36
12: 18: 24: 30 va 36 metr bo‘lgan hollarda shularga mos holda 10,5: 16,5: 28,5
va 34,5 m. bo‘ladi. Bunday kranlarda yuklarni bir joydan ikkinchi joyga uch
yo‘nalishda ko‘chirish mumkin.
1.3 rasm.
Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat
binolarining qirqimda ko‘rinishi:
a-osma kran bilan jihozlangan; v-ko‘prikli kran bilan jihozlangan;
1-ko‘taruvchi to‘sin; 2-harakatlanuvchi mexanizm; 3-osma yo‘l; 4-
elektrotal;
5-kranchi kabinasi; 6-kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi;
7-ko‘taruvchi kran; 8-yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan
aravacha;
9-kranosti yo‘li; 10-elektr tok o‘tkazgichlar.
Ustunlarni ajratish o‘qlari bilan kran yuruvchi relsi o‘qlari orasidagi
masofa ko‘pincha 750 mm qilib olinadi.
Kranlarning asosiy texnikaviy parametrlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va
gabaritlari Davlat Standartlari yordamida aniqlanadi.
Bunda kranlarning
samaradorligini
tanlashda
ular
bir
yo‘lda sarflanadigan harajatlar
solishtirilmasdan, foydalaniladigan paytida bo‘ladigan chiqimlarni ham hisobga
olinib tanlanadi.
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul
qiladi. Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi.
Qavatlar soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va
rigellarida vujudga keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun
va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini
birxillashtirishni (unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8
qavatdan baland bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal
37
yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul qiladi,
shuning uchun ular ana
shu kuchlar ta’siriga hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik
elementlari, vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul
qiladi. Bunday elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar
yoki metaldan ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining
ko‘rsatishicha rama–bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal
kuchlarning 80...90 % ini, agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila
olar ekan. Rama – bog‘lagichli tizimlarda gorizontal
kuchlar tashqi devorlar
orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. YOpmalar gorizontal diafragma sifatida
ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga uzatadi. Vertikal diafragmalar gorizontal
kuchlar ta’sirida, poydevorga mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal
diafragmalarning bikirligi kamroq bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – bog‘lagichli tizimlarni seysmik
hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Sanoat binolari ichida yuklarni ko‘chirish ko‘taruvchi-tashuvchi
transport jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Transport turi sanoat
binosioiing konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘taruvchi transport jihozlarini to‘g‘ri tanlash esa ko‘p jihatdan sanoat
binosining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini oldindan aniqlaydi.
Sex ichi transporti ikki guruhga bo‘linadi:
davriy harakatdagi trans-
port, uzluksiz harakatdagi transport.
Birinchi guruhga er usti relssiz (avtokara, avtoyuklagicl») va relsli
transporti, osma transport (chig‘ir, langarcha, osma kranlar, ko‘prik
kranlar) kiradi.
38
Ikkinchi guruhga barcha turdagi konveerlar, pnevmatik va gidravlik
transportiari kiradi.
Sex ichi yuk ko‘targich va tashigichlarini tanlash binodagi
texnologik jarayon. yukning tavsifi va
ishlab chiqarish jarayonini
zamonaviylashti- rish masalalaridan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi. Iloji boricha binoning konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga
ta’sir etmaydigan yuk ko‘taruvchi va tashuvchi jihozlar - pol usti relssiz,
osma, konveerli, pnevmatik va gidravlik transportiari qo‘llashga. ko‘prik
va boshqa bi- noni zamonaviylashtirishga to‘sqinlik qilishi mumkin
bo‘lgan transport vositalaridan voz kechishga harakat qilish zarur.
CHig‘ir.
Qo‘l yoki elektr bilan yuritiladigan (
telfer),
ko‘chmas va
ko‘chma. ochiq va yopiq bo‘lmali (xonali) chig‘irlar sanoat binolarida
ishlatiladi.
Langar.
Bu aravaga biriktirilgan chig‘ir bo‘lib, qo‘shtavrli to‘siq-
ning pastki tokchasi
{monorels)
bo‘ylab zanjirli uzatma yordamida qo‘lda
yuritiladi. Langarlarning yuk ko‘tarish qobiliyati L—10 t.
Lan- garlar,
asosan ko‘tarish rnexanizini, harakatlanuvchi mexanizmli arava- cha va
ilmoqli halqa kabi uchta bo‘g‘indan iborat. CHig‘ir va langarlar tor
yo‘lkali ish joyida monorels bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi. bu ularning
kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: