ANVAR OBIDJON HAYOTI VA IJODI
MAVZUSIDA DARS ISHLANMA
Ra
“Bolalarning suyukli shoiri”mavzusidagi dars ishlanma
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish
orqali ularning shoir she’riyatiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularda mavzu
bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish bilan birga axborot ustida ishlash,
o‘zini-o‘zi rivojlantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat,
yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ularni ona Vatanimiz, oila va ota-onaga
cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash orqali badiiy adabiyotda aks etgan
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan
ta’sirlanish, go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, hissini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, she’r tahlili hamda
ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlar yechimini
to‘g‘ri topishga o‘rgatish, mavzu asosida bilim, ko‘nikmalarini boyitish, ularda nutqiy va
lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsda foydalaniladigan usullar: musobaqa, “Begonasini top”, “Raqamlar tilga
kirganda”,
ʻʻ
Muzyorar’’
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Anvar Obidjon portreti, asarlari, elektron darslik,
proyektor,tarqatmalar, audiolar.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism:
–
oʻquvchilar bilan salomlashish;
–davomatni aniqlash;
–
sinf xonasi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligini koʻzdan kechirish;
–dars musobaqa tarzida olib borilishini e’lon qilish,
–
Sinf oʻquvchilarini guruhlarga ajratish va ularga “Ziyo”, “Ilgʻorlar”
,ʻʻ
Bilimdonlar”nomlarini berish.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
ʻʻBegonasi top”metodi yordamida adabiyot darslarida oʻtilgan mavzularni takrorlash
uchun varaqlar tarqatiladi.Oʻquvchilarga besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va
toʻgʻri bajargan jamoa baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting
ball eʻlon
qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq
tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq
kinomexanik, traktorchi singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat
qilgan. Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi bo‘lib ishladi.
So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 1966–1969-yillarda harbiy xizmatni
o‘tadi.
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach, nihoyat, tuman
gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi. u 1971–1976-
yillarda Oltiariq tu-mani gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab,
jurnalistlik va adabiy tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni paytda 1974–1979-
yillar davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan
ta’lim oladi.
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida boshlagan, harbiy xizmatda ham
ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda –
shoir 27 yoshga kirganida chop etildi.
u turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi, 1989–1998-yillarda esa xalqimiz
istiqlolining ilk nishonalaridan biri – «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor
bo‘ldi.
Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr etildiki, bu ijodkorning
qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining kengligidan darak beradi.
Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor sifatida tanilgan. Avvalo, u
zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz
farzandlariga ko‘plab she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan.
ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: «Bahromning hikoyalari» (1980), «Masxaraboz
bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli Avtobola» (1988), «Dahshatli
Meshpolvon» (1989), «Meshpolvonning janglari» (1994), «O‘q o‘tmas bolakay» (2005),
«Atrofimizdagi qiziqchilar» (2014) va b.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» nomli ilk komediyasi
1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar» teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan
buyon yurtimiz teatrlarida ning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay»
(«Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon», «Meshpolvon» kabi
pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida adib ssenariylari asosida «Tilsimoy –
g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» filmlari suratga olingan.
Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan futbolchi», ikkita
kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi bor yo‘llar» singari yirik kitoblari
o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Xalqimizning sevimli shoiri Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprelda 73 yoshida vafot etdi.
Shoirning «Hayotning har lahzasi go‘zal» she’ri xalqimiz ruhiyatidagi mana shu ajoyib
yangilanishni birgina kun – erta tongdan quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda
nihoyatda jonli aks ettiradi.
Masalan, siz bilan biz ko‘cha bo‘ylarida, xiyobonlarda deyarli har kun ko‘zimiz
tushadigan gullarni mana bu tarzda ko‘rsatish – ifoda qilish faqat shoirning qo‘lidan
keladi-da:
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Bu she’rning har bandi oxirida takrorlanib keladigan misralar o‘quvchi yodiga bir umr
muhrlanib qolishining sababi esa, ularda aks etgan shoir samimiyatidan, qalbidagi
ezgulikdandir: «Hayotning har lahzasi go‘zal, umrning har dami g‘animat…»
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Oʻquvchilar jamoaviy boʻlgan holda
“Raqamlar tilga kirganda” usulidan foydalanib
Anvar Obidjonning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishadi. Oʻquvchilarga ushbu shartni
bajarish uchun besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va toʻgʻri bajargan jamoa
baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun har bir jamoadan bittadan vakil taklif etiladi va
ʻʻ
Muzyorar’’metodidan foydalangan holda shoirning hayoti va ijodi,she’rlari yuzasidan
beriladigan savollarga tezkor javob berishlari talab etiladi.Oʻqituvchi belgilab qoʻygan
marraga birinchi yetib borgan jamoa vakillari gʻolib deb topiladi. Jamoa vakillari
baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi.
V
.Baholash va ragʻbatlantirish.
Dars soʻngida rag‘bat kartochkalari hisoblanib, gʻolib
guruh e’lon qilinadi. Guruhlarga
“Eng faol jamoa”, “Eng ahil jamoa”
, “
Eng ziy
rak jamoa ”nominatsiyalari beriladi.
Guruhlar umumiy holda va har bir o
ʻ
quvchi alohida tarzda ham baholanadi.
VI.Uyga vazifa.
Anvar Obidjon she’rlaridan yod olish. “Sevimli bolalar yozuvchisi”mavzusida Anvar
Obidjon hayoti va ijodini yoritib beruvchi matn tuzish topshiriqlari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |