г
8
8
4-rasm.
Ichthyophthirius multiphiliis
ning rivojlanish sikli
(Bauer va boshqalar, 1981 bo‘yicha):
a
- voyaga yetgan trofont;
b,
v,
g
- parazitning bolinishi
d -
parazitning chiqishi
Kasallik manbai - bu kasal baliqlardir. Shuning uchun baliqlarni
tashishda juda ham ehtiyot boiish talab etiladi. Pastlikda joylashgan
hovuzlarning suvlari, undagi chirigan baliqlar qo‘zg‘atuvchining
tabiiy manbayi hisoblanadi.
Ixtioftiriozning epizootik ko'rinishi yilning barcha mavsum-
larida, fasllarida kuzatiladi, biroq kasallik ko‘proq va o‘tkir
oqimda
bahor va yoz oylarida namoyon boiadi. Yozgi o lk ir oqishi, odatda,
1-3 hafta davom etib, zararlangan baliqlarning yuz foiz nobud
boiishi kuzatiladi, qishda esa kasallikning epizootik ko‘rinishi
cho‘ziluvchan xarakterga ega boiib, bir necha oylar davom etishi
mumkin. Bunda baliqlaming olim i oshib boradi. Ixtioftiriozning
to‘satdan paydo boiishi yosh baliq o‘stiruvchi va qishlovchi
hovuzlarda ancha xavflidir.
Kasallikning klinik belgilari.
Ixtioftiriuslar
terining epithelial
qobigl va biriktiruvchi to'qima qatlamlari orasida parazitlik qilib,
ularning yalliglanishiga olib keladi. Kasallikning boshlanglch
110
davrida jabra to‘q qizil tusda boiadi (qon tomirlarning qon bilan
toiishi va qon quyilish sababli). Patologik jarayonning rivojlanishi
oqibatida esa jabraning bir qismi anemiya holatida boisa, ikkinchi
qismi nekrozga uchraydi. Bu joylarda
saprolegniya va saprofit
mikrofloralar joylashib oladi. Kasal baliqlarning terisida mayda
oqroq dermoidli tepaliklar (tugunaklar) hosil boiadi. Kuchli
invaziyalanganida esa parazit ko‘zning shox pardasiga kirib oladi,
bunda keratit rivojlanadi. Parazitlar hattoki og‘iz bo‘shlig‘ida ham
joylashib olishi mumkin.
Kasallikning boshlangich davrida baliqlarda hech qanday
o‘zgarish kuzatilmaydi, patologik jarayonning rivojlanishi oqibatida
esa
baliqlar bezovtalana boshlaydi, garang, mastga o‘xshab qoladi,
tezlik bilan suv ostidan suvning yuzasiga otilib chiqadi, suv ostidan
loyqalarni qo'zg‘atib tashlaydi, aylanma harakat qiladi, so‘ngra suv
ostiga yotib oladi. Keyinchalik kuchli invaziyalangan baliqlarning
faolligi yo‘qoladi, suv qirg‘oqlarida ushlanib qolib, tashqi
taassurotlarga deyarli javob bermaydi.
Baliq terisi shilinib, ajralib,
baliqlar harakatlanganida ular orqasidan mayda lentaga o ‘xshab
ergashib boradi.
Tashxis. Kasallikning klinik belgilari va patologik materialda
katta miqdordagi parazitlarni topish asosida qo‘yiladi.
Profilaktika va qarshi kurashish choraiari. Ixtioftirioz kasal
ligi kelib chiqmasligining oldini olish uchun baliqchilik xo‘jalik-
larida veterinariya-samtariya qoidalariga qat’iyan amal qilish,
kompleks baliqchilik-meliorativ tadbirlarni amalga oshirish talab
etiladi. Nosogiom baliqchilik xo‘jaliklarida esa quyidagi tadbirlarni
oikazishzarur:
a) ixtioftirioz bo‘yicha nosogiom suv havzalarining suviari
oqizib tashlanadi, 8-10 kun davomida quritiladi. Hovuzning oqizib
boimaydigan joylari esa xlorli ohak (3-5 s/ga)
bilan yoki
so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) bilan dezinfeksiyalanadi;
b) naslli baliqlar ikra qo‘yib boigach, birinchi sutka ichida suv
havzalaridan olinadi, lichinkalari esa boshqa o’stiruvchi suv
havzalariga o‘tkaziladi (lichinkalar ikradan chiqqandan 5-6-
l l l
kunlariga), lichinkalar 60-70% zararlanganida va invaziyaning
intensivligi bir boshga 10 dona parazit boiganida, ularni o‘stiruvchi
suv havzaiariga o‘tkazish man etiladi, bunday chavoqlar yo'qotiladi;
d) kasal baliqlar tuzli vannada davolanadi. Buning uchun osh
tuzi
va achchiq tuzlami
3,5:1,5
nisbatda olib
0,6-0,7%
konsentratsiyasi tayyorlanadi. Baliqlar vannada suvning harakatiga
bog‘liq holda 3-11 kun davomida saqlanadi.
Davolash uchun yashil
brilliant va metilen ko‘ki preparatlarini ham ishlatish mumkin.
Bu preparatlar hovuz suvlariga to‘g‘ridan to'g‘ri (bevosita) 0,!-
0,2 mg/1 hisobida eritiladi (nasi oluvchi suv havzaiariga).
0 ‘stiruvchi suv havzalarida 0,5-0,7 mg/l va qishlovchi
hovuzlarda 0,5-0,9 mg/l hisobida eritiladi. Bunda baliqlarning
ushlab turilishi (ekspozitsiyasi) va ishlov berish miqdori baliq
larning yoshi va turiga, yilning mavsumiga, suvning tarkibi va
sifatiga hamda ixtioftiriuslar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq;
e) baliq ovlashda ishlatiladigan inventar,
asbob-uskunalar,
transportirovkadagi idishlar, maxsus kiyimlar kasal baliqlar bilan
ishlashdan so‘ng yaxshilab yuviladi va quritiladi;
f) ixtioftirioz bo‘yicha nosogiom bo‘lgan suv havzaiariga turli
yoshdagi baliqlarni birgalikda saqlamaslik, kompleks baliqchilik-
meliorativ tadbirlami yaratish, suvning
gidrokimyoviy va gaz
rejimini yaxshilash choralarini amalga oshirish maqsadga muvo-
fiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: