Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
344
Yana Nabig‘a degan shoir kelib, arablar odatlaricha Rasulullohni maqtab, Islom dinini 
sifatlab, uzun she’r o‘qidi. Uning ko‘nglini ko‘tarib: 
— Ovozing o‘zgarmasin, tishlaring tushmasin, — dedilar. 
Bu shoirning yoshi yuzga yetdi ersa ham bir dona tishi tushmagan edi. 
Abdulloh ibni Ja’far, bu kishi ersa Hazrati Alining akasi Ja’far ibn Abu Tolibning o‘g‘lidur. 
Buning haqqiga ham savdo ishlaring barakali bo‘lg‘ay, deb duo qildilar. Shundan keyin 
bu kishi qaysi bozorga borsa, o‘ttiz-qirq ming tanga foyda topmasdin chiqmas erdi. 
Yana sahobalardan G‘arqad degan kishining tuyasi qochib, hech bir hiyla bilan uni 
ushlayolmadilar. Rasulullohga kelib aytdi ersa, duo qildilar. Xiyol o‘tmay qattiq shamol 
tuyani haydab keltirdi. Ani ushlab egasiga topshirdilar. 
Yana bir kuni Hazrati Alini g‘azot uchun safar qilishga buyurdilar. Kun sovuq bo‘lib, 
kiygudek choponlari yo‘q edi. 
— Issiq-sovuq senga o‘tmasin, — deb duo qildilar.
Shu duodan so‘ng Hazrati Aliga qish va yozning farqi yo‘q edi.
Rasulullohning qizlari Fotima huzurlariga ochlikdan shikoyat qilib keldi.
Anda Rasululloh: 
— Alloh seni och qo‘ymasin, — dedilar. 
Shundan beri yesin-emasin ochlikni bilmadi. 
Tufayl ibn Amr ulug‘ bir qabila raisi edi. Iymon keltirib qaytar chog‘ida qavmiga hujjat 
bo‘lgudek Rasulullohdan bir nishona berishlarini so‘radi. Duo qildilar ersa, manglayiga bir 
nur paydo bo‘ldi.
Anda: 
— Yo Rasulalloh, dushmanlarim Muhammad oldiga borib yuzi o‘zgarib kelmishdur 
demasinlar, — deyishi bilan u nur qamchisi uchiga tushdi. Qorong‘u kechani yoritur edi.
Hijratning sakkizinchi yili atrofdagi podsholarni Islom diniga da’vat qilib noma yozdilar. 
Eron podshosi Xisrav Parviz Rasululloh nomalarini o‘qib ko‘rmasdan, yirtib tashladi. 
Rasulullohning muborak nomlari nomada ilgari yozilgani uchun g‘azabi kelib, shu 
adabsizlikni qildi.
Rasululloh uni anglab, uning ham davlati yirtilsin, deb duo qildilar. Hazrati Umar xalifalik 
davrlarida butun Eron fath qilinib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Ammo Rum podshosi 
Qaysar Hirakl o‘zi iymon keltirmagan bo‘lsa ham, Rasulullohning nomalarini hurmatlab 
oltin qutichaga solib xazinada saqladi. Rasulullohga ko‘p hadyalar berib nomalariga 
javob yozib, elchilarni yaxshi kutib qaytardi. 
Rasululloh aytganlaridek, shu kungacha G‘arbiy Rum, ya’ni Italiyada ularning hukumati 
saqlanib qoldi. 
Yana Quraysh raislaridan Hakam ibn Abu al-Os iymon keltirmasidan ilgari, Rasululloh 
so‘zlasalar og‘iz-burnini qing‘ir-qiyshiq qilib boshqalarga ko‘rsatib, Payg‘ambarimizni 
masxara qilib o‘ltirar edi. Bir kuni uning shu adabsizlik ishiga ko‘zlari tushib qolib: 
— Shundog‘ bo‘lib qolsin, — deyishlari bilanoq, yuz-ko‘zlari qing‘ir-qiyshiq bo‘lib 
tortishgani turdi. 
Keyingi kunlarda iymon keltirgan bo‘lsa ham o‘lgunicha bu illatdan qutila olmadi. Chunki 
boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun shunday bo‘lishi lozim edi. Yana ibn Ra’iy degan 
kishining chap qo‘li bilan taom yeb turganini ko‘rib: 
— Hoy kishi, o‘ng qo‘ling bilan yegil, — dedilar. 
— Bu qo‘lim bilan yeyolmayman, — deb Rasululloh so‘zlarini og‘ir oldi. 
— Yolg‘on bo‘lsa, shunday bo‘lg‘ay! — dedilar.
Ul ersa bu so‘zni yolg‘on aytmish edi, so‘ngra umri bo‘yi qo‘li og‘ziga yetmadi. 
Yana Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir bo‘luk askarni g‘azot uchun bir qabila 
ustiga yubordilar. Omir ibn Azbat degan kishini askar boshlig‘i qilmish edilar. Bular 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish