KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub ekologik
islohotlar ta'lim sohasida ham izchil va uzluksiz o'zgarishlarni amalga oshirishni
taqozo etmoqda. Kadrlarni tayyorlash sohasida butun jahon andozalarga mos ravishda
ijodiy o'zgarishlar qilinishini talab qilinmoqda. Bizning ijodkor xalqimiz bugungi
kunga qadar ajdodlarni milliy merosi va xalqimizni azaliy qadriyatlar, an'analari,
urf-odatlarini o'rganib yurtimiz rivoji uchun foydalanib kelmoqdalar,
Yurtimizda bir qancha avliyolar yashab har birlari o'z davrida qanchadan
qancha ilmiy va ma'naviy, ijtimoiy-ekologik asosga ega bo'lgan asarlar va milliy
yodgorliklarni bizga dasturil amal qilab qoldirib ketishgan mutafakkirlardan bor.
masalan: Muso al- Xorazmiy Abu Nasr Farobiy Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon
Beruniy Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Axmad Farg'oniy,
Yusuf Xos Hojib, va boshqalar yetishib chiqib dunyo fani hamda madaniyati
taraqqiyotiga katta xissa qo'shganlar. Shu sababli bu zotlarni o'tmishini o'rganish,
ayniqsa ta'lim- tarbiyaga va ekologik rivojlanish va ekologik ta'lim tarbiyanining xam
negizini yaratib berganlar. [12]
Shu o'rinda aytish joyizki, bugungi kunga kelib yurtimizning barcha ta'lim
muassasalarida ajdodlarimizni bizgacha yetkazib kelgan ta'limotlariga oid tarbiyaviy
va ekologik qarashlarini yoshlarga uqtirib kelinmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari
ko„rsatmoqdaki, hozirgi davrning o„ziga xos xususiyatlaridan biri, global, regional va
lokal darajadagi ekologik muammolarning yuzaga kelganligidir. Ekologik inqirozlar
ijtimoiy-tabiiy muammolar sirasida o„zining dolzarbligi va geografik ko„lamiga ko„ra
umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Globollashuv davrning o„ziga xos
xususiyatlaridan yana biri ekologik muammolarning keskinlashuvi, mintaqaviy
ekologik masalalarning murakkabligidir. Shuning uchun ham o„quvchilar ongida
ekologik madaniyatning yangicha mazmuni, uning ma'naviy-axloqiy tamoyillari,
tabiatga mas'uliyatli yondashuv, tabiiy boyliklarni saqlash, ulardan oqilona
foydalanish hamda flora va
3
faunani boyitishga oid tushunchalarni shakllantirish muammosining ijobiy yechimini
topish ruhida, ularning ekologik tarbiyasi va ekologik madaniyatini shakllantirish
muhim ijtimoiy-pedagogik kafolatdan biri sanaladi.
Shuningdek, mamlakatni ravnaq topishi uchun ta'lim muassasalari, korxonalar va
tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo'lgan muammolarni hal qilish
uchun malakali va bilimli xodimlar kerakligi va shu asosda joylardagi muammolarni
yechimini hal qilishni ta'minlanishi nazarda tutiladi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda
malakali va ishbilarmon mutaxasis kadrlarni yaratish hamda shakllantirishga erishish
muhim ekologik-ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bu esa dolzarb muammolardan biri
bo'lib qolmoqda. Ushbu muammolarni ilmiy- uslubiy va amaliy yechimlarini topish
tavsiyalar ishlab chiqarish o'z navbatida tadqiqot mavzusining dolzarbligini
belgilaydi.
O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu o„rinda tabiatning
insoniyat hayotiga faol ta'sirini quyidagicha ifodalaydi: “Bugungi kunda
barchamizning oldimizda g'oyat muhim vazifa turibdi. Bu - tabiatni hozirgi va kelajak
avlod uchun saqlab qolish, uni bizning mintaqamiz va boshqa mintaqalar aholisining
turmush
sharoiti
va
tabiatdan
foydalanish
imkoniyatlarini
yanada
murakkablashtiradigan yangi xavfli loyihalardan asrashdan iborat”.
Ta'kidlash lozimki, O„zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash davrida
ekologik harakatning vujudga kelganligi va ushbu ekologik harakat vakillaridan 15
nafari Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanganligi, ekologiya
sohasidagi qonunlar tizimining takomillashayotganligi, ushbu yo„nalishdagi yangi
qonunlar loyihalarining ishlab chiqilayotganligi jamiyatimiz a'zolari, jumladan,
o„quvchilar ekologik tarbiyasi muommosining dolzarbligidan, bitiruv malakaviy
ishning ilmiy - amaliy ahamiyatidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: