Microsoft Word Сопорбоева Севара бми


Sharq mutafakkirlarining tug'ilgan joylari



Download 456,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana29.12.2021
Hajmi456,2 Kb.
#80807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
416- GURUH MAKTABGACHA TA’LIM YO'NALISHI JJO’RAYEVA SHOIRANING

Sharq mutafakkirlarining tug'ilgan joylari 

 

1.1 rasm sharq mutaffakirlariningntug'ilgan joylari karta sxemasi. 

manba;H.Hasanov .O'rtaosiyolikgeografvasayyohlar .T, O 'zbekiston , 1974yil 

Ulardan biri o„zidan boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan yirik olim, davlat va siyosat 

arbobi, jadidchilik harakatining namoyondasi, ma'rifatparvar olim 




 

Abdurauf  Fitratdir.  Uning  yozgan  asarlarida  atrof-muhitga,  tabiatga  munosabat 

masalasiga alohida urg'u berilgani barchaga kundek ravshan. Abdurauf Fitrat o„zining 

asarlarida  jismoniy  mehnat,  iqtisodiy  tarbiya  berish  muhimligini  ta'kidlagan. 

Abdurauf Fitrat o„zining “Munozara” va “Hind sayyohining qissasi” kabi dastlabki 

asarlaridayoq,  Turkiston  va  Buxoro  amirligidagi  qishloq  va  shaharlaridagi  tozalik 

masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Uning “Rahbariy najot” axloqiy didaktik asarida 

tozalik  va ekologik tarbiyaga  oid  qarashlarni  yanada  kengroq beradi. Buyuk alloma 

Fitrat,  ayniqsa,  bolalarning  tarbiyasida,  ularning  yetuk  va  sog'lom  bo„lishlari  uchun 

tozalikning ahamiyati muhim deb biladi va shunday deb  yozadi: Nazokat va tozalik 

bolalar  tarbiyasida  katta  ahamiyatga  egadir.  Nafosat  va  pokizalik  katta  yoshdagi 

insonlarga  qanchalik  muhim  bo„lsa,  kichiklarga  o„n  barobar  zarur  va  keraklidir.  U 

bolalarga 

shaxsiy 


gigiena 

qoidalariga 

amal 

qilish 


lozimligini 

alohida 


ta'kidlaydi.“Bolaning  tarbiyasida  toza  havoning  ahamiyatiga  to„xtalib:  havo  inson 

uchun ovqatdan ham muhimdir. 5-6 soat ovqatsiz turish mumkin, lekin bir daqiqa ham 

havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun bolalarni toza havoga, chorbog'larga olib 

chiqish lozim'', - deydi. Abdurauf Fitrat o„z pedagogik qarashlarida bolalarni atrof  - 

muhitni sevishga, asrashga chaqiradi. U o„z darslik va qo„llanmalarida ham tabiatga 

oid ko„plab materiallarni kiritgan. 

Xalqimizda “Bolaning quvvati-ovqat, aqlning quvvati-hikmatli so„zdir” -deb uqtirib 

kelingan.  Hadislarda  bayon  etilgan  ana  shunday  hikmatli  so„zlar-  donishmandlik 

durdonalari  sanaladi.  Hadis  bandlari  ekologik  ta'lim  va  tarbiyani  singdirishga  katta 

yordam  beradi.  Hadis  ilmini  taraqqiy  ettirishga  munosib  hissasini  qo„shgan  O„rta 

Osiyolik  mashxur  allomalar  Al-Buxoriy  hamda  At-  Termiziylarning  hadislaridan 

ekologiya  va  tabiatga  mehr-muhabbat  mavzusiga,  tabiat  muhofazasiga  oid 

bandlaridan namunalar keltiramiz: 

44-band. Dehqonchilik bilan shug 'ullaninglar. Dehqonchilik murakkab kasbdir. Unga 

qo„riqchilarni ko„paytiringlar. 

176-band.  Ekmoq  niyatida  qo„lingizda  ko„chat  turgan  paytda,  behosdan  qiyomat- 

qoyim bo„lishi aniq bo„lganida ham ulgursangiz uni ekib qo„yavering. 

10 



 

586-band.  Kishilarga  soya  beruvchi  daraxtni  kesgan  kishi  boshi  bilan  do„zaxga 

tashlanadi. 

706-band. Tejab sarflagan kambaal bo„lmaydi. 

732-band.  Qaysi  bir  musulmon  ekin  eksa  yoki  biror  daraxt  o„tkazsa,  so„ng  uning 

mevasidan  qush  yoki  hayvon  esa,  uning  ekkanidan  yeyilgan  narsaning  har  biridan 

unga sadaqa savobi yoziladi. 

837-band.  Kim  suv  toshqini  to„xtatsa  yoki  yoninni  o„chirsa,  unga  shaxidlik  ajri 

beriladi. [11] 

Bolalarga  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  tarbiyasini  berish  ishlari  milliy 

qadriyatlar  asosida  amalga  oshirilgan.  Azal-azaldan  ham  ta'lim-tarbiya  tizimida 

avlodlarimizni  tabiatni  muhofaza  qilish  ruhida  tarbiyalash  masalalari  tarbiya 

yo„nalishlarining muhim tarkibiy qismi bo„lib kelgan. Ajdodlarimiz o„z farzandlariga 

oila davrasida pand-u nasihat va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar: 

Suvni iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladilar; 



Rizq-ro„zingni isrof qilma, gunohkor bo„lasan; 

Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o„zing 



iste'mol qilasan; 

Pishib  yetilmagan  uzumni  uzma,  agar  uzsang  katta  gunoh  bo„ladi,  chunki 



unda ahli-mo„minning nasibasi bor. 

O„zbek oilasidagi tarbiyaning o„ziga xos tomonlaridan biri shundaki, bolalar 

kundalik  uy-ro„zor,  poliz,  bodorchilik,  me'morchilik,  duradgorlik,  chorvachilik 

ishlarini ota-onalari bilan bajarib ham jismonan, ham ruhan kamol topib boradilar. Bu 

jarayonda  har  qanday  ota-ona  o„z  bolalarida  mehnatsevarlik  fazilatlarini  kamol 

toptirishga harakat qiladi. Bu esa oila an'anasiga aylanib boradi. Keksa avlod vakillari 

yoshlarga gunoh bilan savob haqida pand-u nasihatlarni, ya'ni suvni harom qilmaslik, 

axlatlarni  uy  yoki  hovliga  to„kmaslik,  daraxt  va  o„simliklarni  behuda  sindirmaslik 

haqida  doimo  ta'kidlab  kelishgan.  Bu  esa  oilada  bolalarga  beriladigan  ekologik  va 

tabiat muhofazasi tarbiyasining asosiy namunalaridan biridir. 

11 



 

Tabiat  shunday  odil  mo„jizaki,  atrof-muhitni  muvozanatga  keltiradi.  Tabiatda  biror 

jonzotning  qirilib  ketishiga  yo„l  qo„yilsa,  shunga  boliq  bo„lgan  muvozanat  buzilib, 

xavfli vaziyat vujudga keladi. Inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog'langan ekan, 

tabiatdagi  mavjud  muvozanatning  buzilib,  xavfli  vaziyat  yuzaga  kelishining  oldini 

olishi zarur. 

Inson onadan tug'ilib, dunyoga kelar chog'idanoq, tabiat ehsonlaridan, ne'matlaridan 

bahramand bo„ladi. Inson ehtiyoji uchun zarur bo„lgan suv, oziq- ovqat mahsulotlari, 

kiyim-kechak  ham  tabiatdan  olinadi.  Hattoki,  insonning  hastalikdan  qutulishi, 

salomatligini  tiklash  uchun  zarur  bo„lgan  dori-darmonlarni  ishlab  chiqarish  uchun 

ham  ona  tabiatdan  yetishgan  mevalar,  turli  giyohlar  va  ziravorlardan  foydalaniladi. 

Inson tanasida birorta ortiqcha a'zo bo„lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan 

birorta narsa yo„q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Ajdodlarimizning yuksak did 

va  nafosat  bilan  yaratgan  bog'-rog'lari,  ulkan  qurilishlari  hozirgi  kunda  ham 

Samarqand-u Buxoroni, ko„hna Urganch hamda Xivani bezab,  yer  yuziga zeb berib 

turibdi.  Hozirgi  yosh  avlod  tabiat  qo„ynida  yashaydi,  mehnat  qiladi.  Ularga  tabiat 

haqida, ekologik vaziyat haqida oshkora tushuncha berish, tabiatni asrash, unga ongli 

munosabatda bo„lishni tarbiyalash bizning asosiy vazifamizdir. Insonni uning atrofini 

qurshab  turgan  vositalar:  oila,  ota-ona,  maktab,  do„stlar,  atrof-muhit,  ommaviy 

axborot vositalari, san'at, adabiyot va tabiat tarbiyalaydi. Bolani rivojlanish jarayonida 

uni boshqarib borish kerak. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning 

ayrim  qirralari  yoki  hislatlarining  to„laqonliligini,  jismoniy,  axloqiy,  siyosiy,  estetik 

va ekologik qarashlari yig'indisini o„z ichiga oladi. 

Ekologik  tarbiya  -  atrof-muhitga,  olamga,  odamga,  hayvonot  va  o„simlik 

dunyosiga muhabbat hamda ehtiyotkorona munosabatlarni shakllantirish zaruriyatidir. 

Tabiat  -  yosh  avlodni  tarbiyalashning  ta'sirchan  vositalaridan  biri,  u  ezgulik, 

insoniylikni  his  etib,  go„zallikni  ko„rish  va  tushunish,  kuzatuvchanlik,  tabiat 

qonunlarini o„rganishga intilish, mehnatsevarlik, o„zining jonajon o„lkasini, Vatanini 

sevish kabi ko„pgina xarakter belgilarini uyg'otish va rivojlantirish 

12 



  


Download 456,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish