www.ziyouz.com
kutubxonasi
203
— Bani Nazar yahudlarining xazinasini qayga qo‘yding? — deb undan so‘radilar.
Shunda ul:
— Xazina ko‘milgan joydan mening xabarim yo‘qdur», — deb bahona topdi. Haqiqatda
esa bu xazinani yuqorida voqeasi o‘tgan Bani Nazir yahudlari Madina tuprog‘idan
chiqarilganda Xaybar yahudlariga omonat qo‘yib ketmish edilar.
Bu esa Islomga dushmanligining qattiqligidan, bular olguncha chirib ketsin deb,
ko‘milgan yerini ko‘rsatishga rozi bo‘lmadi.
Anda Rasululloh:
— O‘zimiz izlab topamiz, unda sen o‘limga rozimisan? — dedilar.
Ul:
— Rozidurman, — dedi.
Rasululloh buyurdilar ersa, gumonlik joylarni qazishib topib olishdi. Xiyonat qilib ahdni
buzg‘onligi uchun o‘lim jazosiga buyurib, Muhammad ibn Salamaga ijro etishga
topshirdilar. Ul ham ukasi Muhammad ibn Maslama qasosiga uni o‘ldirdi.
So‘ngra Xaybarda tushgan o‘lja mollarini yig‘ishga buyurdilar. Sahobalardan Ka’b ibn
Amr kelib hammasini bir joyga yig‘di. Bular ichida Xaybar raisi Huyay ibn Axtab qizi
Safiya ham bor edi. Bu qiz esa hazrati Horun alayhissalom naslidan bo‘lib, xasab-
nasablik, husn-jamollik edi. Buni olmoqqa qiziqqan kishi ko‘p edi. Shuning uchun
ko‘pchilik muni Rasulullohga loyiq ko‘rishib, o‘rtadan chiqazib berishdi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilgandan keyin:
— Agar Islom diniga kirar bo‘lsang, seni o‘z nikohimga olurman. Munga yo‘q der ersang,
seni o‘z yeringga yuborurman, bu ishda o‘zing ixtiyorlik erursan, — dedilar.
Anda Safiya iymon keltirib, Rasulullohning nikohlariga kirishni ixtiyor qildi. Chunki
Safiya, mundan ilgari tush ko‘rdi ersa, osmondan oy tushib aning qo‘yniga kirdi. Tushini
onasiga aytib erdi, yuziga bir shapaloq urib: «Hay, beti qalin, bu yangi chiqmish
payg‘ambar nikohidan sening umiding bormi?» dedi. Uning deganidek, bu tushning
ta’biri ham shunga to‘g‘ri keldi. Nikoh kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qarasalar Safiya ko‘zida ko‘kargan bir dog‘ ko‘rinadi. Sababini so‘radilar ersa, ul o‘tgan
voqeani aytdi. Shu nikoh kechasi sahobalardin Abu Ayyub Ansoriy qilich taqinib
Rasululloh yotgan chodirni aylanib, tong otguncha kuzatib chiqdi.
— Nega bunday qilding? — deb Ayyubdan so‘radilar.
Anda ul:
— YO Rasulalloh, bu xotin ersa yangidan musulmon bo‘ldi. Muning otasi, eri, qavmi
qarindoshlari bu urushda o‘ldirildilar. Uyqu ichida sizga bir yomon qasd qilib qo‘ymagay
deb, ko‘nglim tinchimay kuzatib chiqdim, — dedi.
Anda Rasulullohga bu so‘zi xush kelib: — Ey bor Xudoyo, Abu Ayyubni ofatlardan
asragin, shu kecha uxlamasdan u meni saqlamishdur, — deb duo qildilar.
Rasululloh duolari qabul bo‘lib, umri boricha bu kishi ofatlardin omon bo‘ldi. Eng oxirgi
umrida Islom mujohidlari bilan jihod uchun Rumga keldi. Rum poytaxti Istambul shahrini
Islom askari qamal qilib turganlarida, o‘z ajali bilan vafot topib, shu yerga ko‘mildilar
Raziyallohu anhu. Bu shahar fath bo‘lguncha qabrlari uzun zamon kofirlar ichida qolgan
bo‘lsa ham, Rasulullohning nafaslari ketganlikdan oyoq osti bo‘lmay, shu kungacha
saqlanib keldi. Turkiya poytaxti Istambul shahridan chetroq bir joyda mozorlari
mashhurdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilib kelganlarida Abu
Ayyub Ansoriyning uyiga qo‘ngan edilar. Chunki mingan tuyalari Xudo buyrug‘i bilan shu
kishining eshigi oldiga kelib to‘xtagan edi. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik.
Xaybar qal’alari fath bo‘lib, dushmanlar zavol topqonlikdan musulmonlar shod bo‘lishib,
shu joyda uch-to‘rt kun dam oldilar. Shu orada Hazrati Alining akalari Ja’far ibn Abu
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |