning urug‘lari qulay sharoit 
tug‘ilganda unavermaydi.
Har xil sabablarga kо‘ra kо‘p vaqtda urug‘larda unish jarayoni 
tо‘xtab turishi kuzatiladi va tinim davri deb ataladi. Ulardan 1) 
urug‘larda murtakning yetarlicha rivojlanmaganligidadir (jenshen 
urug‘i). Bunday urug‘larda murtak yetilguncha endosperm hisobida 
oziqlanib turadi. 2) Urug‘larning pо‘sti suv о‘tkazishga qodir emas 
yoki urug‘ pо‘sti juda qattiq bо‘lib unishga mexanik ta’sir kо‘rsatadi, 
unishga yо‘l bermaydi (danakli mevalar). 3) Meva tо‘qimalarida 
ingibitor moddalar (unishga tо‘sqinlik qiladigan) sintez qilinib 
urug‘larning unishiga kimyoviy tomondan tо‘sqinlik qiladi (tropik 
mintaqalardagi daraxtlar shumtol). 4) Urug‘ pо‘stining ichki 
qavatidagi tо‘qimalarida gazlar almashinuvi yetarlicha bо‘lmaganligi 
va boshqa sabablarga kо‘ra. 
Shunday qilib, urug‘larning tinim davri keng tarqalgan jarayon 
bо‘lib, gulli о‘simliklarning evolyutsiyasi davomida moslashgan 
xususiyatlaridan biridir. 
Urug‘larning tinim davri ekzogen va endogen tinim davriga 
bо‘linadi. Urug‘larning ekzogen tinim davri – urug‘ qobig‘ining 
qattiqligiga, flabofen (tannidlar) moddasining mavjudligiga bog‘liq. 
Urug‘larning endogen tinim davri – urug‘larning morfologik 
(murtakning rivojlanmaganligi) va fiziologik (P va boshqa vitaminlar), 
jihatdan murakkabligiga bog‘liq.
Urug‘larda tinim davrining bо‘lishi ularni bevaqt unib ketishidan 
saqlaydi. Tinim davri bitgandan keyin urug‘ pо‘sti tabiiy ravishda 
yemirilib chiriydi ingibitor moddalar yuviladi va urug‘larning unish 
jarayoni boshlanadi. 
Barcha urug‘larga ham tinim davri xos emas. Ba’zi о‘simliklarning 
urug‘i juda tez unadi va unish qobiliyatini ham tez yо‘qotadi 
(majnuntol). 
Urug‘larning unish xususiyatiga asoslanib bir necha guruhlarga 
bо‘lish mumkin: 
98


1.
Urug‘lar juda uzoq tinim davriga ega bо‘lib kо‘p yillar unish 
qobiliyatini yо‘qotmaydi. O‘simliklar: 
a) juda uzoq tinim davriga ega о‘simliklar – 20-100 yil (shо‘ra); 
b) qisqa tinim davriga ega о‘simliklar – 2-10 yil
2. Urug‘lar juda qisqa tinim davriga ega bо‘lib va kо‘p yillar 
davomida unish qobiliyatini saqlab qoladigan о‘simliklar – 1-5 
yilgacha saqlaydi: 
a) qisqa tinim davri (oqqoldirmoq, beda, saksovul, cherkez); 
b) tinim davriga ega bо‘lmagan urug‘lar yetilib yerga tushishi bilan 
tez vaqt ichida una boshlaydigan va (tropik - rizofora). 
Urug‘lar ungan vaqtda birinchi navbatda murtak ildiz urug‘ pо‘stini 
yorib chiqadi va rivojlanayotgan maysani tuproqqa biriktirib undan 
suv va suvda erigan moddalarni shima boshlaydi. Keyinchalik bu 
murtak ildiz yon ildizlarni paydo qiladigan asosiy ildizga aylanadi. 
Ildiz bilan birgalikda gipokotil ham о‘sib ildizni tuproqqa itaradi. 
Shunday qilib о‘simliklarning ildiz tizimsi rivojlanadi (45-rasm). 
Bir pallali о‘simliklarning birinchi tartibli ildizi uzoq yashamaydi. 
Poyaning pastki bо‘g‘imlaridan hosil bо‘lgan qо‘shimcha ildizlar 
hisobiga ildiz tizimsi rivojlanadi.
Bir pallali о‘simliklarning yer ostki о‘sishida urug‘pallabargning bir 
qismi yer ustiga chiqmaydi, lekin yashillashadi sо‘ngra о‘sishdan 
tо‘xtab quriydi. Birinchi barg yer ustiga chiqishi bilan konussimon 
tangacha shaklini oladi.
Boshoqdoshlar shitoki yer ostida qoladi va gaustoriya vazifasini 
bajaradi. Bunday holatda yer ustiga koleopilning asosi chiqadi.
(45-rasm).
Bir pallali va ikki urug‘pallali о‘simliklarda urug‘palla barg 
bajaradigan vazifasiga gipokotilni va urug‘palla barglaridagi о‘sish 
zonalarining joylashishiga kо‘ra turli kо‘rinishda bо‘ladi. 
Agar ozuqa moddalari murtakdan tashqaridagi tо‘qimalarda 
tо‘plangan bо‘lsa, urug‘palla barglar u moddalarni shimadi va 
gipokotilning yoki о‘zining asosi о‘sishi natijasida palla barglar yer 
ustiga urug‘ pо‘stini kо‘tarib chiqadi. Yashil rangga kiradi va birinchi 
assimilyasion organ bо‘lib xizmat qiladi, ya’ni о‘simlik avtotrof 
oziqlanadi (45–46-rasm). 
Urug‘larning bunday tipda unishiga yer ustki unish deyiladi. 
Ba’zida, о‘simliklar urug‘larining unishi gipokotil emas epikotil 
poyaning birinchi bо‘g‘imi kuchli о‘sib kurtakni yer ustiga kо‘tarib 
99


chiqaradi. Birinchi assimilyatsion organ kurtakdan chiqqan poyaning 
birinchi bargi hisoblanadi. Urug‘ palla barg tuproqda qoladi. 
Urug‘larning bunday tipda unishiga yer ostki unish deyiladi (eman, 
nо‘hot) (45–46-rasm). 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish