XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ta’lim tizimida juda
katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Bugungi kun ta’lim tizimining bosh maqsadi har
tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida
o‘quv jarayonlari yangicha shaklda olib borilmoqda. Ilgarigi an’anaviy usullardan
zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o‘tilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida: “Bizning bosh
maqsadimiz
– jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiyalash
va
isloh
etishdir”
deb
nomlangan
ma’ruzasida
Respublikamizda keying yillarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar,
ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib, kadrlarning malakasi, ishbilarmonligi va
ma’suliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Respublikamizda bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida oliy
ta’limning xizmatlari samaradorligini oshirish, ta’lim tizimidagi qonuniyatlarni
tadqiq etish , kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshishini baholab borish
muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda ishlab chiqilgan qonunlarda ta’lim tizimini isloh qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi knda mamlakatimizda ta’lim
tizimini isloh qilish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi
kundagi asosiy vazifa asosan talaba – yoshlarning malaka darajasiga qaratilmoqda.
Eng avvalo kadrlar malakasini oshirish hayotiy majburiyat bo‘lib, iqtisodiyotda,
ijtimoiy hayotda har kuni jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Bugungi kundagi ushbu
o‘zgarishlarni o‘zlashtirib boorish, talaba – yoshlarga ushbu jarayonlarni yetkazib
berish o‘qituvchilardan ham kata ma’suliyat talab qiladi.
Qolaversa talaba yoshlar ham ushbu borada o‘z bilim va ko‘nikmalarini turli
manbalar bilan boyitib bormoqdalar. Ushbu jarayonlarning bosh maqsadi talabalar
o‘zlarini olgan bilimlarini puxta egallab, mutaxasissliklari bo‘yicha zamonaviy
bilimga ega bo‘lishlaridir. Bundan tashqari olgan bilimlarini qolganlar bilan
67
o‘rtoqlashishlariga qaratilgan. Shunday ekan nimalarga e’tibor qaratish lozim,
ya’ni qanday tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy
intellektual rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellectual sifatlarni
zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgarishlar kiritadi.
O‘quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi
yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiy mazmuni, usullari va uning
tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim.
Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
bir bo‘lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga
o‘rgatadi. Bu jarayonda barcha talabalar o‘qituvchi boshchiligida darsga
qatnashishadi.
Talabalarga
mutaxasisslikbo‘yicha
bilimlardan
tashqari
boshqaruv
jarayonini ham o‘rgatish lozim. Buni ham biz yuqoridagi metod orqali qo‘llay
olamiz albatta.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida shuni xulosa qilish
mumkinki, buxgalteriya hisobi faoliyatning bosh bo‘g‘ini desak yanglishmaymiz
albatta. Chunki, bu hisob tizimi orqali biz sub’yektlar faoliyatini qay darajada olib
borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning uchun esa biz Buxgalteriya
balansi, uning tuzilishi va mazmunini to‘g‘ri farqlay olishimiz kerak. Buning
uchun bizga qonunchilik tizimidan ham yyetarli bilimlar bo‘lishi shart. Bugungi
kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol
ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun
na’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish kerak.
Mavzu bo‘yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin:
- Modellashtirish o‘yinlarining mazmun-mohiyatini, maqsad vazifalarini
tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam
berishi lozim;
-
Modellashtiruvchi
o‘yin metodida motivatsiya va tasavvurni
shakllantirishga alohida e’tibor berish;
68
- Modellashtirish o‘yinlarini rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli
amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazish jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlash va tushuntirish;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va
samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish;
- Modellashtiruvchi o‘yin metodini o‘tkazishdan oldin uning didaktik va
tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |