www.ziyouz.com
kutubxonasi
250
ixtiyoringizdadur, biz rozimiz, — dedilar.
Anda Rasululloh:
— Andog‘ ersa, sizlar ham shundog‘ deyishga haqqingiz bordur: «O‘z qavmingiz sizga
ishonmay yolg‘onchi dedilar. Bizlar sizga ishonib, rost aytur, dedik. Boshqalar ersa
sizdan qochdilar, biz bosh berib, sizga ergashdik. Yeringizga sig‘may qochib keldingiz,
jonimiz bilan sizga joy berdik. Kishilar dushman bo‘lishib, sizga qasd qildilar, bizlar
jonimizni ayamay yordamingizda bo‘ldik. Chog‘ay edingiz, boy qildik». Agar xohlar
ekansiz, sizlar ham shu so‘zlarni aytishga haqqingiz bor. To‘g‘risi ham shuldur, —
dedilar.
Anda ansorlarning ulug‘ yoshliklari:
— Yo Rasululloh, bizlardan bul to‘g‘rida hech qanday so‘z chiqqani yo‘qdur. Lekin yosh-
yalanglarimiz Rasulullohni Alloh avf qilsin, o‘z urug‘i Quraysh raislariga bek ulug‘
hadyalar qildi, bizni yodidan chiqarib quruqqa qoldirdi, qonlaridan qilichimiz bo‘yalmish
dushmanlar molga ega bo‘ldi deyishdi, — dedilar.
Anda Rasululloh:
— Ey ansor xalqi, ular ersa yangidan Islomga kirgan kishilardur. Bularning iymonlariga
ko‘p ishonch yo‘qdur. Ko‘ngillarini Islomga moyil qilish uchun shu baqosiz mollardan
ularga berib, dillarini shod qildim. Sizlarning iymoningiz kuchlik bo‘lganiga ishonib,
dunYo moli uchun qayg‘urmaslar deb o‘ylab, sizlarga mol bermadim.
Ey ansor xalqi! Boshqa kishilar qo‘y-echki, tuya olishib uylariga qaytsalar, sizlar
Rasulullohni olib qaytmoqqa rozi emasmisiz? Xudo haqqi qasam qilurman, agar
Makkadan Madinaga hijrat qilib bormagan bo‘lsam edi, ansorlardan bir kishi bo‘lib
yashar edim. Agar bu kishilar barchasi bir yo‘lga kirishib, ansorlar bir yo‘lga kirmoqchi
bo‘lsalar, Xudo haqqi, men Ansorlar kirgan yo‘lga kirar edim.
Ey bor Xudoyo, ansorlarni va ham ularning avlodlarini rahmat qilgin, — deb duo qildilar.
Rasulullohdan shundoq o‘tkir, hayajonlik va’z eshitgach, hammalari yig‘lashib, ko‘z
yoshlaridan soqollari suv bo‘lib, ko‘ksilari ho‘l bo‘ldi.
— Barcha xalq o‘lja olishib uylariga qaytsinlar, biz bo‘lsak, Rasulullohni olib qaytmoqqa
rozi erurmiz, — deyishib, shodlik bilan tarqashdilar.
Rasulullohning bu muborak nutqlari natijasida hech kimning ko‘nglida kiri qolmay
o‘rtadagi g‘ubor ko‘tarildi.
Bu urushda dushman yig‘ilgandan so‘ngra orqa saflarga qo‘yilgan xotin va bolalardan bir
qanchalari asir olingan edi. Ular ichida Shaymo’ degan bir xotin askarlarga qasam qilib:
— Men Muhammadning emakdoshi erurman, yoshligida uni emizgan Halima xotinning
qizidurman, — dedi.
Anda sahobalar uning so‘ziga ishonmay, Rasululloh oldilariga olib keldilar. Oradan ko‘p
vaqt o‘tganligidan Rasululloh uni tanimadilar va:
— Agar bu aytgan so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa, sening badaningda mendan qolgan bir belgi
bo‘lishi kerak, — dedilar.
Anda ul xotin darhol qo‘lini ochdi. Bilagi ustida oqarib turgan ochiq bir dog‘ni ko‘rsatib:
— Sizni ko‘tarib yurganimda tishlagan joyingiz mana, Yo Rasulalloh, — dedi.
Bu alomatni ko‘rib tanidilar. Darhol o‘rinlaridan turib, yelkalaridagi ridolarini solib, ustiga
o‘ltirg‘izdilar. Bu xotin Rasulullohni emizgan Halimaning qizi ekanligi aniqlangach, uni
bek hurmatladilar. Ota-onalarini so‘rab, ularning o‘lganliklarini eshitgach, muborak
ko‘zlaridan yosh to‘kildi. So‘ngra unga qarab:
— Ey Shaymo’, mendan nima so‘rasang berurman, nima desang qabul qilurman, —
dedilar.
Bu xotin Rasulullohga kelmasdan oldin qabila raislari unga tushuntirib:
— Ey Shaymo’, Muhammad sening sut emishgan qarindoshing bo‘lur. Agar u bilan
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |