Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


WLANni  qurish  tamoyillari  va  o‘ziga  xos  xususiyatlari



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

 
WLANni  qurish  tamoyillari  va  o‘ziga  xos  xususiyatlari. 
 
WLAN  tarmog‘i  uzellar  orasidagi  aloqa  va  ma’lumotlarni 
uzatish  uchun  kabelli  liniyalarni  emas,  balki  yuqori  chastotali 
radioto‘lqinlarni  ishlatadigan  lokal  hisoblash  tarmog‘i  (LAN) 
hisoblanadi.  Bu  ma’lumotlarni  uzatish  tez  moslashuvchan  tizimi 
bo‘lib,  u  bitta  bino  ichida  yoki  ma’lum  hudud  chegaralarida  kabelli 
lokal  tarmoqqa  kengaytirish  yoki  muqobil  sifatida  qo‘llaniladi  va 


147 
 
alohida  binolarga  bog‘liq  bo‘lmagan  tarmoq  va  Internetga  ulanishni 
ta’minlaydi.  WLAN  tarmog‘i  foydalanuvchilarga  tarmoqqa  ulangan 
xolda  korxona  yoki  tashkilot  hududi  bo‘ylab  harakatlanishga  imkon 
beradi. 
 
WLAN  uchun  tarmoqni  kengaytirish  va  rekonfiguratsiyalash 
murakkab  masala  hisoblanmaydi.  Foydalanuvchilar  qurilmalarini 
ularga  simsiz  tarmoq  adapterlarini  o‘rnatish  bilan  tarmoqqa 
integratsiyalash  mumkin.  Moslashuvchan  mijozlar  va  tarmoq 
qurilmalarining har xil turlari o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. 
 
Simsiz  lokal  tarmoqni  qurish  kabelli  tarmoqni  qurishga 
qaraganda  oddiy,  har  ikkala  turlardagi  tarmoqlarni  ma’murlashtirish 
bir-birlaridan  deyarli  farq  qilmaydi.  WLAN  tarmog‘ining  mijozlar 
echimi Plug-and-Play tamoyili asosida qurilgan, u kompyuterlar oddiy 
bir darajali tarmoqqa (peer-to-peer) ulanishini ko‘zda tutadi.  
 
Radiochastotalarning  ishlash  masofasi,  ayniqsa,  binolarning 
ichida  qurilmaning  xarakteristiklariga  (shu  jumladan,  uzatkichning 
quvvatiga),  qabullagichning  konstruksiyasiga,  halaqitbardoshlikka  va 
signalning  o‘tish  yo‘liga  bog‘liq.  Radioto‘lqinlarning  binoning  odiy 
ob’ektlari,  masalan  devorlari,  metall    konstruksiyalari  va  hatto 
insonlar  bilan  o‘zaro  ta’sirlashishi  signalning  tarqalishi  masofasiga 
ta’sir  qilishi  va  shunday  tarzda  aniq  bir  tizimning  ishlash  zonasini 
o‘zgartirishi mumkin. 
 
Simsiz 
tarmoqlar 
radiochastotalarni 
ishlatadi, 
chunki 
radioto‘lqinlar  devorlar  va  to‘siqlar  orqali  binoning  ichiga  kiradi. 
Ko‘plab  WLAN  tizimlarining  qamrab  olish  sohasi  yoki  diapazoni 
uchraydigan  to‘siqlar  soni  va  turiga  bog‘liq  ravishda  160  metrlarga 
etadi.  Qo‘shimcha  ulanish  nuqtalari  yordamida  ishlash  zonasini 
kengaytirish va bu bilan harakatlanish erkinligini ta’minlash mumkin. 
 
WLAN  tarmoqlari  yuqori  ishonchlilikka  ega,  chunki  simsiz 
texnologiya ildizlari bilan mudofaa sanoatiga ketgan va shuning uchun 
simsiz  qurilmalarning  xavfsizligini  ta’minlash  ishlanmalarning 
boshlanishida  qo‘yilgan.  Shu  sababga  ko‘ra  simsiz  tarmoqlar  kabelli 
tarmoqlarga qaraganda ishonchliroq. 
 
WLAN tarmoqlarida Direct Sequence Spread Spectrum  (DSSS) 
texnologiyasi ishlatiladi, u ma’lumotlarni buzilishiga, halaqitlarga, shu 
jumladan atayin halaqitlarga va aniqlanishiga yuqori barqarorlik bilan  
farqlanadi. 
Bundan 
tashqari, 
simsiz 
tarmoqning 
barcha 
foydalanuvchilari tizim identifikatori bo‘yicha autentifikatsiyalashdan 
o‘tadi, bu ma’lumotlarga ruxsat etilmagan ulanishni oldini oladi. 


148 
 
  Juda  zaif  ma’lumotlarni  uzatish  uchun  foydalanuvchilar  Wired 
Equivalent  Privacy  (WEP)  rejimini  ishlatishi  mumkin,  bunda  signal 
qo‘shimcha algoritm  bilan shifrlanadi,  ma’lumotlar  esa elektron kalit 
yordamida  nazorat  qilinadi.  Umuman  aytganda,  alohida  uzellarda 
tarmoq  trafigiga  ulanishdan  oldin  o‘z  xavfsizlik  choralari  ko‘rilishi 
kerak. 
802.11b 
spetsifikatsiya 
bo‘yicha  ishlaydigan  WLAN 
tarmoqlarida  tarmoqning  yuqoriroq  ishonchliligini  ta’minlash  uchun 
foydalanuvchini  autentifikatsiyalash  bilan  birga  40-bitli  va  128-bitli 
shifrlash  algoritmlari  qo‘llanilishi  mumkin.  Atayin  va  atayin 
bo‘lmagan trafikni qo‘lga kiritish deyarli mumkin emas. 
  WLAN tarmoqlarida ulanish nuqtasi ko‘zd tutiladi, u  kabelli va 
simsiz  tarmoqlarni  bog‘laydi  va  simsiz  tarmoq  abonentlariga  kabelli 
tarmoq resurslariga ulanishni olishiga imkon beradi. Foydalanuvchilar 
sotali  telefon  yordamida  tarmoqqa  ulanganidagi  kabi  tarmoq  bilan 
bog‘lanishni  yo‘qotmasdan  ulanish  nuqtalari  orasida  harakatlanishi 
mumkin.  Boshqacha  aytganda,  ulanish  nuqtasi  dasturiy-apparatli 
qurilma  bo‘lib,  u  simsiz  tarmoq  mijozi  uchun  konsentrator  rolini 
bajaradi va kabelli tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi. 
 
Tarmoqdagi foydalanuvchilar soni deyarli cheklanmagan va uni 
yangi  ulanish  nuqtalarini  o‘rnatish  bilan  oshirish  mumkin.  Turli 
chastotalarga  (kanallarga)  sozlangan  bir-birlarini  qoplaydigan  ulanish 
nuqtalari  yordamida  simsiz  tarmoqni  bitta  zonadagi  foydalanuvchilar 
sonini  oshirilishi  hisobiga  kengaytirish  mumkin.  O‘zaro  halaqitlarni 
hosil  qiladigan  bir-birlarini  qoplaydigan  kanallar  bir  vaqtda  uchtadan 
ortiq bo‘lmagan o‘rnatilishi mumkin va ular tarmoq foydalanuvchilari 
sonini uch martaga oshiradi. Shunday tarzda binoning turli nuqtalarida 
ulanish  nuqtalarini  o‘rnatish  bilan  simsiz  tarmoqni  kengaytirish 
mumkin. Bu umumiy foydalanuvchilar sonini oshiradi va ularga bino 
yoki tashkilot hududi bo‘yicha harakatlanish imkoniyatini beradi. 
 
Bitta ulanish nuqtasi bir vaqtda ta’minlaydigan foydalanuvchilar 
soni,  birinchi  navbatda,  trafikning  yuklanganligiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
WLAN  tarmoqlaridan  o‘tkazish  polosasi  foydalanuvchilar  orasida 
kabelli  tarmoqdagi  kabi  bo‘linadi.  Foydalanuvchilar  sonidan  kelib 
chiqib,  tarmoqning  unumdorligi  foydalanuvchi  bajaradigan  vazifalar 
turiga ham bog‘liq bo‘ladi. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish