Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi


Intellektual xatti-harakatlar



Download 8,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana17.07.2022
Hajmi8,5 Mb.
#813761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
@PDFEditorBot

Intellektual xatti-harakatlar
Hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Jumladan, 
rus psixologi N.N.Ladigina -Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan 
shimpanze ichiga xo’rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish 
uchun yaroqli bo’lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli 
belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos 
keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini 
yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to’g’irlar, 
xullas maymunlar "qurol" yashar edi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan "qurol yasash" faoliya-tining 
ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vasuro, N.NLadigina-Kotslar 
o’tkazgan tajribalaridan ma'lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya'ni 
maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo’lgan paytda o’zlarini 
yo’qotib qo’yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni shoxlarni g’ajish, 
payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin 
maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko’rmaydi.
Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol


Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi 
https://t.me/profayling_uz 
36 
organizmlarning differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud 
sharoitga moslashadi. O’z-o’zini boshqarish oddiy ta'sirlanuvchanlikdan boshlanib, 
o’zining yuksak taraqqiyotiga erishadi.
Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo’lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning 
bevosita ta'siridan shunchalik ozod bo’ladi. Muhitdagi haroratning o’zgarishi bilan 
organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham o’zgaradi, harorat ko’tarilsa, 
reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat 
juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo’ladi. Yuksak 
taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o’zgarishi bilan bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chishga majbur bo’ladi. Masalan: kemiruvchilar yerni chuqur kavlab ichkariga 
kirib ketadi. Bunda instinkt ta'sir qiladi. Yozning issiq kunida fil o’ziga suv sepib 
turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo’lgan 
bog’liqlikdan batamom qutula olmaydi.
 Muhit
tirik organizmning yashash sharoiti, 
tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.
Aks ettirishning adekvat (mos) bo’lishi, avvalo psixikaning moddiy asosi, sezgi 
a'zolari va asab tizimining tuzilishiga bog’liqdir. Reseptor ma'lum bir turdagi 
qo’zg’atuvchilar ta'siriga qanchalik to’g’ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi 
ham shunchalik adekvat, ya'ni mos bo’ladi.
Reseptorlarning taraqqiyoti ma'lum darajada biron tipdagi asab tizimi 
taraqqiyoti bilan bog’liq. Sezgi a'zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar 
ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To’rsimon asab tizimiga ega 
bo’lgan hayvonlar asosan tashqi ta'sirotlarga tug’ma ravishda javob qaytaradilar. 
Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Taraqqiyotning navbatdagi pog’onasida asab tizimida bir qator sifat 
o’zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining 
ko’proq miqdordagi qo’zg’atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini 
beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o’zgarmaydigan doimiy 
narsa emas.

Download 8,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish