2-mavzu: Chinnigulkabilar (Caryophyllidae)sinfchasi. Raʼnokabilar (Rosidae) sinfchasi. Burchoqlar (Fabales) tartibi


Dukkaksimonlar kenja oilasi — Faboideae



Download 312,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana17.07.2022
Hajmi312,18 Kb.
#812360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-maruza 8e02b9627b60ae8b84bb9e9dbdaf1d87

Dukkaksimonlar kenja oilasi — Faboideae 


Bu kenja oilaning 490 turkumiga mansub 12.000 ga yaqin turi yer kurrasining tropik, 
subtropik va o‘rta iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Daraxt, buta, yarim buta va 
o‘tsimon shaklidagi bu o‘simliklarning bargi patsimon, panjasimon, murakkab yoki 
oddiy, yonbargli. Guli zigomorf, qo‘sh jinsli, besh a’zoli, o‘zgarmas strukturali, 
kosachasi 5 ta tutash barglardan shakllangan. Toj barglari 5 ta (ustkisi bayroqcha, 
ikki yon tomonidan yelkan va ikkita pastkisi qayiqchani eslatadi), changchisi 10 ta. 
Dukkakli o‘simliklarning turkumlari orasidagi o‘zaro farqini aniqlash uchun 
changchisini tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Ayrim turkumlar vakillarining 
changchisi tutash emas, 10 ta changchining har biri alohida-alohida erkin holda 
joylashgan (Sophora, Thermopsis), boshqalarida barchasi tutashib chang nayini 
hosil qiladi. Urug‘chisi shu nay ichida joylashgan (Lupinus) bo‘ladi. Va, nihoyat, 
ko‘pchilik turkumlarda changchisining 9 tasi tutash, 1 tasi alohida (Pisum, 
Medicago, Vicia, Lathyrus va boshqalar) joylashgan. Urug‘chisi bitta meva bargidan 
shakllangan. Tugunchasi ustki, bir uyli. 
Dukkaklilarning sistematik belgilarini bir-biridan farq qilishda ularning mevasining 
tuzilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dukkaklar o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki pallaga 
ajraladigan (mosh, no‘xat, burgan, loviya) ko‘p urug‘li, bir urug‘i qismlarga 
ajraladigan (Koronella) yoki bir urug‘li mevasi ochilmaydigan (Onobrychis) bo‘ladi. 
Urug‘i endospermsiz. Dukkakdoshlar urug‘i tarkibida oqsilning ko‘pligi (no‘xatda 
31%, moshda 61% ga qadar) bilan xarakterlanadi. Undagi oqsilning oziqaviy 
sifatiga ko‘ra bu o‘simliklar nihoyatda qadrlanadi. Oqsilining tarkibida muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan lizin, tripofan, tsitozin, valin singari aminokislotalar 
mavjud. Dukkakli o‘simliklarning turli-tuman vakillari oziq-ovqat, yem-xashak
dorivor, oshlovchi va bo‘yoqbop texnik o‘simliklar sifatida madaniylashtirilgan. 
Quyida O‘rta Osiyoda keng tarqalgan va xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan turkumlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. 

Download 312,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish