www.ziyouz.com
kutubxonasi
259
iymonim to‘liqdurkim, menim bu kitobimni dunYo boricha shular o‘qigaylar, shular
foydalangaylar.
Ey bor Xudoyo, bu kitobni yozguvchi yozuqluq g‘arib qulingni va ham ushbu kitobni
o‘qigan, eshitgan mo’min bandalaringni habibing Muhammad Mustafo sollallohu alayhi
vasallam haqqi-hurmatlari uchun haq yo‘ldan chiqmagan, Islom dinida jon bergan o‘sha
toifadan qilgaysan. Omin!
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh Tabukka kelgach, bu joyda yigirma kungacha
to‘xtab qoldilar. Bu yerdan Shom shahriga borish yoki Madinaga qaytish yaqinligida
tenglashur edi. U yoqqa yurish to‘g‘risida sahobalarga kengash qildilar ersa, Hazrati
Umar:
— Yo Rasulalloh, Xudo tomonidan nima buyruq buyurilgan bo‘lsa, shuni qiling, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Agar menga buyurilgan bo‘lsa edi, hech kimdan maslahat so‘ramas edim, — dedilar.
— Yo Rasulalloh, biz Madinadan yiroqlashib, dushman yeriga yaqinlashib keldik. Bizga
yordam bergudek ular ichida musulmonlari yo‘qdur, dushmanning qurollik askari ko‘p
bo‘lib, har joyda to‘planib turishibdurlar. Bizning bu kelishimizdan ularga qo‘rqinch
tushib, butun Rum xalqi qo‘zg‘alishganga o‘xshaydi. Endigi bizning o‘ylaganimiz bu
yilcha Madinaga qaytib, urush hozirligini ko‘rsak. Kelasi yili Xudo xohlaganiga qarab ish
qilur edik, — dedilar.
Bu so‘z Rasulullohga ham ma’qul bo‘lib, shu yerdan qaytmoqqa qaror qilindi.
Qaysar Hiraql Madina ustiga sonsiz askar olib yurish qilmoqchi, deb eshitgan so‘zning
anig‘i bilinmadi.
Shu orada Ayla shahrining hokimi bilan Jarbo, Azrux, Mayno degan shaharlarning
elchilari kelishib, Rasululloh bilan uchrashdilar. Bular ersa, Shom atrofida yashayotgan
yahudlardan kelgan kishilar edi.
Rasulullohning Tabukka kelganlarini anglashib, ahvol bilan tanishmoq uchun yuqoriga
shahar xalqlari bularni elchi qilib yuborishdilar. Ularni Rasululloh iymonga undagan
edilar, uni qabul qilmay, har yili soliq to‘lab turishga rozi bo‘lishdi. Bu to‘g‘rida ahdnoma
yozib berishlarini Rasulullohdan so‘radilar.
Jarbo ahli har yili rajab oyida yuz tilla to‘lamoqchi bo‘ldi. Maynoliklar o‘z yerlaridan
chiqqan mevalarning to‘rtdan birini har yili berib turmoqqa va’da berdilar. Elchilarning
so‘rovlaricha bu to‘g‘rilik Rasululloh ikki nusxa ahdnoma yozdilar va ularga topshirdilar.
O‘shal ahdnoma nusxalarini o‘quvchilar quvvat olsin deb arabcha iborasi bilan bu o‘rinda
yozdim. Uning mazmuniga o‘quvchilar tushunmoqlari uchun turkchaga tarjima qildim.
Rasululloh Yuhannoga bergan axdnomalarining arabchasi shuldir:
«Bismillahir rohmanir rohiym.
Hazo amanatun minallohi va Muhammadin-nabiyyi li Yuhanno va ahli Aylata sufunuhum
va sayyarotuhum fil barri val bahri lahum zimmatullohi va Muhammadin-nabiyyi va man
kana maahum min ahlish-Shomi va ahli Yaman va ahlil Bahri faman ahdasa minhum
hadasan fainnahu la ya juzu malahu duna nafsihi va innahu latayyibatun liman axazahu
minnan-nosi va innahu la yahillu an yamna’u maan yaridunahu vala tariqan yuridunahu
min barrinav bahrin».
Ma’nosi: «Ushbu omon xati berildi. Alloh va uning elchisi Muhammaddan Yuhannoga va
Ayla ahliga. Ularning dengizdagi kemalari, quruqlikda yurgan karvonlari omondur.
Allohning, Muhammadning ahd omoni shulargadir va ular bilan birga bo‘lgan Shom ahli,
Yaman ahli, dengiz bo‘yi ahllariga ham hukm shuldur. Agar ulardan bir kimarsa ushbu
ahdni buzgudek bir ish qilur ekan, boshlariga omonlik, mollariga omonsizlikdur. Shart
buzguvchilardan musulmonlar qaysi yo‘l bilan mol olsalar, haloldur. Ichar suvlaridan,
yurar yo‘llaridan musulmonlarni to‘smoq ularga yasoqdur».
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |