Makroiqtisodiyotga kirish Reja



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#811055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Makroiqtisodiytga kirish

agregat 
kattaliklardan
foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash, 
ya`ni bir qancha iqtisodiy ko`rsatkichlar va kategoriyalarni
yagona makroiqtisodiy ko`rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy 
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. 
Agregat ko`rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona 
bozori sifatida ko`rib chiqish mumkin bo`ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida 
alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo`lgan talab va ularni taklif etish 
hajmlari ko`rsatkichlari emas, balki agregat ko`rsatkichlar hisoblangan baholarning 
o`rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat 
obligatsiyalari bo`ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat 
banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to`lov 
stavkalari umumlashtirilib ularning o`rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi 
va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko`rsatkichdan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni
agregat ko`rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar 
iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlar o`rtasidagi 
miqdoriy, sabab-oqibat bog’lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko`rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizig’ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o`sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini 
i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o`zida ham grafik ko`rinishda, ham 
algebraik formula ko`rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi 
makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko`p o`zgaruvchili bo`lishi 
mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy 
darajasi dinamikasi ta`sirida o`zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish 
mexanizmi o`rganilsa, Fillips egri chizig’i yordamida ishsizlik va inflyatsiya 
ko`rsatkichlari o`rtasidagi bog’liqlik tadqiq qilinadi.
YUqorida sanab o`tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil 
qilishda qo`llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy 
ko`rsatkichlarning o`zaro bog’liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq 
qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki 
murakkab bo`lmasin, ma`lum darajada mavhumlikka yo`l qo`yiladi. Masalan,
makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba`zan yopiq iqtisodiy tizim, ya`ni 
tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo`lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda
esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya`ni “ochiq 
iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o`rtasidagi 
bog’liqliklarni to`la-to`kis qamrab olmaydi. SHunga qaramasdan makroiqtisodiy 
modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul 


qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo`lgan ko`p variantli 
natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo`nalishlarini 
muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya`ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan e

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish