Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi
https://t.me/profayling_uz
15
ikkita yarim, ya'ni o’ng va chap qismlardan iborat bo’lib, ularni uzunasiga ketgan
oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.
Orqa miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan bo’lib, sklet muskullari,
nerv va shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qo’zg’alish
nerv impulslari
ko’rinishida, ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi.
Orqa miyada ongsiz reflektor harakatlarning gavda va qo’l-oyoqlar
muskullarning, shuningdek bir qator fiziologik jarayonlarning tomirlarni
harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa markazlar joylashgan.
Bosh miya qutida joylashgan bo’lib, orqa miyaning ustida joylashganga
o’xshaydi.
Bosh miyada uzunchoq miya, orqa miya, o’rta miya, oraliq miya va
oldingi miya farqlanadi.
Orqa miya, Varoliy ko’prigi va miyachadan iborat bo’lib,
uzunchoq miya
bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa miyani davomidek
tutashgan.Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori bo’limlariga
impulslar o’tadi va orqaga qaytadi.
Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi;
so’rish, chaynash, so’lak ajratish va hokazo.
Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O’rta miyato’rt
tepalik qizil yadro muskul tonusining me'yoriy taqsimlanishini, tovush va yorug’lik
qo’zg’atuvchilarini hamda og’irlik kuchiga nisbatan tananing to’g’ri
joylashishini
idora etadi.
Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan. Oldingi
miya va uni qoplab turgan po’stloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil etadi.
Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil qiladi va
peshona sohasidan ensagacha cho’zilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita o’ng va chap
yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya po’stlog’i deyiladi.
Miya po’stlog’i kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha bo’lib 4-
5 mm.gacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari qobiqining yuzasi odamda katta sohaga
ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi hujayralar
qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli va faoliyatining vazifalari turlicha bo’lgan
oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan (maydon) iborat. Odamda
hammasi bo’lib 52 ta maydon mavjud. Bosh miyaning po’stlog’i
ostida yotgan
qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. qobiq osti sohasi va qobiq osti tutamlari
umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi.
Bu soha bizning emosiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bog’langan.
Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi.
Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib,
tarmoqlanib, shu bilan birga
butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog’lovchi nervlardan tashkil topadi.
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik
nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv