2-mavzu: Chinnigulkabilar (Caryophyllidae)sinfchasi. Raʼnokabilar (Rosidae) sinfchasi. Burchoqlar (Fabales) tartibi



Download 312,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana17.07.2022
Hajmi312,18 Kb.
#812360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-maruza 8e02b9627b60ae8b84bb9e9dbdaf1d87

Isirg‘ao‘t
(Onobrychis) turkumi. Ko‘p yillik va bir yillik o‘t, ayrim hollarda yarim 
butacha va yarim buta shaklidagi o‘simlik. Bu turkumning yer yuzida 150, shu 
jumladan, Hamdo‘stlik mamlakatlarida 76, O‘rta Osiyoda 20 turi borligi ma’lum. 
O‘zbekistonda bu turkumning Xuroson esparseti (O. horassanica) nomi bilan 
yuritiladigan balandligi 70 sm ga qadar bo‘lgan, qurg‘oqchilikka chidamli, shag‘al 
aralash mayin tuproqli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan Zarafshon espartseti (O. 
zeravchanica), balandligi 85 sm ga qadar bo‘lgan, tog‘ yon bag‘irlarida, 
archazorlarda o‘suvchi tikanli espartset (O. echidna), tog‘ zonasining shimoliy 


yonbag‘irlarida keng tarqalgan bir yillik O. micrantha, O. pulchella kabi turlarini 
ko‘rsatish mumkin. 
No‘xat
(Cicer) turkumi. Bularning 75 turi yer kurrasining subtropik va o‘rta iqlimli 
mintaqalarida tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 24, shu jumladan, O‘rta 
Osiyoda 16 turi o‘sadi. Aksariyat qismi yovvoyi holda o‘sadi, turlarning deyarli 
barchasi ko‘p yillik, faqat birgina madaniylashtirilgan turi — Cicer arienticum bir 
yillik (
24-rasm
). No‘xatning dengiz sathidan 800-2.000 metrga qadar balandlikda, 
madaniylashtirilgan bir yillik turi (ekiladigan no‘xat — S. arienticum), tog‘ 
yonbag‘irlarida, archalar orasida o‘sadigan jungor no‘xati (S. songorica), dengiz 
sathidan 3.000 metr balandlikda o‘sadigan tikanli no‘xat (S. pungen), 3.800 metrga 
qadar balandlikda o‘sadigan uzun tumshuqli no‘xatni (S. micranthum) ko‘rsatish 
mumkin. 
Loviya
(Phasecolus) turkumi. Bu turkumning 200 ga yaqin turi Amerika qit’asida 
tarqalgan. 20 turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida, shu jumladan, O‘rta 
Osiyoda 5 turi ekiladi. Oddiy loviya (Ph. vulgaris), ko‘p gulli loviya (Ph. 
multiflorum), oysimon loviya (Ph. lunatus), nish bargli loviya (Ph. autifolus) va 
O‘zbekistonda sevib iste’mol qilinadigan mosh (Ph. aurens) shular jumlasiga kiradi. 
Yantoq
(Alhagi) turkumi. Mazkur turkumning faqat 5 turi mavjud, uning areali 
Saxaradan Markaziy Osiyo va Himolayga qadar cho‘zilgan. O‘rta Osiyo va, 
xususan, O‘zbekistonda yantoqning A. persarun, A pseudoalhagi, A. kirgisorum, A. 
camelorum singari turlari keng tarqalgan. Yantoq O‘rta Osiyo cho‘llarida 
chorvachilik uchun yem-xashak hisoblanadi. 
Miya
(Glycyrrhiza) turkumi. Balandligi 70-100 sm, ko‘p yillik o‘t. Fanda uning 18 
turi ma’lum bo‘lib, 5 turi O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda bu 
turkumning balandligi 50-80 sm bo‘lgan to‘qayzorlar, sug‘oriladigan maydonlar, 
daryo irmoqlarining sohillari, lalmikor yerlarda tarqalgan qizil miya (G. glabra), tog‘ 
va tog‘ oldi zonalarida yovvoyi begona o‘t sifatida uchraydigan tikanli miya (G. 
apera) deb nomlangan turlari keng tarqalgan. 
Xalq xo‘jaligida dukkaklilar nihoyatda muhim ahamiyatga ega o‘simlik. Eng avval 
ularning barcha organlarida oqsilning ko‘pligi, ildizida azotobakterlarning borligini 
(atmosfera tarkibida erkin azotni o‘zlashtirishi) ta’kidlashimiz zarur. 
Bu turkumga mansub o‘simliklar muhim oziq-ovqat va yem-xashak ekin, tuproqda 
azot to‘planganligi tufayli muhim agrotexnik ahamiyatga ham ega. 
Dukkaklilar tarkibida hayot uchun muhim aminokislotalar, karbonsuvlar, vitamin, 
kaliy, fosfor, magniy va ko‘pgina murakkab birikmalar borligi bilan boshqa 
o‘simliklardan farq qiladi. Ular nektarga boy o‘simlik, ayrimlari esa nihoyatda 
chiroyli gullaydigan manzarali o‘simlik hisoblanadi. Xalk xo‘jaligining 20 dan ortiq 
sohasi uchun chuchukmiya mahsulotiga talab katta. Uning ildizidan alkaloidlar, 


glikozoid, saponin, flavonoid, turli xil shakarlar, kraxmal va boshqa sanoat uchun 
muhim moddalar olinadi. Chuchuk miya ildizi kam spirtli ichimliklar pivo, vinolar, 
konditer mahsulotlari tayyorlashda; har xil tush, akvarel bo‘yoqlari, qog‘ozning 
maxsus turlarini tayyorlashda; oshqozon-ichak, buyrak, teri kasalliklari, nafas 
yo‘llari yallig‘lanishini davolashda; har xil dori-darmonlarni tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Chuchuk miya eng qadimiy dorivor o‘simliklardan, undan olinadigan 
dorining inson organizmiga ta’siri buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan kartizon 
gormonining ta’siriga o‘xshash. Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, 
dukkaklilarning ko‘pgina turlari xalq xo‘jaligini turli-tuman sohalarida qo‘llaniladi. 
Xususan gandamiya (Thermopsis dolichocarpa) tarkibida alkaloid, saponin, 
oshlovchi moddalar va efir moylari aniqlangan. 
Qashqarbedaning (Melilotus) oq qashqarbeda (M. albus), ignali qashqarbeda (M. 
dentatus), hind qashqarbedasi (M. indicus), dorivor qashqarbeda (M. officinales) 
kabi turlari O‘zbekistonda keng tarqalgan. Ular tamakichilik, farmatsevtika 
sanoatida keng ko‘llaniladi. Bulardan tashqari bu o‘simliklarning gulidan juda 
yaxshi asal olinadi. 
Yovvoyi dukkaklilar ham qishloq ho‘jaligi uchun yangi-yangi navlarni yaratishda 
introduktsiya va selektsiya uchun asosiy manba hisoblanadi. 

Download 312,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish